Xorazm IIB | Rasmiy kanal
20.4K subscribers
13.6K photos
5.48K videos
12 files
5.29K links
Xorazm viloyati ichki ishlar organlaridagi tezkor xabarlar
Download Telegram
Yangibozor tumani IIB xodimlari tomonidan tumanda "Diqqat, piyoda", "Xavfsiz bolalik" va "Xavfsiz tun" profilaktik tadbirlari doirasida targ‘ibot va reyd tadbirlari olib borilmoqda.
———
Янгибозор тумани ИИБ ходимлари томонидан туманда "Диққат, пиёда", "Хавфсиз болалик" ва "Хавфсиз тун" профилактик тадбирлари доирасида тарғибот ва рейд тадбирлари олиб борилмоқда.
👍1
Xorazm viloyatida yo‘l harakatini xavfsiz tarzda tashkil etish, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha shahar va tumanlarda eskirgan yo‘l belgilarini yangisiga almashtirish, zaruratdan kelib chiqib qo‘shimcha belgilar o‘rnatish, yo‘l yotiq chiziqlarini yangidan chizish jarayonlari izchillik bilan olib borilmoqda.
———
Хоразм вилоятида йўл ҳаракатини хавфсиз тарзда ташкил этиш, йўл инфратузилмасини такомиллаштириш, шунингдек йўл ҳаракати иштирокчилари учун қулайликлар яратиш мақсадида барча шаҳар ва туманларда эскирган йўл белгиларини янгисига алмаштириш, заруратдан келиб чиқиб қўшимча белгилар ўрнатиш, йўл ётиқ чизиқларини янгидан чизиш жараёнлари изчиллик билан олиб борилмоқда.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yakunlangan hafta davomida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil etilib, galdagi dolzarb vazifalar belgilandi.
———
Хоразм вилояти ИИБ бошлиғи ҳузурида бўлиб ўтган йиғилишда якунланган ҳафта давомида вилоят ҳудудида жиноят ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш мақсадида амалга оширилган чора-тадбирлар таҳлил этилиб, галдаги долзарб вазифалар белгиланди.
👍6
Xorazm viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 28-iyul kuni "Hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va bu boradagi ustuvor vazifalar" ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV, Bosh prokuratura, Milliy Gvardiya, hamda Adliya vazirligining qo‘shma Qarori qabul qilingan edi.

Bunga asosan IIV Akademiyasi masʼullari boshchiligida Xorazm viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari boshlandi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida xodimlarning tegishli bilim va ko‘nikmalarini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.
👍5👏1