Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
153K subscribers
1.39K photos
470 videos
507 files
4.59K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Nosozlikmi yoki ogohlantirish? Vazirlik test sinovi vaqtidagi nosozlikni izohladi

Vazirlik mas'ullari holat yuzasidan xalqtaliminfo.uz'ga tushuntirish berib, test jarayoni vaqtida pedagoglar ortiqcha harakat qilsa, platforma ogohlantirish berishi mumkinligini ham eslatdi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/921

Telegram I Facebook I YouTube
Maktab darsliklari ijara to'lovi qayta joriy etilishi mumkin

Ijara to'lovlarining qayta joriy etilishi ota-onalarning masʼuliyati pasayib, darsliklarga eʼtiborsiz munosabat shakllanishiga sabab bo'lishi mumkinligi bilan izohlangan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/922

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchi attestatsiya test sinovi vaqitda uch marotaba boshqa tomonga qarasa test yopilib qoladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda attestatsiyada test sinovi paytida o'qituvchi boshqa tomonga qarab, kim bilandir gaplashgan bo'lsa, yoki ko'p harakatlansa, o'qituvchi yuqori ball yiqqan bo'lsa ham uning natijalari bekor qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Xalqtaliminfo.uz'ning bu savoliga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari batafsil javob berishgan. To'liq tafsilotlar videoda.

Telegram I Facebook I YouTube
Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumandagi 541-saylov uchastkasida komissiya a’zosi bo‘lgan o'qituvchi saylov o‘tkazish qonunchiligi buzganligi uchun jarimaga tortildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/923

Telegram I Facebook I YouTube
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova

Yaqinda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova “Yil o‘qituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagog xodimlarga murojaat qilib, takliflarni @uzedu_vazirbot orqali yuborishni so‘ragandi.

Vazirning aytishicha, botga kelgan barcha takliflarni shaxsan uning o‘zi o'qib bormoqda. Xo'sh, pedagoglar tomonidan vazirga qanday takliflar yuborildi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/924

Telegram I Facebook I YouTube
#Tayinlov

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o'rinbosar tayinlandi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Karimov 2006-2012-yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012-2018 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.

2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati bo‘limida yetakchi, bosh mutaxassis, sho‘ba mudiri, kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 18-oktyabr kuni 2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxodjayev boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi.

Telegram I Facebook I YouTube
2025-yil uchun maktabgacha va maktab ta’limiga budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida uchinchi o‘rinni egallagan. Ammo ta’limga sarf qilinishi kerak bo‘lgan real xarajatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, aslida bu juda kam.

Xo’sh, budjetdan ajratilayotgan mablag’lar qaysi yo’nalishlarga sarflanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/926

Telegram I Facebook I YouTube
Vazir Hilola Umarova o‘z ish faoliyatini davom ettiradimi?

Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Hilola Umarova joriy yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida partiya ro‘yxati bo‘yicha nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.

Hilola Umarova deputatlikka saylanadigan bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan voz kechishi kerak edi.

Xo'sh, vazir o'z lavozimida qoladimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiylari xalqtaliminfo.uz'ga Hilola Umarovaning kelgusidagi faoliyati bo'yicha aniq ma'lumot berdi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/920

Telegram I Facebook I YouTube
Attestatsiya test sinovi o'tkaziladigan sanalarda o'zgarish bo'ldi

Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlari boshqa kunga ko'chirildi.

❗️Attestatsiya test sinovi sanalariga oʻzgartirish kiritilgan fanlar

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

13-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.

***

Quyidagi fanlarda test sinovi sanalarida hech qanday oʻzgarish bo'lmagan

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);

Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);

Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);

Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);

Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);

Ingliz tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);

Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog — 15-noyabr kuni (1 kun);

San'at va madaniyat fanlaridan (umumiy nom ostida yozildi) — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchi cho‘ntagidagi pullar hisobiga kun ko‘rayotgan “gazeta va jurnallar” faoliyati taftish qilinishi kerak

Pedagoglar hali hamon majburiy obuna tufayli o‘zlarining ish haqlaridan ma’lum bir qismini shunday “yirtqich” gazeta va jurnallar uchun sarflashga majbur bo‘lmoqda.

