Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
162K subscribers
1.35K photos
458 videos
507 files
4.54K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish: @savollar_murojaat_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

"Kasbiy rivojlanish kuni" maktabdagi barcha pedagoglar
belgilangan joyga borishi shartmi?

Ma’lumki, avvallari belgilab qo'yilgan metodik kunlarda maktabdagi fan o‘qituvchilarining barchasi seminarlarga borishi majburiy edi.

Yangi tartibda bu qanday tashkil qilinadi? Masalan, maktabda 5 ta matematika o‘qituvchisi bo‘lsa, ularning barchasi "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbiriga borishi kerakmi?

Bu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil javob berilgan.

Mavzuga oid videoxabarlar:

➡️ "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlarida pedagoglar davomati yuritiladimi?

➡️ Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga 20 foizlik ustama qanday to'lanadi?

➡️ Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/799

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi.

Mazkur sammit doirasida bog'chalarda fransuz tilini o‘qitish va ustozlar malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/889

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangilangan binosi

Bugun A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida yangilangan institut binosida pedagoglarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/890

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda...mi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchilarga ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish bo'yicha topshiriqlar berilgan.

Vazirlik esa majburiy mehnatning har qanday shakliga qat’iy qarshi ekanligini bildirib, aybdorlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini ma'lum qildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/891

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi pedagoglar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan institutda malaka oshiradi

850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari;

Innovatsion kutubxona;

STEAM laboratoriya xonalari;

560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona.

Kecha, 8-oktyabr kuni A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan press-tur tashkil qilingandi.

Xalqtaliminfo.uz'ning qisqacha reportajida malaka oshirish institutida yaratilgan sharoitlar bilan siz ham yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/890

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'lajak pedagogning faoliyatiga baho bering

Tanishing, bu — "Profi University"ning 4-bosqich talabasi O‘g‘iloy Bo‘ronova. U boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. Bo'lajak pedagog.

U universitetda olgan nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun amaliyot jarayonida 1-sinf o‘quvchilariga dars berib kelmoqda.

Xo'sh, bo'lajak pedagog — O‘g‘iloyning mahorat darsini siz qanday baholagan bo'lardingiz?

Fikrlaringizni video ostidagi izohlarda albatta yozib qoldiring.

👤 Talaba portfoliosi

▶️ To'liq videohttps://www.youtube.com/watch?v=cd6RijDDWDw

Profi University — professional kadrlar tayyorlovchi oliygoh

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Rahbar xodimlarga menejerlik sertifikati uchun ustamalar to'lanmayaptimi?


Menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat olgan ayrim rahbar xodimlar qonunchilikda belgilab qo'yilgan ustamalar to‘lab berilmayotgani haqida xalqtaliminfo.uz'ga murojaat qilgandi.

Masalaga oydinlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabovga yuzlandik.

Eslatma: Rahbar xodimlardan sertifikat uchun ustama to’lab berilmayotgan hududlar bo’yicha video ostidagi izohlarda ma’lumot qoldirish so’raladi.

Telegram I Facebook I YouTube
O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Buxoroda maktab o‘quvchilarini teatrga olib ketayotgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro'y berishi oqibatida ikki nafar o'quvchi halok bo‘lgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/892

Telegram I Facebook I YouTube
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddatini joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirgandi.

Ammo so‘nggi kunlarda ko‘rib chiqilayotgan arizalardagi xatolarni tuzatish va qayta topshirish uchun pedagoglarga imkoniyat berilmagani muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog'lanib, holatni batafsil o'rgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/893

Telegram I Facebook I YouTube
29-oktyabrdan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish boshlanadi

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

MMTV

Telegram I Facebook I YouTube
#Sõragan_edingiz

Attestatsiya test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkaziladi?


Xabaringiz bor, joriy yil 29-oktyabrdan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish boshlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malaka (test) sinovini oʻtkazish manzillari va lokatsiyasi haqida batafsil bilib oling.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/569

Telegram I Facebook I YouTube
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan aniq sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);

Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);

Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);

Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);

Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);

Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);

Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

San'at va madaniyat fanlaridan (umumiy nom ostida yozildi) — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

MMTV

📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑🏻‍💻👩‍💻Yandex Uzbekistanʻning talabalar va yosh mutaxassislar uchun mobil va bekend dasturlash maktabiga roʻyxatdan oʻtish yopilishiga 3 kun qoldi!

Maktab — oʻz mahoratingizni oshirish va kompaniyada ish boshlash uchun ajoyib imkoniyat. Taʼlim dasturlari ma'ruzalar, amaliy topshiriqlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes topshiriqlar ustida jamoaviy ishlarni oʻz ichiga oladi. Eng yaxshi ishtirokchilar kompaniyada qolish imkoniyatiga ega boʻladilar.

📲 Maktabda o‘qish uchun ariza qoldirish, 13-oktyabrga qadar test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish va suhbatdan oʻtish kerak. Oʻqish mutlaqo bepul boʻlib, 28-oktyabrdan Toshkent shahrida offlayn tarzda oʻtkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi o'quvchilar 5–8-sinfdan boshlab xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi

2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat muassasasi shaklida tashkil etiladigan Fan olimpiadalari markazi 5–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilar bazasi shakllantirib, ularni xalqaro olimpiadalarga tayyorlaydi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/894

Telegram I Facebook I YouTube