XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.72K subscribers
8.29K photos
1.15K videos
9 files
5.22K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo bo‘linmasi xodimlari bilan "🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

💬Yig‘ilishda ⭐️Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shamansurov ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

🖥Tadbirda, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida misollar bilan tushuntirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Xatlov

🔴“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun amalda.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni doirasida mahallalarda xatlov o'tkazilmoqda.

Xatlov jarayonida kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng‘iroq qilishingiz mumkin:
📞+998956067171
📞+998932755010

➡️ Batafsil videoda

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

"Kadastr aholi manfaatlari yo'lida"

🫥 Ayni damda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi bosh mutaxassisi I.Bekchanov hamda Urganch shahar filiali hodimlari ishtirokida "Kadastr aholi manfaatlari yo'li" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda hal etilishi yuzasidan "Obod mahalla", "Obod ko'cha" va "Obod xonadon"lar mezonlari asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🫥Shu bois, ⭐️Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Urganch shahrida yashovchi bir qancha fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Yer nazorati yo‘nalishida kadastr idoralarining vakolatlari haqida maʼlumot bersangiz?

❗️ Javob: Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra Kadastr agentligiga Yer nazorati sohasida quyidagi vazifa va funsiyalar belgilab berilgan bulib, bunda yer toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash, yer uchastkasi chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yer uchastkasidan maqsadli foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari belgilangan.

Telegram Instagram
Facebook I Youtube
Президентимизнинг халқчил ташаббус ва ғоялари;

Ҳукумат олдига қўйган устувор вазифалар;

“Ўзбекистон–2030” Стратегияси асосида ишлаб чиқилган, Олий мажлисда тақдим этилган Вазирлар Маҳкамасининг 5 йиллик Ҳаракат дастури 10 та устувор йўналишни қамраб олган.

Шунингдек ушбу йўналишлар доирасида иқтисодий-ижтимоий тармоқлар кесимида 400 та чора-тадбир аниқ белгилаб олинган.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по дополнительным мерам социально-экономического развития Хорезмской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Xorazm #iqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
#Xorazm_Kadastr #Xatlov

🔴“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun amalda.

🖥Bu jarayon Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus reja-jadval asosida amalga oshirilmoqda. Xatlov ishlarining maqsadi — o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni hisobga olish, ularni tahlil qilish va zarur huquqiy tartibni o‘rnatishdir. Bu orqali fuqarolar o‘z mulklarining huquqiy maqomini rasman belgilashlari mumkin bo‘ladi. Reja-jadvalning to‘liq versiyasi bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

✔️Ushbu xatlovlar orqali ko‘plab fuqarolarga o‘z mulklarining huquqiy maqomini qayd etish imkoniyati beriladi, bu esa ularning yer va binolariga bo‘lgan huquqlarini rasmiy hujjatlar bilan himoya qilish imkonini yaratadi.

Foto: Yangibozor tumani "Barhayot"MFY hamda "Al-Xorazmiy"MFYlaridagi xatlov jarayonlaridan lavhalar.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #maqola

🖥Kadastr sohasida islohot va mas'uliyat
Oʻzbekiston kadastr tizimi davlat boshqaruvi va rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. U yer resurslarini hisobga olish, ularni adolatli taqsimlash, mulk huquqlarini himoya qilish va davlat daromadlarini oshirish uchun asosiy vositadir. Soʻnggi yillarda kadastr sohasida olib borilgan islohotlar ushbu tizimni shaffof, zamonaviy va samarador qilishga qaratilgan.

*️⃣Islohotlarning asosiy yoʻnalishlari
Kadastr tizimini raqamlashtirish
Soʻnggi yillarda kadastr maʼlumotlarini raqamlashtirish va elektron axborot tizimlarini joriy etish jarayonlari jadal olib borilmoqda. Ushbu yondashuv yer va mulk hisobini yuritishda aniqlikni oshiradi, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratadi. Masalan, “Yerelektron” va boshqa interaktiv xizmatlarning ishga tushirilishi sohada korrupsiyani kamaytirishga va maʼlumotlarga tezkor kirish imkoniyatini taʼminladi.

*️⃣Huquqiy islohotlar
Yer va mulk huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilib, shaffoflik va adolat tamoyillari kuchaytirilmoqda. Bu fuqarolar va biznes subyektlari uchun yerga boʻlgan huquqiy kafolatlarni oshirdi. Xususan, yer resurslarini ijaraga berish, sotish yoki taqsimlashda ochiq auksionlar va tenderlar orqali amalga oshirish tizimi joriy qilindi.

*️⃣Kadastr organlari faoliyatini optimallashtirish
Kadastr xizmati organlari faoliyatini tartibga solish va ularning javobgarligini oshirish islohotlarning muhim qismidir. Hududiy kadastr bo‘limlarining mas’uliyat darajasini oshirish, xizmat ko‘rsatish tezligini ko‘paytirish va fuqarolar bilan o‘zaro aloqani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

*️⃣Masʼuliyat tamoyillari
Kadastr tizimida mas’uliyat faqat davlat organlari zimmasida emas, balki fuqarolar, tadbirkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning ham masʼuliyatini talab etadi.

*️⃣Davlat organlarining masʼuliyati
Davlat organlari kadastr sohasida ishlovchi xodimlarning malakasini oshirish, texnik va huquqiy infratuzilmani rivojlantirish uchun masʼuldir. Shu bilan birga, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va muammolarni hal etish ularning ustuvor vazifalaridan biridir.

*️⃣Fuqarolarning masʼuliyati
Yer va mulk huquqlarini rasmiylashtirishda fuqarolarning oʻz huquq va majburiyatlarini bilishi muhim. Maʼlumotlarni toʻgʻri taqdim etish, qonunlarga amal qilish va oʻz mulklarini qonuniy asosda rasmiylashtirish orqali ular umumiy tizimning samaradorligini taʼminlaydi.

*️⃣Ommaviy nazorat va axborot shaffofligi
Jamoatchilik nazorati kadastr tizimining samarali ishlashida katta ahamiyatga ega. Ochiq maʼlumotlar portallari va onlayn xizmatlarning mavjudligi fuqarolar tomonidan nazoratni kuchaytiradi va kadastr xizmati xodimlarining masʼuliyatini oshiradi.

*️⃣Islohotlarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati
Kadastr sohasidagi islohotlar nafaqat davlat daromadlarini oshirish va mulk huquqlarini himoya qilishda, balki iqtisodiyotni rivojlantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Raqamlashtirish jarayonlari byurokratiyani kamaytirib, tadbirkorlik muhitini yaxshilaydi. Bundan tashqari, sohada shaffoflikning oshishi korrupsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

*️⃣Xulosa
Kadastr tizimi islohotlari Oʻzbekistonda yer va mulk boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu sohadagi masʼuliyatni davlat va fuqarolar birdek his qilganda, tizim samaradorligi oshib, yurt taraqqiyoti uchun zamin yaratiladi. Shu sababli, islohotlarni davom ettirish va ularning samaradorligini oshirish mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yoʻnalish boʻlib qoladi.
*️⃣Mualif: Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Bexzod Jumabayev

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

🔴Urganch tumanida noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish ustidan kunlik  nazorat o‘rnatilgan.

*️⃣Jumladan:

📍⭐️Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani inspektorlari tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumani «Navro'z» mahallasida o‘tkazilgan monitoring jarayonida fuqaro Y.A umumiy 1000 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz bino qurilganligi aniqlandi va bartaraf qilish bo‘yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma yuborildi. Hozirgi kunda fuqaro xulosa chiqargan holda o‘z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf qilinishi taʼminlandi.

      ❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.


⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Hazorasp tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-Noyabr kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jumabayev Bexzod Madaminovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati, Hazorasp tumani "E.Gayazov" ko‘chasi ( Mo‘ljal: Kadastr agentligi)

📲 Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM