Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
162K subscribers
1.35K photos
459 videos
507 files
4.54K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish: @savollar_murojaat_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Endilikda C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi mumkin

Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Yangi tartibga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoniyati kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/933

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-o'quv yilidan boshlab "Profi University" talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishadi

Ya'ni, talabalar:

0️⃣1-kursni Profi University'da;

🇯🇵2-kursni Yaponiya davlatida;

0️⃣3 -kursni yana Profi University'da;

🇫🇷4-kursni esa Fransiyadagi amaliyot mobaynida yakunlashadi.

Shu sababli, Alliance France Tashkent tashkiloti rahbari Dilshod Ahmedov "Center for Global Education and Exchange" rahbari Sadulla Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan, keyin esa tanalarida toshma tosha boshlagan. Mahalliy shifoxonadagi ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ularga bu Koksaki virusi ekanini aytgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/934

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar tomonidan "attestatsiya" mavzusida berilgan eng dolzarb savollarga javoblar

Pedagog kadrlarga malaka toifasi berish mavzusida o'qituvchilarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javoblarni taqdim etamiz.

Quyidagi havolalardan birini bosib, "attestatsiya" mavzusiga oid savollarga javob oling:

Joriy yil 29-oktyabr kuni Informatika fani o‘qituvchilari testga kirgan vaqtda platformada nosozliklar bo‘ldimi?
➡️ JAVOB

Test sinovlari vaqtida qanday holatlarda platforma ogohlantirish beradi? Yoki qanday holatda esa pedagog testdan chetlashtiriladi?
➡️ JAVOB

Testdan norozi bo‘lgan pedagoglar appelyatsiya bersa bo‘ladimi?
➡️ JAVOB

Malaka toifasi sertifikati "bazada" ko‘rinmayotgan pedagoglar qanday yo‘l tutishi kerak?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilar orasida qalbaki sertifikat taqdim etayotganlari ham bormi?
➡️ JAVOB

Nima uchun “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanmayapti?
➡️ JAVOB

Vazirlik buyruqlarini ham tan olmaydigan mas’ullarga qanday chora ko‘rsa bo‘ladi?
➡️ JAVOB

Nima uchun CHQBT fani o‘qituvchilariga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanmayapti?
➡️ JAVOB

Endilikda malaka toifasi uchun kechroq to‘lov qilgan o‘qituvchilar pullariga “kuyib” qolmaydimi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilarga pedkadr.uzedu.uz platformasida yana qanday qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan?
➡️ JAVOB

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha pedagoglarni qanday yangiliklar kutmoqda?
➡️ JAVOB

70 foiz ustamaga da’vogarlik qiladigan pedagoglar xalqaro standartlar asosidagi malaka toifa sertifikatini qanday oladi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilar orasida attestatsiyadan turli xil qing‘ir yo‘llar orqali o‘tmoqchi bo‘lganlari ham uchramoqdami?
➡️ JAVOB

Batafsil — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Respublika ta’lim markaziga o‘rinbosar tayinlandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga Hamutov Uchqun Irisvayevich tayinlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/935

Telegram I Facebook I YouTube
CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog'ida ma'lum qilindi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/936

Telegram I Facebook I YouTube
Musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fani o‘qituvchilarini katta o‘zgarishlar kutmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-noyabr kuni maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda musiqa, jismoniy tarbiya hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari faoliyati tanqid qilindi. Xo'sh, ularning faoliyatida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/937

Telegram I Facebook I YouTube
Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun 2023/2024-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xo’sh, natijalar qanday? G’oliblar va ularning ustozlari qancha pul mukofoti bilan taqdirlandi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/938

Telegram I Facebook I YouTube
Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin

Ikkinchi, birinchi yoki oliy toifa olish uchun test sinovlarida qatnashgan barcha o‘qituvchilar 86 yoki undan yuqori ballni qayd etadigan bo‘lsa, ularga qo‘shimcha ravishda 70 foizlik ustama berish reja qilinmoqda.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ul xodimi xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o'tgan suhbatda ma'lum qildi.

Xo'sh, yangi tizim qanday ishlaydi? Bu borada pedagoglarni qanday yangiliklar kutyapti?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/939

Telegram I Facebook I YouTube
#Tayinlov

“Zamhokim” Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq bo‘ldi


Ushbu lavozimga A’zamjon Isoqov tayinlandi. U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi. A’zamjon Isoqov dastlabki ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/940

Telegram I Facebook I YouTube
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi

Buxorodagi ta’lim muassasalarining birida qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi. Unga ushbu qilmishi uchun 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/941

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O‘qituvchilar orasida dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham bor" — vazirlik mas’uli

Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining aytishicha, afsuski, o‘qituvchilar orasida test sinoviga turli xil qurilmalar, shpargalkalar va hattoki dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham uchramoqda.

Vazirlik vakili xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda test sinovi vaqtida o‘qituvchilar yonidan topilgan qurilmalar va turli xil ma’lumotlar yozilgan dastro‘molni ko‘rsatdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuzgi ta'til tugadi, ertadan barcha ta'lim muassasalarida II chorak boshlanadi

Maktab o'quvchilari uchun 4-noyabrdan boshlangan kuzgi ta'til nihoyasiga yetdi. Ertaga, 11-noyabrdan maktablarda II chorak boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, 11-noyabr Kasaba uyushmasi xodimlari bayrami bo'lsa-da, bu sana dam olish kuni deb e’lon qilinmagan. Ya'ni, ertaga odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli, elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi

Avvalroq professional ta’lim tizimi tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalana olmayotgani tanqid qilingandi.

Prezident farmoni bilan maktablarga beriladigan kollejlar ro‘yxati tasdiqlandi. Xo’sh, qaysi kollejlar maktab va bog’chalarga berildi? Ro'yxat bilan tanishing.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/942

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanmayapti?

Yuqoridagi savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev javob berdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi

Endilikda maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘taydilar. Avvalroq CHQBT o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishi, endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinishi aytilgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/943

Telegram I Facebook I YouTube
Farzandining kelajagiga befarq bo'lmagan ota-onalar diqqatiga!

"ORZU QANOTI" xususiy maktabi Muzrabot tumanida 2024/2025-o‘quv yili uchun 1-11-sinflarga o’quvchilar QABULI BOSHLANGANINI e'lon qiladi.

Muzrabot tumanidagi maktabda uzoq masofadan keladigan o‘quvchilar uchun yotoqxona ham mavjud. Farzandingiz yaxshi ta’lim-tarbiya muhitida ilm olishi bilan bir qatorda, uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur maktabda xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlar hamda IT sohalari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Shuningdek, sport to'garaklari ham mavjud.

Ilm-fan, ta'lim, san'at va sport yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga stipendiyalar beriladi;

Respublikamiz va xorijiy oliy ta'lim muassasalariga maktab bitiruvchilarining 100% o'qishga kirishi to'liq kafolatlanadi.

"ORZU QANOTI" MAKTABLARI — sifatli ta'lim garovi!

➡️ Ro'yxatdan o'tish

📞 +99899-093-86-43
📞 +99891-237-85-85

👤 @nodirziyo

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM