Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi/RASMIY SAHIFA
140 subscribers
1.73K photos
59 videos
41 files
596 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Download Telegram
#Muhokama
#Qarorlar_ijrosi

Sessiya qarorlari ijrosi jiddiy nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko'rsatish masalalari bo'yicha hamda Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining qo'shma muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining ayni sohalarga oid yo'nalishlarda 2023-yilda qabul qilingan qarorlari ijrosi muhokama qilindi.

@olmaliq_deputatlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессиясида хавфсиз туризм ва бутунжаҳон маданий мерос объектларини асраш йўлида барчани ҳамжиҳат ва якдил бўлишга, бор куч ва саъй-ҳаракатларни бирлаштиришга чақирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Deputatlik_nazorati
#Oilaviy_ajrimlar

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlarining mahallalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida bajarilayotgan ishlar, yo'lga qo'yilgan komissiyalar faoliyatiga doir o'rganishlari davom etmoqda. Bugun deputatlar Zulfizar Mirzanova, Doniyor Karimov, Ravshan Siddiqov, Sayyora Yakupbekova, Sevar Qodirova va Azamat Mavlonovlar bir nechta mahallalarda bo'lib, ushbu masala bo'yicha mutasaddilar ishlarini, ularning fikrlari va takliflarini o'rgandilar. O'rganishlar natijasida tahliliy ma'lumotlar tayyorlanib, Kengashning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga taqdim etildi. Qolgan hududlarda ham o'rganishlar davom etmoqda.

@olmaliq_deputatlari
Joriy yilning 19-oktyabr (payshanba) kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi "Xalqparvar" komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda "Mehribonlik uyi bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi masala muhokama qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Uslubiy_yig'ilish

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari ishtirokida uslubiy video muloqot bo’lib o’tdi.

Mazkur muloqotda deputatlar bilan "Deputatlar faolligi reytingi tahlili", "Fuqarolar murojaatlari nazorati", "Deputatlik murojaatlari va so'rovlarining ijrosi nazorati" bo'yicha atroflicha muhokama qilindi.

@olmaliq_deputatlari