Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
133K subscribers
1.55K photos
521 videos
507 files
4.82K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti tanib bo'lmas darajada o'zgardi

Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati eks etgan video tasvirlari e'lon qilindi.

To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, A.Avloniy nomidagi yodgorlik muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joy olgan.

Videoda institutning zamonaviy studiyasini ham ko'rishimiz mumkin. Ilgari, studiya zamonaviy talablarni to‘liq qondirmaganligi sababli, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasiga joylanadigan darslarning ba'zilari boshqa kompaniyalar studiyalarida ham tasvirga olinardi.

Endilikda, onlayn darslarni yuqori texnologiyali yangi studiyada suratga olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa ta’lim jarayonining sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram I Facebook I YouTube
"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi

Avvalroq xabar berganimizdek, Qashqadaryoda buxgalter o‘qituvchilarga tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni moliyaviy xato deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xalqtaliminfo.uz tahririyatining so‘roviga asosan, mazkur masalani batafsil o‘rgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/879

Telegram I Facebook I YouTube
Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi

Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmoni bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlariga ham vazir jamg'armasi hisobidan ustama olishga ruxsat berildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/880

Telegram I Facebook I YouTube
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlili natijalarini e’lon qildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/881

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chuqur ma'noga ega reklama roligini tahlil qilib, yutuqni qo'lga kiriting

Sizni Profi University ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan reklama roligini tomosha qilishga taklif qilamiz.

Bu rolikda ta'lim va jamiyatdagi stereotiplarni ochib berishga harakat qilingan. Sizdan rolikni tomosha qilib, undagi ma'nolarni izohlashingizni so'raymiz!

Nima qilish kerak?

Quyidagi reklama roligini tomosha qiling;

Rolikda qanday ma'nolar yotganini va qanday stereotiplar ko'tarilganini sharhlab, bizga yozing.

🎁 Eng yaxshi izoh yozgan bir nafar ishtirokchiga xalqtaliminfo.uz tahririyatidan maxsus sovg'a taqdim qilinadi!

Natijalar @u_pulatoff telegram kanalida 12-oktaybr kuni e'lon qilinadi.

Izohlarni quyidagi post ostida yozib qoldirishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanadi


Ma’lumki, juda ko‘p hollarda “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalarini belgilashda turli xil tushunmovchiliklar uchrab turadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/791

Telegram I Facebook I YouTube
Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan direktor qayta ishga tiklandi, xodimga 20 mln so‘m undirib berildi

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bog'cha direktorini ishdan bo'shatish haqidagi buyrug'i g'ayriqonuniy bo'lib chiqdi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/882

Telegram I Facebook I YouTube
Samarqandda sifatsiz qurilgan maktab binosi buzib tashlandi

Samarqand shahrining Qorasuv massivida qurilayotgan 1800 o'rinlik maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/888

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

"Kasbiy rivojlanish kuni" maktabdagi barcha pedagoglar
belgilangan joyga borishi shartmi?

Ma’lumki, avvallari belgilab qo'yilgan metodik kunlarda maktabdagi fan o‘qituvchilarining barchasi seminarlarga borishi majburiy edi.

Yangi tartibda bu qanday tashkil qilinadi? Masalan, maktabda 5 ta matematika o‘qituvchisi bo‘lsa, ularning barchasi "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbiriga borishi kerakmi?

Bu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil javob berilgan.

Mavzuga oid videoxabarlar:

➡️ "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlarida pedagoglar davomati yuritiladimi?

➡️ Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga 20 foizlik ustama qanday to'lanadi?

➡️ Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/799

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi.

Mazkur sammit doirasida bog'chalarda fransuz tilini o‘qitish va ustozlar malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/889

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangilangan binosi

Bugun A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida yangilangan institut binosida pedagoglarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/890

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar yana paxta dalasiga qaytmoqda...mi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchilarga ota-onalarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilish bo'yicha topshiriqlar berilgan.

Vazirlik esa majburiy mehnatning har qanday shakliga qat’iy qarshi ekanligini bildirib, aybdorlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini ma'lum qildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/891

Telegram I Facebook I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi pedagoglar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan institutda malaka oshiradi

850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari;

Innovatsion kutubxona;

STEAM laboratoriya xonalari;

560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona.

Kecha, 8-oktyabr kuni A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan press-tur tashkil qilingandi.

Xalqtaliminfo.uz'ning qisqacha reportajida malaka oshirish institutida yaratilgan sharoitlar bilan siz ham yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/890

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'lajak pedagogning faoliyatiga baho bering

Tanishing, bu — "Profi University"ning 4-bosqich talabasi O‘g‘iloy Bo‘ronova. U boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. Bo'lajak pedagog.

U universitetda olgan nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun amaliyot jarayonida 1-sinf o‘quvchilariga dars berib kelmoqda.

Xo'sh, bo'lajak pedagog — O‘g‘iloyning mahorat darsini siz qanday baholagan bo'lardingiz?

Fikrlaringizni video ostidagi izohlarda albatta yozib qoldiring.

👤 Talaba portfoliosi

▶️ To'liq videohttps://www.youtube.com/watch?v=cd6RijDDWDw

Profi University — professional kadrlar tayyorlovchi oliygoh

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Rahbar xodimlarga menejerlik sertifikati uchun ustamalar to'lanmayaptimi?


Menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat olgan ayrim rahbar xodimlar qonunchilikda belgilab qo'yilgan ustamalar to‘lab berilmayotgani haqida xalqtaliminfo.uz'ga murojaat qilgandi.

Masalaga oydinlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabovga yuzlandik.

Eslatma: Rahbar xodimlardan sertifikat uchun ustama to’lab berilmayotgan hududlar bo’yicha video ostidagi izohlarda ma’lumot qoldirish so’raladi.

Telegram I Facebook I YouTube
O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Buxoroda maktab o‘quvchilarini teatrga olib ketayotgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro'y berishi oqibatida ikki nafar o'quvchi halok bo‘lgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/892

Telegram I Facebook I YouTube
Malaka toifasi uchun to'lov qilgan ayrim o'qituvchilar pullariga “kuyib” qolyapti...mi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddatini joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirgandi.

Ammo so‘nggi kunlarda ko‘rib chiqilayotgan arizalardagi xatolarni tuzatish va qayta topshirish uchun pedagoglarga imkoniyat berilmagani muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog'lanib, holatni batafsil o'rgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/893

Telegram I Facebook I YouTube