Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
159K subscribers
1.36K photos
462 videos
507 files
4.55K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi

Denov tumandagi 75-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/816

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayevga davlat mukofoti berildi

Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida bir qancha pedagog va tarbiyachilar ham bor.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/819

Telegram I Facebook I YouTube
Dars taqsimoti bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Hozirgi kunga kelib, nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud edi. Bu haqda avvalroq taklif bergandik.

Sizningcha, dars taqsimoti bo'yicha nimalarga o'zgartirish kiritish kerak? Takliflaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/818

Telegram I Facebook I YouTube
Bizni Facebookda ham kuzatib boring

Bilamizki, pedagog xodimlar hozirgi kunda Facebook'da ham anchagina faol.

Hozirda xalqtaliminfo.uz saytining Facebook'da ham sahifasi mavjud. Bizning Facebook sahifamizga ham obuna bo'lib qo'yishni unutmang.

➡️ https://www.facebook.com/xalqtaliminfo

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilarini Python dasturlash asoslariga o‘rgatish uchun o‘qituvchilarni izlayapmiz

Yandex dasturlash maktabi – 14-17 yoshdagi o‘quvchilar uchun bepul ta’lim loyihasidir. Hozirda mazkur maktabga Toshkent, Samarqand va Urganchdagi yoshlarga Python dasturlash tilini o‘rgatish uchun g‘ayratli va tajribali o‘qituvchilar qidirilmoqda.

👩‍🏫🧑‍🏫 Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
Python dasturlash tilini yuqori darajada bilish;
O‘smirlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
Rus tilini erkin bilish.

💻 Biz nima taklif qilamiz:
Yandex vositalari bilan ishlash bo‘yicha o‘quv va ish tajribasi;
Qisman bandlik va asosiy ish bilan birga olib borish imkoniyati (sentyabrdan aprelgacha haftasiga 2 marta 2 akademik soatdan darslar);
Muntazam maosh;
Maqsadga intilib o‘qishga harakat qilayotgan o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.

💬Tanlov ikki bosqichdan iborat:
Python bilimi bo‘yicha testdan o‘tish;
Loyiha metodisti bilan suhbatdan o‘tish.

📲Arizalar 3-sentyabrgacha qabul qilinadi.
#Eslatma

30-avgustdan dam olish kunlari boshlanadi, yangi o‘quv yili esa 4-sentyabrdan boshlanadi


Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

4-sentyabr, chorshanba — maktablarda yangi o'quv yili boshlanadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/790

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Mustaqillik dars"larini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilib, tadbir davomiyligi 45 daqiqadan ko‘p bo'lmasligi lozim.

Tadbirlarni tashkil etish bo'yicha kerakli materiallarni quyidagi manzillardan yuklab olishingiz mumkin:

➡️“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ssenariysi;

➡️Maktablar uchun “Mustaqillik dars” ishlanmasi;

➡️Bog‘chalar uchun tadbir ssenariysi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/821

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun tibbiyot muassasalariga 71,4 mlrd so'm mablag' o'tkazib berilgani ma'lum bo'ldi

Shunga qaramay, pedagog va boshqa xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tibbiyot muassasalari tomonidan turli miqdordagi to‘lovlar talab qilinish holatlari uchragan.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hududlarga ko‘rsatma xat yubordi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/822

Telegram I Facebook I YouTube
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi fuqaro oyiga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi pul evaziga voyaga yetmagan bolalarga hujra sharoitida diniy ta'lim berib kelgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/823

Telegram I Facebook I YouTube
O'qituvchi va tarbiyachilarni konkurs asosida ishga qabul qilish taklifi ilgari surilmoqda

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu yilgi saylovoldi dasturida bog‘cha va maktablarga tarbiyachi va o‘qituvchilarni konkurs asosida ishga qabul qilish tartibini joriy etish, “Yangi avlod pedagoglarini tayyorlash Davlat dasturi”ni qabul qilish tashabbuslarini ilgari surayotgani ma’lum bo'ldi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/824

Telegram I Facebook I YouTube
"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlikning 1282 ishonch telefoniga kelib tushgan shikoyat va murojaatlarning eng katta qismini aynan maktablar tashkil etgan.

Holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatilishi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/825

Telegram I Facebook I YouTube
Vazir Hilola Umarova ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.

Unda Hilola Umarova jurnalist va blogerlarning savollariga javob bermoqda.

Telegram I Facebook I YouTube
Tarixchi ustozlar uchun milliy sertifikat hamda kuzgi attestatsiya sinovlari uchun kuzgi guruhga qabul boshlandi

Respublika tarixchi ustozlari uchun onlayn ko’rinishda tarix fanidan milliy sertifikat va kuzgi attestatsiya sinovlari uchun II kuzgi guruhga qabul boshlandi.

Namunaviy darslar quyidagi @attestatsiya_tarix_Sardorbek guruhida 3-sentabrdan 7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan boshlanadi. (6-sinf audiolari kurs ishtirokchilariga tashlab beriladi)

Kursga yozilib quyidagi imkoniyatlarni qo'lga kiritasiz:

kursda barcha darsliklardagi ma'lumotlar mukammal darajada o’rgatiladi;

kurs davomiyligi 3 oy;

toifa va seritikfat olish kafolati.

Bunda sentabr, oktabr, noyabr oylari uchun oyma-oy to'lov qilinadi. Darslar haftada 3 kun tashkil etiladi.

Murojaat uchun:

👤 @RustamovSardor

📈 Natijalar

➡️ "Milliy sertifikatchi" tanishlarga yuborib qo’ying.

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM