Web Dasturlash kanali
9.78K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
​​FRONTEND va BACKEND

Front End
— bu brauzer o'qishi, yoki ekranga yoki ishlay oladigan narsalarning barchasi. Ya'ni, bu HTML, CSS va JavaScript.

HTML (HyperText Markup Language) — brauzerga sahifaning mazmunini, masalan, «sarlavha», «paragraf», «ro'yxat», «ro'yxat elementi» nima ekanligini aytadi.

CSS (Cascading Style Sheets) — brauzerga elementlarni qanday ko'rsatish kerakligini aytadi, masalan, «birinchi xatboshidan keyin 20 piksel» va «tana elementidagi barcha matnlar quyuq yashil rangda bo'lishi yoki Verdana shriftida yozilishi kerak».

JavaScript brauzerga yengil dasturlash tilidan foydalangan holda muayyan vaziyatlarga qanday javob berish kerakligini aytadi. Ko'pgina saytlar aslida ko'p JavaScript ishlatmaydilar, lekin agar siz biron bir narsani bossangiz va sahifaning tarkibi oq ekran yonib o'chmasdan o'zgarsa, demak, biron-bir joyda JavaScript ishlatilgan.



Back end — serverda ishlaydigan barcha narsalar, ya'ni «brauzerda emas» yoki «tarmoqqa ulangan kompyuterdan boshqa kompyuterga javob yozish emas»

Belgilash uchun siz serveringizda mavjud bo'lgan har qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin (bu aslida xabarlarga javob berish uchun sozlangan kompyuterdir). Bu har qanday universal dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin degan ma'noni anglatadi: Ruby, PHP, Python, Java, JavaScript / Node, Bash. Bundan tashqari, siz MySQL, PostgreSQL, MongoDB, Cassandra, Redis, Memcached kabi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

#frontend #backend #programming


👉 @web_developer001
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Web Dasturlash. CSS 3 1-Dars | kirish asosiy bo'lim

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

#html #videodars
Telegram | YouTube | Instagram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib 3D web animatsiya 😍
➡️ codepen.io/berdiyev
#html #css

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001
Web Dasturlash kanali pinned «WEB dasturlash bo'yicha savollar bo'lsa, maslahat, takliflar bo'lsa muammolar bo'lsa bizning GURUHimizga qo'shiling, birgalikda o'rganamiz 🤝 web darsturlashga qiziqadigan do'stlaringizni taklif qiling 👇👇👇 @webdev_group»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib Lading page loading 😍🤩
#ux #ui #ixd

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

Telegram | YouTube | Instagram
​​HTML hujjatga kòra id va class attributlarining quyidagicha farqlari bor:

✔️ HTML hujjatda bir nomdagi id bilan faqat bitta element bòlishi mumkin. Bu degani "olma" nomli idni bitta HTML hujjatda faqatgina bitta elementga berish mumkin. Class attributi orqali esa hujjatdagi istalgan sondagi elementlarni bir sinfga biriktirish mumkin. Sodda qilib aytganda "olma" nomli sinfni istalgan sondagi elementlarda qòllash mumkin. Bu ularning barchasi "olma" nomli sinfga mansub ekanligini anglatadi;

✔️ Bitta elementga faqatgina bitta id berish mumkin. Masalan, <span id="olma anor"> deyish xato bòladi. Bitta elementni bir nechta sinfga biriktirish mukin. Masalan, <span class="olma anor anjir">. Bunda span elementi uchta sinfga mansub bòladi.

CSS selectorlar jihatdan ularning yagona farqi - ularning ta'sir kuchida.

Masalan, HTML hujjatda quyidagi element mavjud bòlsin:
<!-- ... -->
<span id="olma" class="anor">
Qandaydir matn
</span>
<!-- ... -->

CSSda esa bu elementga uning idsi va classi orqali ikkita bir turdagi stil aniqlangan bòlsin:
#olma { / 1-stil /
color: green;
}
.anor { / 2-stil /
color: red;
}

Yuqoridagi css stillarni hujjatga ta'sir ettirganimizda span elementi matnining rangi yashil(green) bòladi. Buning sababi - id selectorining ta'sir kuchi class selectorinikidan yuqori. Bu esa ularning CSSdagi yagona farqi.

