XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#sayyor_qabul #kadastr #xorazm_viloyati

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 11-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Yangibozor tumani Yukoriboshqir mahallasi, Tantana ko‘chasi 7-uy, "Yangibozor tumani madaniyat markazi"

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+998 97) 457-92-00 ( +998 93) 747-87-47

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YerNazorat #Kadastr #Xorazm_viloyati

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Yangibozor qishlog‘i, qishloq xo‘jaligi xaritasining 9796q konturida meliorativ qurilish holatidagi yerlarda tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz poydevor(fundament) ko‘tarish ishlari aniqlandi hamda bartaraf qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #manaviyat_va_marifat

Qiziquvchanlik

Qiziquvchanlik odamning tabiatiga xos. Ayniqsa, bolalar haddan tashqari qiziquvchan boʻladi. “Osmon nega koʻk?”, “Nimaga yomgʻir yogʻadi?”, “Nimaga barglar sargʻayadi?” kabi savollarni yogʻdirib tashlaydi. Aniqlanishicha, bola besh yoshgacha oʻta soʻrovchan boʻladi. U shu orqali olamni idrok etadi.

Ammo, Glebning fikricha, bola maktabga borgach, savollardan koʻra javoblar muhimroq ekanini anglaydi va undagi yuqori qiziquvchanlik soʻnadi. Buyuklarda esa bu xususiyat bir umr saqlanib qoladi.

Savol berishdan charchamang. Javob qidirish insonni olgʻa yetaklaydigan muhim jihatdir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
АОКАда бўлиб ўтган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов аҳоли ва тадбиркорлардан келган саволларга жавоб берди:

Аукционда қатнашиб ерни ютиб олган ғолибга ҳокимият томонидан қарор чиқариладими?

Қандай сабабларга кўра янги ПФ-6243-сон Фармонда умрбод ерга эгалик қилиш ҳуқуқи бекор қилинган?

Менга ер керак тадбиркорлик қилмоқчиман. Ҳокимиятга борсам кадастрга жўнатди, кадастрга борсам бизда ер беришга ваколат йўқ деяпди. Кимга ишонай?

Мен тадбиркорлик билан шуғулланиш учун аукциондан ер майдони ютиб олдим. Мазкур ер участкасига кадастр ҳужжатини шакллантирсам бўладими?

Аукцион савдосини кадастр ўтказадими?

Битта шахс бир нечта ер олиши мумкинми?

〰️〰️〰️

👉 Шу ва бошқа долзарб саволларга жавобларни ушбу ҳавола орқали билиб олишингиз мумкин.

Расмий хабарлар | Медиабанк
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Савол. Уйимни кадастр қилдирмоқчиман. Қаерга мурожаат қилишим керак, кадастр идорасигами ёки давлат хизматлари марказигами?
© UzReport

Каналга уланиш https://t.iss.one/studio_67
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Савол. Тадбиркорман, яқинда нотурар бино қурдим. Фойдаланишга қабул қилиш учун давлат хизматлари марказига мурожаат қилганимда мурожаатимни кўриб чиқиш учун давлат божи тўлаган эдим. Бироқ менинг мурожаатим туман кадастр филиали томонидан кўриб чиқилиб камчиликлари бўлганлиги сабабли рад этилди. Мен яна қайта мурожаат этганимда тўлов тўлашим шартми ёки аввалгиси кучини йўқотмайдими?
© UzReport

Каналга уланиш https://t.iss.one/studio_67
#Live #manaviyat_soati #Xorazm_viloyati

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
BILASIZMI?

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich
— binolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

📌 Har bir bino va inshoot axborot tizimiga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo‘yiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_hamkorlik #sun_iy_intellekt

Bugun Kadastr agentligida 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning "Bikal UK" rahbari Raj Sandhu va 🇺🇿 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov o'rtasida sun'iy intellekt va aqlli tizimlar joriy qilish orqali axborot tizimlari, biznes jarayonlarni yanada samarali boshqarish, istiqbolli loyihalar muhokmasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги “FURSAT” давлат медиа-лойиҳасини ишга туширмоқда. Лойиҳанинг мақсади – Ёшлар саноат ва тадбиркорлик зоналари (ЁСТЗ)ни ташкил этиш ташаббусини илгари суриш ва ёшларни ўз бизнес лойиҳаларини амалга оширишга жалб этишдан иборат.

“FURSAT” лойиҳасига қандай аъзо бўлиш мумкин?

Агар сизда ўз бизнесингизни бошлаш учун ғоя ёки тайёр бизнес-режа мавжуд бўлса, www.fursatloyiha.uz веб-сайти ёки @fursatloyiha_bot телеграм-боти орқали ариза юборинг. Аризангизни ўрганилиб, тасдиқланганидан сўнг, етти йил муддатга 100 минг долларгача имтиёзли кредит олиш имкониятига эга бўласиз. Бундан ташқари, сизга вилоятингиздаги ЁСТЗ ҳудудида ишлаб чиқариш учун 1000 квадрат метргача ер ажратилиши мумкин.

Маълумот учун телефон: +99871 238 52 21

“FURSAT” лойиҳасининг иштирокчиси бўлинг! Имкониятлар сеники!

https://mift.uz/uz/news/itsv-esh-tadbirkorlarni-ullab-uvvatlash-masadida-fursat-davlat-media-lojiasini-ishga-tushirmoda
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlari takomillashtiriladi

“Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5274-son, 02.11.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan tadbirkorlik subyektlariga (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.

☑️ Bunda:

soliqlarni to‘lashni kechiktirish mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 oy muddat ichida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilgan va uning to‘lanishini taʼminlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;

soliqlarni to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida to‘lab beriladi. Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi;

yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq to‘lovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to‘liq miqdorda undiriladi;

soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Sayyor_qabul

🛑Ayni damda kadastr sohasida aholi muammolarini hal etish, ularning murojaatlarini tinglash maqsadida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Sayyor qabulga Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdushukur Hamidovich Abdullayev boshchilik qilmoqda.

📝Qabulda aholini qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt