Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
consolega nima chiqadi ?
Anonymous Quiz
34%
2
25%
false
27%
true
14%
error
​​Dasturlashni yangi boshlagan inson nega ko'p muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi.

🔷 Yangi texnologiyani o'rgangan dasturchida har doim kutilmaganda kutilmagan joydan muammo chiqishi menimcha ko'pchilikka ayon.

🔷 Avvalo tushunib olishimiz kerak nega tajribali dasturchida o'xshayapti yangi dasturchida esa yo'q? Buni ifodalaydigan yagona javob bo'lishi mumkin. Bu ham bo'lsa o'rtadagi tinimsiz qilingan bir necha yillik mehnat. Bir ish bilan qanchalik ko'p shug'ullansangiz o'sha sohaning "sir" asrorlarini yaxshi bilib borasiz.

🔷 Odatda katta xato bu loyihani to'g'ri chamalamaslikda bo'ladi. Loyihaning bir qismiga e'tibor ko'proq ketib qolib qolganida esa muammo yuzaga keladi.

🔶 Xulosa qiladigan bo'lsak, omadsizliklardan tushkunlikka tushib, motivatsiyani yo'qotish kerak emas. Xalqimizda shunday gap bor "qiynalib-qiynalib odam bo'ladi".

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Wepro haqida qisqacha 😉

©️Berdiyev Javohir
manba: @wepro_uzb

@webdev07
🔥1
🔥 Bugun xudo xohlasa Javascript 5 darsni o'tamiz 🥰

Agar Javascripdan xabaringiz bo'lmasa YouTube kanalimda 1 va 2-darslarimni ko'rib chiqishni tafsiya beraman

Agar siz dasturlashda yangi bo'lsangiz Javascriptni o'rganish uchun HTML va CSS dan ozroq xabaringiz bo'lishi kerak.

Bizning HTML va CSS bo'yicha darslarimiz mavjud. Youtube kanalimizda yoki @webdev_lesson kanalmizdan topshingizmi mumkin.

@webdev07
🔥 Agar sizga yuqorda tashlab borayotgan darslarimini telegramdan ham video shaklida kerak bo'lsa @webdev_lesson Kanaliga o'ting bundan buyog'iga darslarni faqat youtubeda emas shu kanalda ham tashlab boraman.

❇️ Hozircha tekshirib boradigan bir yaxshi sherik topmadim, agar topsam keyinchalik vazifalar ham tashlab boraman.

👉 @webdev_lesson
Web-texnologiyaga asoslangan qaysi tillarni to'liq bilasiz?
Anonymous Poll
79%
HTML 👷
57%
CSS 👨‍🎨
33%
JavaScript 🧠
18%
PHP 🕵️
29%
Python 💥
🥴1
Endi savolimni bir oz o'zgartiraman
Qaysi texnalogiyalarni o'rganishni xohlaysiz ? 🤔
Anonymous Poll
17%
HTML 👷
6%
CSS 👨‍🎨
27%
JavaScript 🧠
11%
JavaScript frameworklarni 👨‍🚀
6%
PHP 🕵️
32%
Python 💥
Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

Javascript
barcha web-dasturlarni yaratishda qo‘llaniladigan dasturlash tili hisoblanadi. Dasturlashni endi boshlaganlar HTML va CSS bilan birgalikda Javascript ham o‘rganishlari lozim.

HTML - asosiy struktura va uning tarkibini shakllantiradi.

CSS - web-saytning maketi va dizayni uchun ishlatiladi.

Javascript - web-saytning dinamikasi va ba’zi animatsiyalari uchun kerak.

Web-dasturlashda Javascriptning o‘rni juda muhim. Quyida esa Javascriptni o‘rganishda siz uchun foydali bo‘lgan ba’zi manbalarni keltiramiz.
davomi...
https://telegra.ph/Javascriptni-organish-uchun-10-ta-eng-yaxshi-web-sayt-11-16
👍1
​​Men dasturchi bo’la olamanmi?
Nimadan boshlashim kerak ?