Manba: 👉 iz_school

webdasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

Telegram | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔈 on. Ba'zan After Effect da mana shunday xatolik bo'lib turadi 😁 ...

Dizaynga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@web_developer001

#AE #design #animation
Telegram | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kiyingi darsda O'zbekiston bayrog'i 🇺🇿 bilan ajoyib text animatsiya 😍 yasaymiz

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
@web_developer001

#html #videodars
Telegram | YouTube | Instagram
HTML va CSS foydalanib O'zbeksiton bayrog'ini yasash

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=xaceJHvhlWs
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HTML va CSS foydalanib O'zbeksiton bayrog'ini yasash

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

#html #videodars
Telegram | YouTube | Instagram
👍1🔥1👏1
Forwarded from Dasturchi blogi
Forum juda ajoyib bo'lmoqda. Eng asosiysi freelance sohasida juda ko'p muammolarimiz borligini ko'rsatib berishdi. Bu muammolar ancha yillardan buyon bor. O'zbekistonda freelance bilan shug'ullanish bu yoqda tursin internetdan biror narsa o'rganaman degan kishi ham bir qancha qiyin ahvolga tushadi. Mana karantin munosabati bilan barcha ta'lim muassasalari masofaviy tizimga o'tishdi. Lekin 60-70% talabalarning uyida internet yo'q. Bunda qanday qilib sifatli ta'lim olish mumkin.
Shunday qilib forumda ko'tarilgan bir qancha muammolarni sanab o'tmoqchiman.

1️⃣ Elektr toki muammosi. Bilamizki bir necha yil ilgari hattoki katta shaharlarda ham elektr muammosi bor edi. Ishxonada o'tirib bir ish qilolmasdik. Hozir vaziyat ancha yaxshilandi. Tok o'chishi kamaydi. Lekin baribir chekka tumanlarda bu muammo mavjud. Elektr bo'lmasa kompyuter oddiy oddiy karobkadan boshqa narsa emas.

2️⃣ Internet aloqasi. Bu eng asosiy muammolarimizdan. Bizdagi monopol tashkilot bu sohaning rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. To'g'ri axborot xavfsizligi birinchi o'rinda. Lekin telegram degan narsa turganda internetni filterlash tushunchasi sal g'alati tuyuladi. Shuning uchun boshqa tashkilotlarga ham ruxsat berish vaqti kelmadimikin? Prezidentimizning murojaatnomasida shu yil chekka qishloqlargacha internet kabeli tortiladi degan gapi yangragan edi. Balki shu ish amalga oshar. Nafaqat internet bilan ta'minlash, balki narxlarini ham ancha arzonroq qilish maqsadga muvofiq. Internetdan pul topish deganda trafik orqali foyda qilish degan narsa tarixda qolib ketdi. Hozir SMMlar davri. Provayderlar ham shu usulni qo'llashsa yaxshi bo'lar edi. Ya'ni trafikdan emas, reklamalar orqali foyda qilishsin.

3️⃣ Ta'lim sifati. Mustaqillikning boshlarida ta'limga e'tibor bor edi. Lekin bir qancha vaqt o'tgach maktab ham, kollejlar ham, oliy ta'lim ham cho'kishni boshladi. Maktablarda erkak o'qituvchi qolmadi hisob. Hammasi chetga ishlashga chiqib ketishdi. Kollejlar haqida umuman gapirmaymiz. Oliy ta'lim ham korrupsiya uyasiga aylanib qolgan edi. Bolalar ta'lim olish uchun emas, diplomli to'kis bo'lish uchungina o'qishga kirish avj oldi.
Bu sohada ham bir qancha isloh qilish kerak bo'lgan ishlar bor. Laziz va Botir akalar aytganidek dasturchi uchun 4 yil o'qish shart emas. 4 yilda qancha dasturlash texnologiyalari o'zgaradi. Bizda esa hali ham 4 yil C++ o'rgatilmoqda. Aslida 18 oy ya'ni bir yarim yil dasturchi bo'lish uchun yetarli muddat. Agar yana boshqa texnologiyalar chiqsa yana qaytadan o'rganaveradi. Umuman dasturchiga diplom shartmi. Diplomi bo'lsa-yu dasturlashni bilmasa kim uni ishga oladi.

