Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
​​🔷 Foydalanuvchi saytni shunchaki varaqlab, tezda undan chiqib ketmasligi, balki saytda qolib, undan oʻzi uchun biror ma’lumot olish imkoniga ega boʻlishi uchun uni jozibador va tushunarli qilish juda muhimdir. Aksariyat hollarda, bu muammo UX (user experience – soʻzma-soʻz tarjimasi “foydalanuvchi tajribasi”) tomonidan hal qilinadi. Keling, web - dizayndagi soʻnggi tendensiyalar haqida biroz soʻz yuritamiz.

⭐️ Minimalizm
Kamroq tafsilotlar, oddiy kontrastli sxemalar, sarlavhalar - bu e’tiborni jalb qilsada, ortiqcha diqqatni jamlashni talab qilmaydi, sahifalarning tez ochilishi esa qiziqishni yanada oshiradi.

⭐️ Diqqat markazida - Foydalanuvchi
Bu yerda hamma narsa foydalanuvchi uchun qulay boʻlishiga qaratilgan: u qaysi tugmani bosishi va havola qayerga olib borishi haqida oʻylashiga hojat yoʻq, hammasi yozib qoʻyilgan, aniq va shaffof.

⭐️ Qiziqarli varaqlash animatsiyasi
Varaqlash paytida har bir qadam orqali alohida elementlar paydo boʻla boshlaydi va ular bora - bora bir butunga aylanadi, masalan, interfaol salomlashish singari.

⭐️ Tovarlarning yorqin fotosuratlari
Soʻzlar oʻrniga yuqori sifatli fotosuratlar ajoyib natijani beradi - bu Apple tomonidan tekshirib koʻrilgan.

⭐️ Sarlavha videosi
Saytni ochganingizda darhol koʻzga tashlanadigan ovozsiz qisqa jozibali video saytga tashrif buyuruvchilarga yetkazmoqchi boʻlgan barcha axborotlarni tezda namoyish etishning eng yaxshi variantidir.

⭐️ Avval mobil variant
Aksariyat foydalanuvchilar saytni mobil qurilmadan koʻrishadi, shu sababli web-sahifa unga moslashtirilishi kerak, ya’ni - qisqartirilgan menyu va yordam beradigan soddalashtirilgan bannerlardan foydalanish kerak.

⭐️ Sarlavha
Asosiysi, tashrif buyuruvchi sarlavhada saytingiz nima haqidaligini koʻrishi kerak. Salmoqli sarlavha, tekis harflar va yorqin, bir xil rangdagi fon buning uchun ayni muddao.
Maqola tushunarli bo'lgan bo'lsa, ushbu maqolani do'stlaringiz bilan bo'lishing va layk bosing. Kanalga a'zo bo'ling! manba: @IntellectClubUz

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
👏12👍81
Forwarded from Aziz Rahimov
O’zgarishingni hisobga ol

18 yoshimda bir nimalarga erishishni xohlardim. Hozir eslasam kulgim keladi.

25 yoshimdagi maqsadlarim bor edi. Ba’zilariga amalga oshdi. Ba’zilarini o’chirib tashladim. Ular 29-yoshli Azizga kerak emas ekan.

Besh yil orqaga qara. Qanchalik o’zgargansan. Yana besh yildan keyin esa shunday bo’lib qolaman deb o’ylaysan.

Odam o’tmishda o’zgarganchalik, kelajakda ham o’zgarishini tasavvur qila olmaydi. Chunki o’tmish uchun solishtirishga ma’lumot bor. Kelajak esa noma’lum.

Psixologiyada bu “End-of-history” illusion deyiladi.

Hozirgi aqli bilan yoshlikka qaytib qolishni xohlash ana shundan. “Aql” kirdi. Odam o’zgardi.

18 yoshlik yigitchalar uylanishga harakat qilayotgan go’zallardan 28 yoshliklar ajrashmoqchi bo’lib yurishibdi.

25 yoshliklar qiziqayotgan oson boyish yo’llaridan 35 yoshliklar afsuslanishyapti.

Yoshlar yig’ishga qiziqqan katta vaznni, o’rta yoshlilar yo’qotish bilan ovora.

O’spirinligida tez mashhur bo’lish uchun olgan videolarni — katta bo’lib o’chirish bilan ovora.

Bugun biror narsani xohlayotganing, ertaga xohlashingni ham bildirmaydi.

O’tkinchi xohishlar deb uzoq muddatli qarorlar chiqarib qo’yma. (Uylanish, ko’chib ketish, kasb tanlash)

Yillab qilib yurgan ishlarini o’zgartira olish hammani ham qo’lidan kelmaydi.

Shu sababli:

Katta qarorlar chiqarishdan avval.

Shu yo’lni bosib o’tganlardan maslahat ol.

Shu mavzulardagi hadislarni o’qi.

Doim 20 yoshli yigitcha(qiz) bo’lib qolmasligingni yodingda tut.

Agar unutib qo’ysang butun umringni o’spirin kabi yashab o’tishing hech gap emas.

@azizrakhimov_blog
👍66👏94😁1
😂😀

@webdev07
😁73👍132🤨2
​​🇺🇸 Harvard tomonidan dasturlashga doir bepul kurslar

Dasturlashni mustaqil tarzda o'rganish uchun Harvard universitetining bepul kurslari sizga yordam berishi mumkin. Siz kursga a'zo bo'lib bepul tarzda foydalanaolasiz!

CS50 Game development asoslari ↙️
https://bit.ly/2YR51A0

CS50 Web dasturlash Python va JavaScript bilan ↙️
https://bit.ly/2YODJtI

CS50 Kompyuter muhandisligi asoslari ↙️
https://bit.ly/3jqoZL2

Postni ulashing va saqlab oling!

@webdev07
👍25
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Barcha ustozlardan Alloh rozi bo'lsin, Bayramingiz muborak bo'lsin 🥳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍788👏7🤨2
📌 Qanday yordam so'rashni bilish kerak.

Albatta har qanday yangi narsani o'rganayotganda mentoringiz bo'lishi bu juda yaxshi. Lekin savollarni qachon va qanday berishni ham bilish kerak. Asosiysi mentoringizdan qanday javob kutish mumkinligini aniq bilish.

Siz kutgan va kerakli javobni olish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:

1. Har qanday savolni birinchi Googlega berib ko'ring.

2. Savolni to'g'ri ifoda etayotganingizga ishonch hosil qiling.

3. Savolni kichikroq savollarga bo'lib oling. Misol uchun, mentoringiz oldiga borib butun bir misolni qanday ishlashni so'rash to'g'ri bo'lmaydi. Uni kichikroq bo'laklarga bo'lib, bu misolni ishlash uchun qaysi ma'lumot turidan foydalansam bo'ladi degan savol berilsa, javob ham ancha aniq va siz kutgandek bo'ladi.

4. Mentoringizdan umumiy va abstrakt javob olishga tayyor bo'ling.

👉 @webdev07
👍30🤨9
Shunday xabar kelsa, umuman ustiga bosmang. Aks holda Telegramingiz vzlom bo'ladi.

P. S. Tekin pishloq, qopqonda bo'ladi )
👍82😁19🤨11
👨🏻‍💻 Yodlash emas, tushunish kerak... Muhimi amaliyot.

Dasturlashga endigina qadam qo'ygan dasturchi do'stlarimiz, asosan dasturlashdagi termin va boshqa vositalarni yodlash orqali mukammal o'rganishga harakat qiladi. Aslida esa, yodlash emas, aksincha, uni tushunish samaraliroqdir.

Oliy ta'limda ham asosan nazariy o'qish bo'ladi. Amaliyot esa qisqa, keraksiz mavzularda bo'ladi. Bunday holatda talaba 4 yil emas, 40 yil o'qisa ham, agar amaliyot bo'lmasa, undan arziydigan natija kutish qiyin...

Iloji boricha kengroq va yangi mavzularda amaliyot o'tagan yaxshi. Ya'ni eski, bir necha yil oldingi keraksiz mavzular deyarli natija bermasligi mumkin.

💬 P.s: Ho'sh, bu mavzuda sizning fikrlaringiz qanday? Biz bilan bo'lishing...

👉 @webdev07
👍37👏6
🤖 Sunʼiy intellekt inson mehnati o'rnini qanchalik egallab olishi mumkin?

IT sohasiga qadam qo'yayotganlarning ko'pi, zamon rivojlanmoqda, sun'iy intelekt inson ishini bajarishi mumkin deyishi mumkin. Ammo bu hali aniq emas.

Misol uchun Dasturchilik sohasini. Katta ehtimol bilan sun'iy intelekt inson xohlayotgan hodisa, ishni insondek bajarolmaydi. Bajarsa ham, yaqin kelajakda emas.

Nega deysizmi? - Hozirda eng oddiy ishlardan biri bo'lgan oddiy tarjimani haligacha sun'iy intelekt uddalay olgan emas. Hatto qardosh tillar tarjsida juda ko'p xatolarga uchramoqda.

💭 P.s: Ho'sh, sizda bu mavzuda qanday fikrlar mavjud? Biz bilan o'rtoqlashing, bu biz uchun ham juda qiziq!

👉 @webdev07
👍23👏2😁2🤨1
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
👨🏻‍💻 Dasturlashda mustaqil ishlar bilan shug'ullanish.

Dasturlashni asosan video darslar va tayyor rejalashtirilgan kurslar orqali o'rgangan bo'lajak dasturchilarda faqat berilgan topshiriq bilan shug'ullanish holatlari juda ko'p bo'ladi. Ya'ni ular kamdan-kam hollarda mustaqil ishlar bilan shug'ullanadilar.

Iloji boricha har bir dasturchi mustaqil ya'ni hech qanday buyurtmasiz, o'z vaqtiga qarab bir ish bilan shug'ullanishi u uchun bir tajriba bo'ladi deb o'ylayman. Shuningdek, mustaqil ishlar bajarish, bir ma'noda dangasalikdan qutulishning ham bir yo'li...

Mustaqil ishlar bilan shug'ullanish, dasturchi kurslarni bajarish, ularni o'rganish davomida bajarilsa, u keyinchalik real buyurtmalar olishda va ularni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Agar, shunday bo'lsa ham u bunday vaziyatlardan bemalol chiqib ketadi.

👉 @webdev07
👍20👏6
👩🏻‍💻 Ayollar dasturlashga qiziqmaydilar.

Dasturchilar hamjamiyatining eng achinarli tomoni shundaki, ko’pchilik dasturchilar erkaklardir.

1940-yillarda eng oddiy kod ustida ishlagan birinchi dasturchilarning aksariyati ayollar bo’lganini kamchilik odamlar bilishadi.
Biroq, bazi noto’g’ri tushunchalar ayollarni dasturlash olamidan uzoqlashtiradi.

Bugungi kunda ko’p narsalar o’zgarmoqda hozirda ko’plab murakkab dasturlarning ishlab chiqaruvchilari ayollardir.

Shuning uchun agar siz ayol bo’lsangiz va dasturlashni boshlamoqchi bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang. Siz ajoyib dasturchi bo’lishingiz mumkin.

👉 @webdev07
👍34👏125
💻 Kod yozishni boshlash uchun siz yillar davomida o’rganishingiz kerak.

Dasturlash dunyosi doimo o’zgarib turadi. Shunday qilib, agar siz dasturchi sifatida kerera qurmoqchi bo’lsangiz, o’rganishni boshlaganingizdan so’ng, hech qachon to’xtamasligingizni tushunishingiz kerak.
Xo’sh, kod yozishni boshlash uchun qancha vaqt ketadi? Siz o’ylaganingizdan kamroq.

Siz bir necha soat ichida oddiy dasturlarni yaratishni boshlashingiz mumkin va vaqt o’tishi bilan siz o’rganganingizdek ko’proq va murakkabroq loyihalarni yaratishingiz mumkin.

Oyoq barmoqlaringizni kompyuter dasturlari yozish suviga botirganingizdan so’ng, har doim o’rganish kerak bo’lgan narsa borligini tezda bilib olasiz, lekin boshlash ko’pchilik o’ylagandan ko’ra osonroqdir.

👉 @webdev07
👍16
Python haqida.

Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng
ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.

Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi. Python dasturlash tili o’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.

Python dasturining qulay taraflari haqida:

1. Python o’rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir.
2. Kodni o’qish juda oson.
3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi.
4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin.
5. U Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi.
6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi.
7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin.

👉 @webdev07
👍30
🙃 Dasturchilar uchun foydali saytlar (1)

SaaS (Software as a Service) qurish
 Ushbu https://builtwith.com/ sayti kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma’lumot beruvchi.

Blog yuritish
Agar ko’plar o’qiydigan blog yarata olsangiz, reklamalar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo’ladi. Yoki realpython.com ga o’xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz.

Onlayn Kurslar yaratish
Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko’p. Udemy, Educative.iotestdriven.iogumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.

👉 @webdev07
👍13🤨53
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Dasturchi bo’lib ishga kirish nimalar talab qilinadi ?

Bugun YouTubeda shu savolga qisqa javob berib o'taman
👍26
​​Dasturlashda ingliz tili muhimmi?

Keling kichik test o'tqazamiz, o'zingiz bilgan dunyoga mashhur 5 ta dasturchi yoki IT biznesmenni eslang. Xo'sh, ulardan nechtasi ingliz tilida gapiradi?

1️⃣ Har qanday dasturchi professional sifatida rivojlanishi uchun o'z sohasining yetakchilarini kuzatishi kerak. Diqqat spoyler: Dasturlash sohasining mutaxasislari ingliz tilida so'zlashadi. Shu sababli ham kuchli dasturchilarning kodlarini o'qimoqchi bo'lsangiz, ingliz tilini bilishingiz kerak.

2️⃣ Dasturlashni o'rganishda faqatgina bir manbaga tayanib o'rganish maqsadga muvofiq emas. Til bilsangiz kifoya, Youtube orqali ham ko'plab savollaringizga javob olishingiz mumkin.

3️⃣ Dasturlashni o'rganish jarayonida sizda ko'plab savollar tug'ilishi mumkin. Bunday hollarda dasturchilar uchun maxsus forumlar juda qo'l kelishi mumkin. Faqat, ingliz tilini bilsangiz kifoya.

Siz ingliz tilini qanday darajada bilasiz? 5 ballik shkalada o'zingizni baholang va javobni kommentlarda qoldiring.
Manba:@PdpUzOfficial

@webdev07
👍31
😅
😁176👍23👏10🤨95
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 THE CHOICE (Short Animated Movie)

Sizning tanlovingiz qanday ?

@webdev07
👍23👏5🤨3😁2