Assalomu aleykum blogimning qadrli o’quvchilari. Javohir Berdiyev sizlar bilan birga. Blogimda bugun dasturlashni o’rganish haqida yozishga qaror qildim. Menga mana shunday savollar bilan juda ko'p yozishadi. Shu savollarga qisqacha javob berib o'tmoqchiman.

Birinchi o'rinda sizlarga dasturlash nima ekanligi haqida qisqacha aytib o'taman

Dasturlash nima? 🤷‍♂
Dasturlashni oddiy qilib aytganda biron vazifani qanday bajarishini kompyuterga aytib beradigan ko'rsatmalar to'plami desak bo’ladi.

Ko’rsatmalar to’plami kodlardan tashkil topgan bo’ladi, va bu kodlar dasturchi (programmist) ya’ni sizu bizga o’xshagan odamlar tomonidan yozilgan bo’ladi.

Demak, kompyuterga biron vazifani bajarishi uchun siz kodlar ketma – ketligini yozasizu dasturchiga aylanasiz va dasturlashni yuzaga keltirasiz.

Dasturchining ishini yaxshi tushunish ya’ni dasturlashni anglash uchun kompyuteringiz, telefoningiz va yoki boshqa qurilmalaringizga bir e’tibor bering! Ko’plab programmalarga, o’yinlarga ko’zingiz tushadi, shulardan biri (hozirda ko’pchilik ishlatadi) Telegram yoki IMO bo’lishi ham mumkin. Bular dasturchi tomonidan tuzilgan.

Dasturchini ishi ham shunaqa ilovalarni tuzish.

Bu sohaga qiziqib qolganlar boshida men kodlashni o’zlashtira olarmikanman va men undan qanday foyda olar ekanman, bular ham mayli o’rganishni qayerdan, qanday boshlayman degan savollarga javob qidiradi.

Biz ham endi shularga qisqacha javob qidiramiz. #qism1

davomi...2-qismda

@webdev07
Men dasturchi bo’la olamanmi?
Nimadan boshlashim kerak ?

Eng boshida shuni aytib qo’yishim kerakki, dasturchi bo’lish uchun aynan biron universitetda tahsil olish shart emas, yoki sizdan biron ilmiy daraja talab etilmaydi, qaytanga o’zingiz mustaqil tarzda o’rgansangiz, tez o’rganasiz.

O’rganishda MATEMATIKA fanidan tushunchangiz bo’lsa, buyog’I qiyinmas. MATEMATIK bo’lmasangiz ham, FOIZ, ULUSH tushunchalarini bilsangiz, dasturlashni o’zlashtirishingiz osonlashadi.

Dasturlashda sizning logikaviy salohiyatngiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning vazifasiga ko’ra logikasini yaxshi ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturchi chiqadi.

Nimadan boshlashim kerak ?
O'zingizni kompyuter va internet bilan taminlang 👈

Birinchi o'rinda kompyuter sotib oling(Agar bo'lsa juda soz). Ko'pchilikda savol tug'iladi qanday kompyuter sotib olishim kerak deb 🤔? Dasturlash uchun kompyuter juda ko'chli bo'lshi shart emas(Qancha ko'chli bo'lsa shuncha yaxshi).

Ikkinchi o'rinda internet bilan o'zingizni taminlang. Hozirgi vaqtda internetsiz dasturchi bo'lish juda qiyin. Chunki barcha dasturlash haqidagi yangiliklar internetda joylab boriladi. Internet past deb vaqtni yo'qotib qo'ymang ilojini toping(Hamma narsaning iloji topiladi).

O’rganishni qayerdan, qanday boshlash kerak?
Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko’p, masalan: C, C++, C#, Java, JavaScript, PHP, HTML, XML, Python, va hokazo.

Bu borada shaxsan men Python yoki JavaScript dasturlash tillarini o’rganishni tavsiya qilgan bo’lardim.
Bu dasturlash tillarni haqida kiyingi qismda to'liqroq javob beraman
#qism2

Hali boshlamagan bo'lsangiz bugun boshlang 🙏
🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla! 📓Lavanda Ilindi

@webdev07