Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi/RASMIY SAHIFA
144 subscribers
1.84K photos
66 videos
41 files
634 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Download Telegram
#Muhokama
#Qarorlar_ijrosi

Kengashning sud-huquq, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati va ayollar masalalariga doir qarorlar ijrosi muhokama qilindi

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Talim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining qo'shma muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining mazkur komissiyalar nazoratidagi sohalarga oid yo'nalishlarda 2023-yilda qabul qilingan qarorlari ijrosi muhokama qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Targ'ibot_tadbiri
#Qonun_muhokamasi

Qonun loyihasi o'rganildi

🔹Joriy yilning 24-oktyabr kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi a’zolari, Siyosiy partiyalarining Olmaliq shahar Kengashi raislari va Kengash huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari maktabi a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.

🌐 https://t.iss.one/olmaliq_deputatlari
#Qonun_loyihasi
#Targ'ibot

Olmaliq shahrida Saylov va referendum o'tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi targ'ibotiga bag'ishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

Batafsil: https://telegra.ph/Saylov-organlari-tizimini-takomillashtirishning-oziga-xosligi-mavzusida-davra-suhbati-otkazildi-10-27

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy