Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
163K subscribers
1.34K photos
458 videos
507 files
4.53K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish: @savollar_murojaat_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Tayinlov

Hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i RTMga rahbar bo'ldi


Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan Xudaykulov Sherzod Uktamovich Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Xudaykulov boshqarma boshlig'i lavozimiga tayinlanishidan avval Guliston shahridagi Prezident maktabi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, Respublika ta’lim markazining avvalgi direktori Shuhrat Sattorov lavozimidan ozod etilgach, markaz direktori lavozimiga hech kim tayinlanmagandi.

👉@xalqtaliminfo
📣Siz o‘qituvchimisiz?

🏐Bu sohaga oid eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lish va hamkasblaringiz tomonidan yaratilgan dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar hamda boshqa qiziqarli materiallar bilan muntazan tanishib borishni istaysizmi?

📘Unda «Ma'rifat» gazetasiga va uning telegram rasmiy kanaliga obuna bo‘ling.

➡️Sizga kerakli bo‘lgan barcha ma'lumot shu yerda jamlangan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabga birinchi marta ishga qabul qilingan talabgorlar 1 yil muddatda kasbiy sertifikat ololmasa, ular ishdan bo'shatiladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Hukumatning “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.

Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.

Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Davomatga yordam beramiz deyilsa ham norozimiz, yordam berishmasa ham norozimiz — nima qilish kerak?

Endilikda dars qoldirib kelayotgan o'quvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuborilishi va bu orqali ularga turli tartibdagi ma’muriy javobgarlik choralari qo'llanishi haqidagi xat namunasi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy ruhda muhokama bo'layotgan ekan.

Ochig'i hech narsani tushunmadim. Davomat dedik, o'quvchini maktabga olib kelib o'tkazishga kuchimiz yetmadi, IIB xodimlari yordam bermayapti dedik.

Rostdan ham shunday edi vaziyat. Maktablarda davomat achinarli darajaga yetib kelgandi. Ishonavering, bu maktabda yaxshi dars o'tilmasligi yoki zerikarli ekanligi uchun emasdi. Buning boshqa ko'p omillari bor aslida.

Maktab qanchalik jozibador bo'lmasin, shunda ham maktabga kelmaydigan o'quvchilar minglab topiladi. Majburiy ta'lim bo'lgandan keyin qati'y tartib bo'lishi shart.

Afsuski, ba'zi ota-onalarga bu yoqmagan ko'rinadi. Eng quyi tizimda, bevosita o'quvchilar davomati bilan shug'ullangan shaxs sifatida aytishim mumkinki, hozirgi tizim juda yaxshi yo'lga qo'yildi. Buni ko'pchilik qo'llab-quvvatlaydi.

Ota-onalarga yuborilgan ogohlantirish xatlarida ham hech qanday yomon narsa aytilmagan, shunchaki O'zbekistondagi qonunchilik eslatib qo'yilgan xolos.

To'g'ri, ba'zi hollarda Milliy gvardiya xodimlari pedagoglar faoliyatiga ham aralashib qo'yayotgan bo'lishi mumkin. Lekin pedagog xodimlar ham o'z huquqini talab qilsa, o'sha xodimlar ham o'ziga kelib qoladi.

Maktabga kelmagan o'quvchining ota-onasini javobgarlikka tortish noto'g'ri amaliyot degan fikrda bo'layotganlarga eng og'ir hududga borib o'quvchilar davomati bilan shug'ullanib ko'rishni maslahat beraman.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
❗️19-fevral kuni vazir ustamasiga da'vogar pedagoglar uchun imtihonlar bo'lib o'tadi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 19-fevral kuni vazir jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Bu yil vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilangan.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qizil maktabga" borib ishlayotgan o'qituvchining ijara pullari kasaba uyushmasi tomonidan undirib berildi

«Qizil maktablar» — bu ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar hisoblanib, ularning ro‘yxati har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilib boriladi.

O‘qituvchi boshqa bir hududdan borib mana shunday ro‘yxatga kiritilgan maktabda ishlasa ularning oylik maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

Boshqa hududdan «Qizil maktablar»ga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pullik kompensatsiya to‘lab berilishi ham ta’minlanishi kerak.

O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bizga ma'lum qilishicha, Namangan viloyati Chortoq tuman 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Andijon viloyatida yashovchi o'qituvchi Nabiyev Azizbekga ijara shartnomasi puli to‘lab berilmagan.

Shundan so'ng Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Chortoq tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, to'lanmay kelingan 3 mln 54 ming so'm miqdoridagi ijara pullari mahalliy hokimlik byudjetidan undirib berilgan.

Agar sining ham huquqingiz buzilayotgan bo'lsa, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori boshqa ishga o'tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Xamidov Vohid Sobirovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ma'lumot uchun: Vohid Xamidov ilk faoliyatini maktabda fizika fani o'qituvchi sifatida boshlagan. Bir muddat Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham o'qituvchilik qilgan.

Eslatib o'tamiz, Vohid Xamidov 2023-yil iyun oyida Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori lavozimga tayinlangandi.