Masalan, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Ma’naviy hayot” kabi nashrlar obunasi uchun qariyb 400 mln so‘m sarflandi.

Tegishli idoralar majburiy obunaga aloqador bo‘lgan gazeta va jurnallar faoliyatini darhol taftish qilishi kerak.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/927

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sifatli ta’limning asosi — bu amaliyotdir

Bilim qachon miyangizga o‘rnashib, xotirangizdan o‘chmas holatga kelishini bilasizmi?

O‘qigan va o‘rganganlarimizni boshqalarga o‘rgatsak, ularning yodimizda qolishi shu qadar osonlashadi. Shu sababli, pedagogikada sifatli ta'limning asosini amaliyot tashkil qiladi.

Siz lavhada ko‘rib turgan bo‘lajak o‘qituvchining ismi Gulshoda Rahimjonova. U "Profi University"ning Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Gulshoda universitetda olingan bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda!

▶️ To'liq video

0️⃣Profi University — to'g'ri tanlov!

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?


Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/928

Telegram I Facebook I YouTube
Bir nafar o‘quvchi uchun yiliga qancha mablag‘ ajratilmoqda?

Ta'lim sifatini yaxshilash uchun har bir o‘quvchiga qancha mablag‘ ajratish kerak bo'ladi? O‘zbekiston ta'limi uchun ajratilgan resurslar yetarlimi?

Ushbu maqolada davlat budjetidan bir o‘quvchi uchun ajratilayotgan yillik xarajatlar, davlat va xususiy maktablar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yaratilayotgan alohida sharoitlar hamda davlat ta'lim tizimida kuchayib borayotgan tengsizlik masalalari tahlil qilinadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/929

Telegram I Facebook I YouTube
Norvegiyada ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda

Bundan avval Avstraliya hukumati ham 14−16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqqan edi.

Fransiyada bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda mobil telefonlarni taqiqlash sinovdan o‘tkazilmoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/930

Telegram I Facebook I YouTube
Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi

Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi oddiy maktablardagi laborantlik lavozimini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni qisqartirish maqsadida tugatgandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ushbu lavozimni joriy etdi.

Vazirlik buni ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida dars jarayonlarini laboratoriya mashg‘ulotlari orqali chuqur o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlagan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/931

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar attestatsiyasi: Mavhum qolayotgan savollarga javob berildi

Ayni vaqtda respublikamiz bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Hech kimga sir emaski, ayni vaqtda attestatsiya jarayoniga oid ochiq qolayotgan savollar ham talaygina.

Platformadagi ayrim nosozliklar;

Testlardan norozi bo‘layotgan pedagoglar muammosi;

Malaka toifasi sertifikatining "bazada" ko‘rinmaslik holati;

CHQBT fani o‘qituvchilariga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lash masalasi va boshqa shunga o‘xshash masalalar shular jumlasidandir.

Bu kabi savollarga javob olish maqsadida test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan manzilga borib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Raximboyevni savolga tutdik.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi mumkin

Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Yangi tartibga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoniyati kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/933

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-o'quv yilidan boshlab "Profi University" talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishadi

Ya'ni, talabalar:

0️⃣1-kursni Profi University'da;

🇯🇵2-kursni Yaponiya davlatida;

0️⃣3 -kursni yana Profi University'da;

🇫🇷4-kursni esa Fransiyadagi amaliyot mobaynida yakunlashadi.

Shu sababli, Alliance France Tashkent tashkiloti rahbari Dilshod Ahmedov "Center for Global Education and Exchange" rahbari Sadulla Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan, keyin esa tanalarida toshma tosha boshlagan. Mahalliy shifoxonadagi ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ularga bu Koksaki virusi ekanini aytgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/934

Telegram I Facebook I YouTube