Xalq Banki
30.3K subscribers
2.19K photos
418 videos
3 files
2.24K links
Murojaatlar markazi: @xbcallsupport

📞 1106
☎️ +998 71 210 20 02

🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/
📩 [email protected]
Download Telegram
Bankda omonatga pul qo‘yish uchun omonatchining bank kartasi omonat ochtirayotgan moliya muassasasiga tegishli bo‘lishi kerak.
Anonymous Quiz
44%
To‘g‘ri
56%
Noto‘g‘ri
📢 AT "Xalq banki" aloqa markaziga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlar sonining keskin oshishi kuzatilayotganini ma'lum qiladi. Bu vaziyat oy boshida pensiya va nafaqalar bilan bog'liq murojaatlar keskin ko‘payishi, yangi joriy etilgan xizmatlarga qiziqish kattaligi bilan bog‘liq. Qolaversa, bir paytning o‘zida bazada ko‘plab operasiyalarning amalga oshirilishi dasturiy ta'minotda qisqa muddatli uzilishlarga, bu esa aloqa markaziga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlar sonining keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Hurmatli mijozlar! Agar Siz aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmasangiz, оperatorlarimiz imkon qadar tez fursatda siz bilan qayta aloqaga chiqishadi. Yoki murojaatingizni online tarzda @xbcallsupport murojaatlar markazi, xb.uz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali qoldirishingiz ham mumkin.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
📣 Hurmatli mijozlar!

Xalq banki dasturiy tizimida texnik profilaktika ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz. Shu sababli, kun davomida bank xizmatlari va aloqa markazi faoliyatida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Aloqa markazi bilan online tarzda @xbcallsupport murojaatlar markazi yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bog'lanishingiz mumkin.

————
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | xb.uz
⚡️Xalq banki quyosh panellari va qayta tiklanuvchi energiya manbai vositalari xaridi uchun imtiyozli kredit taklif etadi.

Yurtimizda energiya samaradorligini oshirish va resurslarni tejash maqsadida Xalq banki "Yashil makon" iste'mol kreditini taklif etadi.

☀️Kredit aholiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh fotoelektrik stansiyalari, suv isitgichlari, kichik gidroelektrostansiyalar, biogaz qurilmalari va shu kabilar) xaridi uchun ajratiladi. 

Kredit shartlari:
muddati - 5 yil;
maksimal miqdori - 60 mln so‘m;
yillik foiz stavkasi - 15%*.

* O'zR Markaziy banki asosiy stavkasi miqdorida.

❗️Kredit jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi asosida ajratiladi.

Batafsil: xb.uz

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
⁉️ Moliya muassasalari faoliyatidagi shaffoflik nechog‘lik muhim? Mijoz uchun ishonchli bankka aylanishda bu juda muhim! - deb javob berishingiz tabiiy. 

Shu sababdan Xalq banki Respublika bo‘ylab hududiy filiallar rahbar-xodimlari va ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirokida "Moliya muassasasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazishni boshladi!

📍Ilk manzil - Andijon! 

Negaki, aynan shu hududdan so‘nggi oylarda tanqidiy maqolalar, e'tirozlar ko‘payib qoldi. Biz bunga befarq bo’la olmaymiz. Jamoatchilik bilan aloqalarda oqsayotgan jihatlarni iziga qo‘yish tarafdorimiz.
 
Тreningda bahs-munozarali keyslar ustida ishlanadi. Jarayonni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
⚡️SWIFT tizimi orqali chet elga to‘lovlarni bir zumda amalga oshirishlari mumkin! Xalq bankidan foydali taklif!

💵“SWIFT” tizimi orqali jismoniy shaxslar quyidagi ommabop to‘lovlarni bir zumda va eng asosiysi ishonchli tarzda chet el davlatlariga o‘tkazish mumkin:
chet el davlatlaridagi ta’lim muassasalari uchun kontrakt to‘lovini o‘tkazish;
chet eldagi davolanish xizmatlari uchun pul o‘tkazish;
chet el turistik agentliklari yoki firmalarga pul o‘tkazish;
chet eldagi jismoniy shaxslarga pul mablag’larini o‘tkazish;
chet davlatlardan avtotransport yoki boshqa uskunalar xaridi uchun to‘lovlar.

❗️ Jismoniy shaxslar uchun bir marta pul o‘tkazish xizmati haqi – 100 000 so‘m.

💰Shuningdek, Xalq banki yuridik shaxslar uchun chet el davlatlariga 15 daqiqa ichidagi tezkor konvertatsiya va arzon valyuta kurslarida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni taklif etadi.

📞 71 202 96 56 — SWIFT amaliyotlari bo‘yicha ma'lumot uchun murojaat eting!

————
📞 1106
✍️ @xbcallsupport

👉🏻 на русском языке 👈🏻
💰Xorijiy valyutalaringizni Xalq banki orqali ishonchli va foydali ayirboshlang!