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda maktab qorovullariga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Milliy gvardiya masʼul xodimi maktab hududidagi ko‘ngilsiz hodisalar hamda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida maktab qorovullari uchun qo‘shimcha talablar joriy qilinishi haqida maʼlum qildi.

Yaʼni, bu bo‘yicha yangi tartib ishlab chiqiladi. Bu orqali maktab qorovullarining ish faoliyati ham qat'iy nazoratga olinadi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Matbuot anjumanida ayrim jamoatchilik faollari davomat bo'yicha qilinayotgan ishlar noto'g'ri ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda

Lekin biz tizim ichiga kirmay, muammoning asl holatini bilmay turib, yangi tartibni boshqacha talqin qilishimiz mutlaqo noto'g'ri.

Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan mas'ullar tomonidan maktablardagi eng og'riqli nuqtalarga yechim berildi menimcha.

Maktabga kelmagan o'quvchining ota-onasini javobgarlikka tortish noto'g'ri amaliyot degan fikrda bo'layotganlarga eng og'ir hududga borib, o'quvchilar davomati bilan shug'ullanib ko'rishni maslahat beramiz.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Maktablarga "Tashvish tugmasi" o'rnatiladi

Ta'lim muassasalarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar barcha maktablarga "Tashvish tugmasi" o'rnatiladi. Bunda ta'lim muassasasida ko'ngilsiz holat kuzatilgan taqdirda "Tashvish tugmasi"dan foydalaniladi.

Bunda "Tashvish tugmasi" ta'lim muassasasi mas'ul xodimi yoki pedagog xodim tomonidan bosilganda mazkur maktabga 3-5 daqiqa ichida Milliy gvardiyaning qo'riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, holatning oldini oladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Xususiy universitet tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?


Xususiy universitetlar ko‘p, lekin ularni tanlashda adashib qolmaslik uchun quyidagi eng asosiy 3 ta narsaga e’tibor berish kerak:

1. Xususiy universitet moddiy-texnik bazasi va binolariga.

2. Professorlar, o‘qituvchilar tarkibi va oliygohning salohiyat darajasiga.

3. Oliygohning asosiy missiyasi va maqsadlariga.

Endi yuqoridagi eng asosiy uchta talabga javob beroladigan Profi University xususiy oliy ta'lim muassassi haqida gaplashsak.

1. Mazkur oliygoh o'zining moddiy-texnik bazasi, binolariga ega bo'lib, hozirgi kunda Toshkent shahridagi Bektemir kampusi, Olmazor tumanida joylashgan Beruniy kampusi hamda Navoiy viloyatidagi filiali mavjud. (Universitet binolari haqidagi to'liq ma'lumot bilan bu yerda tanishing)

Ayni vaqtda universitetning yana bir katta binosi qurib bitkazilmoqda. Ushbu binoda talabalarning amaliyot o‘tashi uchun zamonaviy labaratoriyalar faoliyatini ham yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

2. Universitetning ilmiy salohiyat darajasi ham yetarli bo'lib, hozirda umumiy hisobda 100 dan ortiq professor-o'qituvchi ishlab kelmoqda. Ulardan 86 nafari asosiy shtatda faoliyat yuritib, 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (DSc), 29 nafar fan nomzodi (PhD) hamda 1 nafar xorijiy professor-o'qituvchidan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2008-2010 yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining aʼzosi, olim, psixologiya fanlari doktori, professor, akademik, Shoumarov G'ayrat Baxromovich universitet rektori hisoblanadi.

3. Profi University oliy maqsadi taʼlim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o'z bilimi va salohiyati bilan insonlarning hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlar orqali rivojlangan jamiyat yaratilishiga hissa qo'shishdir.

Kelajakda Profi University faqat universitetgina emas, O'zbekiston, balki dunyo bo'yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriyalarga ega bo'lgan yirik maskanga aylantirish reja qilingan.

Profi University o'z faoliyatini Ta'lim to'g'risidagi Qonunga muvofiq litsenziya (№056240, 10.11.2022-y) asosida amalga oshiradi.

Qo'shimcha ma'lumotlar

👉@xalqtaliminfo
Taʼlim tizimiga tashqaridan qaralganda maktablarda faqat odobli bolalar o‘qiydigandek tuyulsa kerak

Kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, jamoatchilik faollari davomat bo‘yicha qilinayotgan ishlar, Milliy gvardiyaning davomat bilan ishlashi noto‘g‘ri ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda.

Ammo juda ko‘pchiligimiz ota-onalar farzand tarbiyasida befarq ekanligini unutib qo‘yyapmiz. Keyin bu oddiy davlat maktablari Prezident maktabi emaski, hamma bolalar faqat taʼlim olish uchun kelsa.

Oddiy maktablar bolani saralab ololmaydi. Jamiyatda turli xil xulq-atvorli shaxslar bo‘lgani kabi, oddiy davlat maktablarida ham har xil tipdagi bolalar o‘qiydi.

Oddiy maktabda ishlash juda mashaqqatli ish. Buni esa maktabda ishlab ko‘rmagan odam hech qachon tushunolmaydi. Yaxshi kayfiyatda ishga borasiz, bolalarga nimadir o‘rgataman deb darsni boshlaganingizda kimdir asabingizni buzadi. Davomat esa past bo‘ladi.

Ishonavering shunday o‘quvchilar borki, sizni quyushqondan chiqmasingizga qo‘ymaydi. Shunday “og‘ir” maktablar borki, u yerda tahsil oladigan bolalarni ko‘rib hozirgi yangi tartibga qarshilik bildirayotgan faollarning o‘zi ham yoqa ushlashi aniq.

Hozirga qadar ota-onalarga ham, o‘quvchilarga ham qatʼiy talab mavjud emasdi. Vazirlik ham boshqasi ham davomat bo‘yicha jo‘yaliroq tizimni yo‘lga qo‘yolmagandi. Hamma narsa faqat qog‘ozda edi.

Ota-onalar masʼuliyatini oshiramiz deb har yili aytilardi, lekin aniq yechim berilmasdi. Bilmadim, nima uchun shu vaqtga qadar farzand tarbiyasiga befarq ota-onalarga faqat “yumshoq”lik bilan muomala qilindiyu, o‘qituvchi ozgina xato qilsa, unga jazo qo‘llashdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini ham, Milliy gvardiyani ham yonini olish niyatim yo‘q. Kuzatuvchilar juda yaxshi bilsa kerak, kezi kelganda tanqid ham qilganman.

Lekin hozir vazirlikning qatʼiy iroda bilan o‘quvchilar davomati bo‘yicha olib borayotgan siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Shu vaqtgacha hech kim jurʼat etolmagan ishni amalga oshirishdi.

Vazirlikning o‘rnida bo‘lganimda kechagi matbuot anjumaniga faqatgina jurnalist, blogerlarni emas, uzoq yillardan buyon davomat muammosi bilan kurashib kelayotgan pedagoglar, maktab direktori va ularning o‘rinbosarlarini ham chaqirgan bo‘lardim.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida yana qisqartirishlar bo'ladi

Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi tashkil etilganligi munosabati bilan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida yana qisqartirishlar bo'ladi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 12-fevral kungi 38-sonli buyrug'ida ma'lum qilindi.

Unga ko'ra 2024-yil 13-fevraldan:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalaridan jami 16 ta shtat birliklari qisqartiriladi.

Bunda qisqartirilgan shtat birliklari “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisiga o'tkaziladi.

Qisqartirilayotgan shtat birliklari quyidagilar:

Sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko'rsatishni muvofiqlashtirish sho'basi yetakchi mutaxassisi;

O'quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho'basi bosh metodisti.

Eslatib o'tamiz, Prezidentning PQ-176-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tuzilmalaridan yana 222 ta shtat birliklari qisqarishi kutilyapti.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutiga prorektor tayinlandi


Ismadiyarov Yashin Utkirovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

Yashin Utkirovich - Jizzax politexnika instituti va Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.

Bugunga qadar Jizzax davlat pedagogika institutida prorektor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dotsent, dekan, prorektor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini lavozimida faoliyat yuritgan.

👉@xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Direktor darsga kelmagan bolalarga 5 baho qo'yib kelgan

"Buxoroda hujrada 12 ta bolaga dars berib, topgan nomaqbul pulini direktorga beryapti. Direktor darsga kelmagan bolalarga 5 baho qo'yib kelgan" – Prezident


Manba

👉@xalqtaliminfo
Xalq ta’limi Info ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi

Bugundan boshlab xalqtaliminfo.uz sayti orqali bizni kuzatib borishingiz mumkin.

Endilikda rasmiy OAV sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKAdan ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat olib boramiz. Guvohnoma: №146004

Hozircha xalqtaliminfo.uz sayti test rejimida ishlaydi. Biroz kamchiliklari ham yo‘q emas albatta. Bu kamchiliklarni faoliyatimiz mobaynida tuzatib borishga harakat qilamiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/485

Telegram I Facebook I YouTube
Endi darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar o‘qiydi — Yaponiya

Yaponiya rasmiylariga ko‘ra, endilikda robotlar maktabga bormagan o‘quvchilarni masofadan turib darslarga qatnashishga undaydi va oxir-oqibat, ularning maktabga qaytishiga erishadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/422

Telegram I Facebook I YouTube
2024-yil sentyabrdan boshlab toifasiz o'qituvchilar kasbiy sertifikatlash test sinoviga jalb qilinadi

2024/2025-o'quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan, tegishli malaka toifasiga ega bo'lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilish reja qilinyapti.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/486

Telegram I Facebook I YouTube
Samarqandlik o‘quvchi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, “Cobalt”ni qo‘lga kiritdi

Jomboy tumanidagi 12-maktab 8-sinf o‘quvchisi Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan g‘olib bo’ldi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/487

Telegram I Facebook I YouTube