4️⃣ Iqtisodiy va moliyaviy muammolar. Bu ham eng dolzarb muammolardan. Biz ham bir ish boshlaganimizda mana shu muammoga duch kelgan edik. Ya'ni PayPal tizimiga ulanish imkoniyatimiz yo'q edi. Shuning uchun bu loyihamiz haligacha yo'lga qo'yilmadi. Bu muammo menimcha hamma dasturchilarda bor. Barcha qo'shnilarimizda bu tizim ishlaydi. Faqat bizlarda... Bir vaqtlar jinoiy to'dalarni moliyalashtirish avj oladi degan vaj bilan bu to'lov tizimi mamlakatga kiritilmagan edi. Endi esa yalinib ham olib kelib bo'lmayapti.

Bular hali muammolarning boshlanishi. Hali freelancerlarni ijtimoiy himoyalash, soliq imtiyozlari berish, pensiya masalasi kabi o'nlab muammolar turibdi. Davlat shu masalalarni ko'rib chiqsa va o'z vaqtida hal qilsa juda yaxshi bo'lar edi. Muammolarni qancha erta tan olsak, shuncha vaqtdan yutamiz. Shundoq ham bir necha o'n yillab ortda qolmoqdamiz. Masalan hozirgi Belorussiya yoki Estoniya darajasiga yetishimiz uchun kamida 5-10 yil kerak bo'ladi. Amerika haqida hali o'ylab o'tirmasak ham bo'ladi.
Boshlash uchun Buyuk bo'lish shart emas. Lekin Buyuk bo'lish uchun boshlash kerak
~ L.Braun ~

@web_devepoler001
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Kremniy Vodiysi - dunyoning IT poytaxti (2020)
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib 3D web animatsiya 😍
➡️ codepen.io/berdiyev
#html #css

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Web Development kanalimizda Web dasturlash, WEB Design darslarini muntazam 0 dan boshlab berib boramiz hozircha mavjud darslarimiz
WEB DASTURLASH

HTML5 uchun darslar
➡️ HTML5 1-Dars | Kirish
➡️ HTML5 2-Dars | (matnlar, img qo'shish, havolalar)
➡️ HTML5 3-Dars | asosiy bo'lim (Formalar, Jadvallar, Ro'yxatlar)

CSS3 uchun darslar
➡️ CSS 3 1-Dars | kirish asosiy bo'lim
➡️ CSS 3 2-Dars | amaliy mashhulot O'zbekiston bayrog'ini yasash
➡️ davomi bor...

WEB DESIGN
PHOTOSHOP
➡️ Photoshop 1-Dars | Photoshop umumiy ma'lumot
➡️ Photoshop 2-Dars | Layers - asosiy bo'lim
➡️ Photoshop 3-Dars | amaliy mashhulot 3x4 rasm yasash
➡️ Photoshop 4-Dars | amaliy mashhulot Ajoyib fon rasm yasash
❇️ UI UX yasash
➡️ Ajoyib 3D 😍 lading page yasash
☝🏻 Darsni tamosha qilish uchun shu darsni ustiga boshing

Bu hali boshlanishi biz sizga

JAVASCRIPT, PHP
Adobe XD
Angular, React js (Frontend uchun)
Ionic (mobail darturlar yasash)
darslarini ham 0 dan ulashamiz insha'Alloh
Bizni ko'zatishda davom eting

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw