Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
160K subscribers
1.36K photos
461 videos
507 files
4.55K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?

Yuqoridagi savolga javob izlash maqsadida iqtisodchi Otabek Bakirov bilan juda qiziq suhbat o'tkazgandik. Hozirgi kunda ham ushbu mavzu o'z aktualligini yo'qotmagan deb o'ylaymiz.

Suhbatda ta'lim tizimi xodimlarining oylik maoshi nima uchun keskin ravishda oshirilmasligining sabab va oqibatlari hamda o‘qituvchi bo‘lish tanlovi haqida gaplashganmiz. Marhamat, to‘liq suhbatni «YouTube» sahifamizda tomosha qiling.

P.S: Ushbu suhbat 8 oy avval bo'lib o'tgan.

Videoni ko'rish:👉https://youtu.be/B0s41HzK9jk

👉@xalqtaliminfo
32 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlanishida aybdor bo'lgan shaxslar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. (Avvalroq 32 nafar o'quvchi deyilgandi)

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi maktab o'quvchilariga berilgan shokoladli konfet tarkibida qum yoki tuproq borligi aniqlangan. Boshqa bir holatda esa yeguliklar ichidan to‘g‘nag‘ich chiqqani ma'lum bo'lgandi.

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi 5-maktabda esa o‘quvchilarga berilgan oziq ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqandi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Endi maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi (mi?)

Yangi tartibga ko‘ra maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.

Bu borada ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimlaridan intervyu oldik.

❗️Quyidagi (ko‘k) havolalardan birini bosib eng aktual mavzudagi savollarga javob oling:

Direktor o'rinbosarlari menejerlik sertifikatini olish uchun qayerda o'qiydi?

Direktor o'rinbosarlari menejerlik sertifikatini olsa, ular ham 3 yil davomida malaka oshirishga jalb qilinmaydimi?

Amalda ishlab kelayotgan maktab direktorlari qachon ushbu kurslarga jalb qilinadi?

Menejerlik kursida onlayn tartibda ham o'qisa bo'ladimi?

Menejerlik o'quv kursiga ariza topshiruvchilar soni ko'payib ketsa, ularning barchasini o'qitishga A.Avloniy nomidagi institutning imkoniyatlari yetadimi?

Direktorlar kengashi suhbatiga borgan nomzodlar orasidan sertifikati mavjud bo'lmagan nomzod direktorlikka tavsiya etilishi mumkinmi?

Bir vaqtni o'zida butun respublika bo'ylab vakant joylarga faqat sertifikatga ega bo'lgan nomzodlarni tayinlashga vazirlikning imkoniyati yetarlimi?

Direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yishda xorij tajribasi ham o'rganilganmi?

Nima uchun maktab direktorlarini lavozimga tayinlashda “Direktorlar kengashi” tartibi joriy qilindi?

Direktorlar kengashi a'zolarini qo'shimcha rag'batlantirib borish reja qilinganmi?

Direktorlikka nomzodlar uchun suhbat jarayonida qanday savollar beriladi?

Yuqoridagi savollarga vazirlikning quyidagi mas'ullari javob berishdi:

👤 Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i — Erkinjon Murodov

👤 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i — Hasanxon Husanov.

▶️ Videoni ko'rish: https://youtu.be/38FhaU02ch0

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Career Service" loyihasi haqida eshitganmisiz?

"Career Service" — Profi University talabalari uchun ish bozorida munosib, raqobatbardosh mutaxassis bo'lishda va kelajaklari uchun tramplin vazifasini bajaruvchi loyiha hisoblanadi.

Loyiha haqida ushbu videoda batafsil to'xtalib o'tganman.

Profi University talabalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor.

Batafsil ma'lumotlar

👉@xalqtaliminfo
#Eslatma

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi butunlay bekor qilingan


Ayrim hududlarda tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashlari hali ham ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlardan hisobot talab qilib, ularning faoliyatiga aralashayotgan ekan.

❗️Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz joizki, Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan quyidagi tartiblar butunlay bekor qilingan:

umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlashni tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirish;

direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berishi va hisobot natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borish tartibi.

E'tibor bering: Yuqoridagi tartib 2021-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bilan tartibga solingandi.

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan esa PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bekor qilib yuborilgan. Ya'ni, hozirgi kunda ushbu tartib amalda mavjud emas.

Bu tartibning joriy qilinishi direktor o‘rinbosarlariga juda katta mustaqillik berdi. Ya’ni, ma’naviyat-ma’rifat kengashi topshiriqlarini bajarmagani uchun endi ularni direktordan boshqa hech kim jazolay olmaydi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda tarix fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama to‘lanadi

2024/25 o‘quv yilidan boshlab, avval e’lon qilinganidek ona tili va adabiyot o‘qituvchilari bilan birga, tarix o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat olgan taqdirda 50 foizlik ustama to‘lanadi. Bu haqida 2024-yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, milliy sertifikatga ega o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil dekabr oyidagi yig‘ilishlardan birida e’lon qilgan edi. Tarix fani o‘qituvchilariga ustama to‘lanishi esa ilk marta ma’lum bo‘lmoqda.

Manba

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Ayrim viloyat maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2024-yil 1-sentabrdan boshlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Bu haqida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Hilola Umarovaning o'rinbosari lavozimidan ozod qilingan bo'lishi mumkin

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich lavozimidan ozod etilgan. Hozircha, vazirlik ushbu xabarni rasman tasdiqlagani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Uzoqboy Begimqulov 2023-yilning aynan 31-yanvarida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

👉@xalqtaliminfo
Yana bir vazir o'rinbosari lavozimidan ozod qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich ham egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida ayrim manbalarimiz xabar bermoqda.

Biroz avval vazir o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich lavozimidan ozod etilganligi haqida xabar bergandik. Hozircha ikki xabar ham vazirlik tomonidan rasman tasdiqlangani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Kenjayev ham 2023-yilning aynan 31-yanvarida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

👉@xalqtaliminfo
Yana 1 000 tа maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilinadi

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta umumiy o'rta ta’lim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashg'ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish reja qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda respublika bo'yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o'quv dasturi va baholash tizimi joriy etilgan.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Nima uchun moddiy yordam puli olishda muammolar ko'p?

Juda ko'p holatlarda maktab xodimi o'g'ir kasallikka chalingan bo'lsada, ularga moddiy yordam puli to'lab berilmaganligiga guvoh bo'lamiz.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 33-bandida umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatilishi aytilgan.

Ammo xodim og‘ir kasallikka chalinganda moddiy yordam puli olishi juda ham mushkul.

Xo'sh, nega bunday? Chunki, aynan o'sha og‘ir kasalliklar ro'yxati mavjud emas. Agar bor bo'lsa, uni qayerdan qidirib topish mumkinligini hech kim aytmaydi.

O'g'ir kasalliklar ro'yxati mavjud bo'lmagandan keyin ta'lim muassasasi ishchi guruhi nimaga asoslanib xodimga moddiy yordam belgilaydi? Yoki taxminlarga asoslanadimi?

Undan tashqari ayrim hududlarda xodim og'ir kasalliklar ro'yxatiga kirmaydigan, yengil kasallikka chalinganda ham ularga asossiz ravishda moddiy yordam pullari to'lab berilgan holatlar uchrayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Shuning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 33-bandiga asos bo'ladigan og‘ir kasalliklar ro'yxatini tasdiqlashi kerak, agar ro'yxat bor bo'lsa uni ochiqlash kerak.

Qancha ko'p jim turaversak, shuncha muammo ko'payaveradi. Og'ir kasalliklar ro'yxatining mavjud emasligi davlat byudjetiga ham, xodimning cho'ntagiga ham zarar keltirmoqda.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
O'qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo'lgan mamlakatlar bir kun kelib baribir katta moliyaviy yo'qotishlarga uchraydilar

O'qituvchilarga yaxshi haq to'lanadigan tizimda o'zaro raqobat kuchayadi, maktabga ishga kirish istagida bo'lgan malakali da'vogarlar soni ortadi.

O'qituvchilarga juda oz maosh to'laydigan tizimlar esa past malakaga ega bo'lgan xodimlarni ishga olishga majbur bo'ladilar.

Past malakali mutaxassislar qancha ko'p ishga olinsa, maktablarga bu odamlarni nazorat qilish va moslashtirish uchun shuncha ko'p mutaxassis hamda boshqarma xodimlarini jalb qilish kerak bo'ladi.

Ilg'or yetakchi tizimlarda, o'qituvchilar nisbatan yuqori maosh olishadi. Shu sababli bunday tizimlarda nazorat o'rnatish uchun mutaxassislar va boshqarma xodimlari qamroq talab qilinadi.

Qisqa qilib aytganda, o'qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo'lgan mamlakatlar hamma xarajatlarni hisobga olganda, istiqbolda baribir katta moliyaviy yo'qotishlarga uchraydilar.

© Andreas Shlyaher — “Jahon miqyosidagi taʼlim” kitobidan.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun nihoyat imzolandi

2020-yil 28-noyabr kuni “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokamalar portaliga joylangandi.

Qonun loyihasi 3 yildan oshiqroq muhokama qilib kelindi. Qonun nihoyat bugun, 1-fevral kuni imzolandi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Endi maktabga yangi ishga kirgan shaxslarga murabbiylik qilgan pedagoglarga qo'shimcha haq to'lanadi

Maktablarda ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxslarga bir o'quv yili davriga murabbiylik (ustozlik)ni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi.

Murabbiylikni (ustozlikni) amalga oshirganligi uchun pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshiga qo'shimcha haq to'lanadi.

“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi qonun matnidan.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziq

“Pedagog xodimning maqomi to'gʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamasi jarayonida o‘qituvchilarni navbatchilikka jalb qilishni qonun bilan butkul taqiqlash taklif etilgandi.

Bugun tasdiqlangan “Pedagog xodimning maqomi to'g'risida”gi Qonundan esa ushbu bandni qidirib topolmadik. Demak, aynan o'sha band darhol chiqarib tashlangan ekan.

Maktabni qo‘riqlab o‘tirish, o‘quvchilarni quvib yurish, fuqarolarni maktab hududiga kirish-chiqishini nazorat qilish pedagogning vazifasi bo‘lmasligi kerak. Juda ko‘p tashkilotlarda buning uchun qo‘riqlash xizmatidan xodim ajratiladi. Maktablarga esa yo‘q.

Aslida normativ hujjatlarda ham o‘qituvchining lavozim majburiyatlarida ham navbatchilik haqida hech qanday qoida keltirib o‘tilmagan. Buning uchun qo‘shicha haq ham to‘lanmaydi.

👉@xalqtaliminfo
"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud

Bugun "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun imzolandi. Qonunda nazarda tutilgan ayrim bandlarni ko'zdan kechiradigan bo'lsak, ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Misol uchun:

1. Pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi — ushbu qoida Prezidentning 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-sonli qarorida nazarda tutilgandi. (Faqat ijrosi ta'minlanmagandi)

2. Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash — bu esa Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorida belgilangan.

3. Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish — ushbu qoida Mehnat kodeksining 360-moddasi bilan mustahkamlangan. Faqat u ishlamayotgandi xolos.

4. Pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi — bu ham amaliyotda mavjud.

5. Ta'lim tashkiloti xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi — Mehnat kodeksining 184-moddasida mavjud.

6. Pedagoglarga 56 kalendar kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berilishi ham Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori bilan tartibga solib bo'lingan.

7. Olis hududlardagi maktablarga boshqa hududdan borib ishlaydigan pedagog xodimlarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun beriladigan qo'shimcha kompensatsiya to'lab berish tartibi Prezidentning 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-sonli qarori bilan tartibga solingan.

Albatta, Qonunda hozirgi kunda amaliyotda mavjud bo‘lmagan kichik normalar ham bor. Bu haqida keyinroq...

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
O'quvchilar uchun "Space camp" oromgohi tashkil etiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 1-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O'zbekkosmos”) tomonidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida kosmik sohaga yosh avlodni qiziqtirish va kosmik sohaning jozibadorligini targ'ib qilish, O'zbekistonda maktab o'quvchilari uchun "Space camp" lagerini tashkil etish va 80 ta 9-15 yoshgacha bo'lgan iqtidorli o'smirlarini o'qitish maqsad qilingan.

Ma'lumot uchun: "Space camp" — kosmik lager bo'lib, u bolalar uchun kosmik tadqiqotlar, aviatsiya va robototexnika kabi mavzularda turar joy va ta'lim dasturlarini taklif etadi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Muhokamadan o'tmagan eski tahrirdagi "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunni eslaymiz

2020-yil 28-noyabr kuni “Pedagog xodimning maqomi to'g'risida”gi Qonun loyihasi e'lon qilinganida unda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan juda katta imtiyozlar paketi taqdim qilingandi.

Vaqt o'tib, loyiha deputat va senatorlar tomonidan muhokama qilinishi jarayonida undagi juda ko'p normalar olib tashlandi.

Masalan, qonun loyihasining eng birinchi tahririda u 32 moddadan iborat bo'lgan bo'lsa, Qonunning tasdiqlangan variantida atigi 21 ta modda qoldirilgan

Muhokamadan o'tmagan eski tahrirdagi Qonunda pedagoglarga quyidagi imtiyozlar paketi berilishi kutilgandi:

bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;

uzaytirilgan ta’til berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam;

tabiiy iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan hamda respublikaning tog‘li va olis hududlarida, qishloq joylarida ishlaydigan pedagog xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun kompensatsiya to‘lash;

pedagog xodimning ko‘p yillik xizmati uchun 15 foizdan - 40 foizgacha ustama to‘lash;

kamida 15 yil ish stajiga ega pedagog xodimga yilda bir marta davlat sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lig‘ini tiklash uchun bepul yo‘llanma berish;

tabiiy iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan hamda respublikaning tog‘li va olis hududlarida joylashgan maktablarda ishlaydigan pedagog xodimga yangi turar-joy qurish yoki sotib olish uchun davlat tomonidan imtiyozli ipoteka krediti ajratish;

pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha uning oylik ish haqidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasi pedagog xodimning daromadi sifatida qaralmasligi;

malaka toifasiga ega bo'lgan pedagoglarga 20 foizdan - 50 foizgacha qo'shimcha ustama to'lash;

maktab rahbar xodimlariga 20 foizdan - 30 foizgacha bo'lgan qo'shimcha ustamalar to'lab berish;

pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangandi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tayinlandi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov O'zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Tez orada Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovichlar haqida ham rasmiy axborot berilib, lavozimga yangi tayinlangan vazir o'rinbosarlari haqida ma'lumot berilsa kerak.

👉@xalqtaliminfo
#tayinlov

Vazir Hilola Umarovaga ikkita yangi o'rinbosar tayinlandi


Xabaringiz bor, kuni-kecha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining ikki o'rinbosari lavozimidan ozod qilinganligi haqida xabar bergandik. (1, 2)

Joriy yil 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Radjabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq Davlat test markazi direktorining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Boqiyev Farxod Esanovich esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan, 2020-yilning 17-yanvarida Senat a’zoligiga saylangan edi.

👉@xalqtaliminfo