XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.72K subscribers
8.29K photos
1.15K videos
9 files
5.22K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

💠 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-14 mart kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

💠 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 693 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yer munosabatlarida▫️

🟦 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti #narxlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
2022-yil boshidan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga kelib tushgan (prezident xalq qabulxonasi, prezident pochtasi, veb-sayt, sayyor qabul, ishonch telefoni orqali) murojaatlar to‘g’risida ma’lumot 17.03.2022 holatiga.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
#Seminar #Xorazm_Kadastr_Agentlik

Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlari inspektorlarning maʼmuriy ish hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha kasbiy malakalarini oshirish maqsadida Viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi B.Ataboyev hamda Inson xuquqlarini ximoya qilish bo‘yicha bosh mutaxassis S.Baxtiyorov ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ularning amalda qo‘llash tartibi bo‘yicha fikrlar almashinildi. Mazkur yig‘ilishda Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi markaziy apparati xodimlari hamda tuman-shahar bo‘limi boshliqlari va xodimlari ishtirok etdi.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
#Live #manaviyat_soati #Xorazm_viloyati

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🏢 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, 🕐 lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!


🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Xonqa tumani sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-mart kuni soat 10-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Xonqa tumani Xonqa shaharchasi “Ezgulik” mahallasi “Bobur” ko‘chasi 38-uy (7-sonli Musiqa va san'at maktabi)

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝 Murojaat uchun: +998622246705

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Bayram turniri davomida tuman-shahar filiallari tomonidan bayramona taomlardan tayyorlangan dasturxon atrofida ishchi-hodimlar va mehmonlar taomlar istemol qilishmoqda. Bayram saylga aylanmoqda