⚡️Endilikda Xalq banki valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd puldagi chet el valyutangizni so‘mga ayirboshlasangiz, pullarni o‘z xohishingizga ko‘ra naqd pul shaklida yoki Xalq bankining Uzcard va Humo bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirim qilish orqali olishingiz mumkin!

❗️Eslatib o‘tamiz, hattoki dam olish kunlari ham chet el valyutasini Xalq banki markazlari orqali ayirboshlash imkoniyati mavjud. Dam olish kunlari ishlaydigan bank xizmatlari markazlari ro‘yhati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: xb.uz

💵 Shuningdek, Xalq bankining 24/7 tartibda ishlovchi bankomatlari orqali kunning istalgan vaqtida xorijiy valyuta xarid qilishingiz yoki sotishingiz mumkin.

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
___________

👉🏻 текст на русском
👩🏻‍🏫 Xalq banki kimga ishonadi?! Albatta xodimlariga! Va ularninig bilim va malakalarini oshirishni juda muhim deb hisoblaydi!

Xalq banki Bosh ofisida xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. 

Bu safar yaponiyalik mutaxassis Kyoko Yamazaki o'zining ko'p yillik tajribasi bilan bo'lishdi. 

Uch kunlik mashg‘ulotlarda bank vakillari "Xodimlarni ushlab qolish va liderlik" mavzusida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Seminar-treningda:
📌 xodimlar nima sababdan tashkilotni tark etishi va ularni ushlab qolish usullari;
📌 iste’dodlarni rivojlantirish metodologiyasi va hamkorlik madaniyati;
📌 tashkilot tomonidan individual martaba o‘sishini qo‘llab-quvvatlash tizimi va boshqa mavzular yoritildi. 

☝️ Ma’lumot o‘rnida: Kyoko Yamazaki xonim tashkiliy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi, yapon inson resurslarini boshqarish jamiyati direktori bo‘lib, Reuters, General Motors, Hermes kabi yirik kompaniyalarda faoliyat olib borgan.

👉 На русском языке
🤝 Xalq banki tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

Buxoroda davlat muhofazasidagi minglab xotin-qizlarni qamrab olgan “Ming tadbirkor ayol” forumi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan mazkur forum munosabati bilan bo‘lib o‘tgan anjumanda Xalq banki Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida o‘z tashabbusi, biznes g‘oyasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qator yutuqlarga erishib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Самарқанд саммити: ўзаро боғлиқликдаги дунёда мулоқот ва ҳамкорлик" сарлавҳали мақоласи

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

#ShHT2022
#SCO2022
#ШОС2022

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
💳 "Humo" bank kartalarini Xalq banki filiallarida bepul ochtiring!

⚡️Eslatib o'tamiz, jismoniy shaxslar Xalq banki filiallari orqali joriy yil 31-oktabr sanasiga qadar "Humo" bank kartalarini bepul ochtirishlari mumkin. 
Bu taklif, ayniqsa, talabalarimizga ma'qul kelishi aniq!

Humo kartalari orqali, Siz:
metro va avtobuslarda chipta uchun navbatda turmasdan, bir zumda kontaktsiz ravishda pul o'tkazishingiz;
Rossiyadan yuboriladigan pullarni onlayn tarzda to'g'ridan-to'g'ri Xalq bankining kartalariga qabul qilishingiz;
kommunal to'lovlar, kartadan-kartaga pul o'tkazish va boshqa to'lovlarni bir zumda amalga oshirishingiz mumkin.

🏦 Bank kartalarini Xalq bankining istalgan filialida rasmiylashtirishingiz mumkin.

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
💬 Xalq banki "Сall-center"iga Ta'lim krediti bo'yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

1. Ta’lim krediti maksimal qancha summagacha ajratiladi?
Ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

2. Ta’lim krediti ayollar uchun foizsiz berilishi rostmi?
Ha, talaba xotin-qizlar uchun foizsiz shartlarda kredit taqdim etiladi, hamda foiz to'lovlari (14%) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'liq qoplab beriladi.

3. Ijtimoiy himoya yagona reestri ro‘yxatida bo‘lgan mijozlarga qanday qulayliklar bor?
"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kirgan oilalar farzandlari uchun jismoniy shaxs kafilligi talab etilmaydi.

Ta'lim krediti bo‘yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga 15-sentabr kuni jonli efirda javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari maksimal 20 yil muddatga beriladi.
Anonymous Quiz
23%
Noto‘g‘ri
77%
To‘g‘ri
Xalq bankida Ta'lim krediti bo’yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn efir! 🔥

15-sentabr kuni soat 15:00 da "Ta'lim krediti" haqidagi barcha sizni qiziqtirgan savollarga Xalq bankining Telegram kanali va Facebook sahifasida jonli efirdagi suhbatda javob olishingiz mumkin.

Erkin formatdagi uchrashuvni o‘tkazib yubormang! 😉

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram