👍31🔥3😁3⚡2
#python #django
Middle/Senior Python dasturchi qidirilmoqda!
$1000-2500
Talablar:
- Python/Django bo'yicha kamida 3+ yillik tajriba;
- SQL so'rovlar tilini yaxshi bilishi, PostgreSQL bo'yicha tajriba;
- Clean Code - toza kod yozish;
- Boshqalarni kodini o'qiy olish ko'nikmasi;
- Katta ma'lumotlar bilan ishlay olish tajribasi;
Biz taklif qilamiz:
- Yaxshi oylik;
- Bepul tushlik;
- Choy, kofe va shirinliklar;
- Bepul kurslar;
*Internship va juniorga hozircha vakansiyamiz yo'q, to'g'ri tushunishingizni so'raymiz.
Ofis Toshkent shahrida, full-time va offline ishlay oladiganlar va yuqoridagi talablarga mos keladiganlar CV yoki rezume'ingizni @shakhzodnematullah ga yuboring!

👍25🤔3❤1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁92😢32👍7🔥3⚡2🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun #dasturchilar
🥳 Bugun, 13-sentabr, dasturchilar kuni. Dasturchilar kuni muborak bo'lsin.
✅ Bayramni qanday nishonlash kerak?
- Kun bo'yi kod yozib;
- Daraxtlarga 0 va 1 belgilarini ilib;
- Dasturchilar haqida hazillar qilib 😁
@webdev07

🎉89👍11😁11🏆11⚡1
O’zbekistonda freelancing orqali pul ishlash uchun eng yaxshi 10 ta sayt
Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.
FREELANCING (talaffuzi: “frilansing”) sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida “mardikorlik” deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori) orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.
Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab juda katta
1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz
2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi? Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.
3. DASTURLASH. Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan HTML, CSS, Java, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!
4. MIJOZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH.
5. INTERNET MARKETING.
6. TARJIMA.
10 ta sayt
1. ELANCE.COM
2. PEOPLEPERHOUR.COM
3. TEXTBROKER.COM
4. FREELANCESWITCH.COM
5. BEHANCE.NET
6. 99DESIGNS.COM
7. UPWORK.COM
8. GURU.COM
9. FIVERR.COM
10. FREELANCER.COM
O’z bilimi va orzulariga ishonuvchi kishilarga doim omad kulib boqadi. Kun davomida uyingizdan turib, internet orqali, oilangiz davrasini tark etmagan holda yaxshigina daromad keltiradigan ish bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin. Bunday erkinlikka esa mehnatsiz erishib bo’lmaydi. Omadingizni bersin!

👍21⚡1
Backendning asosiy tillari
1. Java
20 yildan beri ishlatilib kelinadigan universal til. Java katta hamjamiyatga ega, va internetda til bilan bog'liq har qanday savolga javob topsa bo'ladi.
2. PHP
78% saytlar PHP dan foydalanishadi. 1995-yilda yaratilgan. Boshlovchilar uchun ajoyib til.
3. .NET (C#, Visual Basic)
Ochiq kodga ega, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan ASP.NET freymvorki Visual Basic, C#, F# kabi tillardan foydalangan holda veb-saytlar yaratish imkonini beradi. Stabil va ishonchli bo'lgani uchun biznes uchun yaxshi tanlov hisoblanadi.
4. Ruby va Ruby on Rails
Ruby on Rails — Ruby tilida yozilgan veb-freymvork. 2000-yillar boshida mashhur bo'lgan, hozirda unga talab sezilarli darajada pasaygan.
5. Python
Juda mashhur dasturlash tili. Ham webda, ham desktopda qo'llaniladi. Dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun yaxshi tanlov.
6. Javascript
Ham frontend, ham backend uchun ishlatish mumkin bo'lgan yaxshi moslashuvchan til. Webning asosiy tili desak ham mubolag'a bo'lmaydi.
✅ @webdev07

👍44⚡5❤1
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Sizni o'rganishdan to'sadigan muammolar ⛔️
Bugun qilgan suhbatimizni yozib olgandim. Suhbatda qatnasha olmaganlar uchun ham manfaatli bo'ladi degan umiddaman.
👉 https://youtu.be/u1-KmyNfQa4

YouTube
Sizni o'rganishdan to'sadigan muammolar
Ko'pchilik dasturlashni boshlamoqchi bo'lishadi, lekin boshlay olishmaydi va yillar yo'qotishadi.
Layk bosishni va kanalga obuna bo'lishni unutmang!
Takliflar bo'lsa pastda kommentda yozib qoldirishingiz mumkin!
Keyingi darslarimizda qanday mavzulardagi…

❤10🏆5👍3🔥3⚡2
Python haqida
📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.
Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.
✅ Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science
📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#
Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.
Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

👍22👏3
🔷 Foydalanuvchi saytni shunchaki varaqlab, tezda undan chiqib ketmasligi, balki saytda qolib, undan oʻzi uchun biror ma’lumot olish imkoniga ega boʻlishi uchun uni jozibador va tushunarli qilish juda muhimdir. Aksariyat hollarda, bu muammo UX (user experience – soʻzma-soʻz tarjimasi “foydalanuvchi tajribasi”) tomonidan hal qilinadi. Keling, web - dizayndagi soʻnggi tendensiyalar haqida biroz soʻz yuritamiz.
⭐️ Minimalizm
Kamroq tafsilotlar, oddiy kontrastli sxemalar, sarlavhalar - bu e’tiborni jalb qilsada, ortiqcha diqqatni jamlashni talab qilmaydi, sahifalarning tez ochilishi esa qiziqishni yanada oshiradi.
⭐️ Diqqat markazida - Foydalanuvchi
Bu yerda hamma narsa foydalanuvchi uchun qulay boʻlishiga qaratilgan: u qaysi tugmani bosishi va havola qayerga olib borishi haqida oʻylashiga hojat yoʻq, hammasi yozib qoʻyilgan, aniq va shaffof.
⭐️ Qiziqarli varaqlash animatsiyasi
Varaqlash paytida har bir qadam orqali alohida elementlar paydo boʻla boshlaydi va ular bora - bora bir butunga aylanadi, masalan, interfaol salomlashish singari.
⭐️ Tovarlarning yorqin fotosuratlari
Soʻzlar oʻrniga yuqori sifatli fotosuratlar ajoyib natijani beradi - bu Apple tomonidan tekshirib koʻrilgan.
⭐️ Sarlavha videosi
Saytni ochganingizda darhol koʻzga tashlanadigan ovozsiz qisqa jozibali video saytga tashrif buyuruvchilarga yetkazmoqchi boʻlgan barcha axborotlarni tezda namoyish etishning eng yaxshi variantidir.
⭐️ Avval mobil variant
Aksariyat foydalanuvchilar saytni mobil qurilmadan koʻrishadi, shu sababli web-sahifa unga moslashtirilishi kerak, ya’ni - qisqartirilgan menyu va yordam beradigan soddalashtirilgan bannerlardan foydalanish kerak.
⭐️ Sarlavha
Asosiysi, tashrif buyuruvchi sarlavhada saytingiz nima haqidaligini koʻrishi kerak. Salmoqli sarlavha, tekis harflar va yorqin, bir xil rangdagi fon buning uchun ayni muddao.
👇👇👇
@webdev07
Telegram | YouTube | Instagram

Maqola tushunarli bo'lgan bo'lsa, ushbu maqolani do'stlaringiz bilan bo'lishing va layk bosing. Kanalga a'zo bo'ling! manba: @IntellectClubUz
Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!👇👇👇
@webdev07
Telegram | YouTube | Instagram
👏12👍8❤1
Forwarded from Aziz Rahimov
O’zgarishingni hisobga ol
18 yoshimda bir nimalarga erishishni xohlardim. Hozir eslasam kulgim keladi.
25 yoshimdagi maqsadlarim bor edi. Ba’zilariga amalga oshdi. Ba’zilarini o’chirib tashladim. Ular 29-yoshli Azizga kerak emas ekan.
Besh yil orqaga qara. Qanchalik o’zgargansan. Yana besh yildan keyin esa shunday bo’lib qolaman deb o’ylaysan.
Odam o’tmishda o’zgarganchalik, kelajakda ham o’zgarishini tasavvur qila olmaydi. Chunki o’tmish uchun solishtirishga ma’lumot bor. Kelajak esa noma’lum.
Psixologiyada bu “End-of-history” illusion deyiladi.
Hozirgi aqli bilan yoshlikka qaytib qolishni xohlash ana shundan. “Aql” kirdi. Odam o’zgardi.
18 yoshlik yigitchalar uylanishga harakat qilayotgan go’zallardan 28 yoshliklar ajrashmoqchi bo’lib yurishibdi.
25 yoshliklar qiziqayotgan oson boyish yo’llaridan 35 yoshliklar afsuslanishyapti.
Yoshlar yig’ishga qiziqqan katta vaznni, o’rta yoshlilar yo’qotish bilan ovora.
O’spirinligida tez mashhur bo’lish uchun olgan videolarni — katta bo’lib o’chirish bilan ovora.
Bugun biror narsani xohlayotganing, ertaga xohlashingni ham bildirmaydi.
O’tkinchi xohishlar deb uzoq muddatli qarorlar chiqarib qo’yma. (Uylanish, ko’chib ketish, kasb tanlash)
Yillab qilib yurgan ishlarini o’zgartira olish hammani ham qo’lidan kelmaydi.
Shu sababli:
Katta qarorlar chiqarishdan avval.
Shu yo’lni bosib o’tganlardan maslahat ol.
Shu mavzulardagi hadislarni o’qi.
Doim 20 yoshli yigitcha(qiz) bo’lib qolmasligingni yodingda tut.
Agar unutib qo’ysang butun umringni o’spirin kabi yashab o’tishing hech gap emas.
@azizrakhimov_blog

👍66👏9❤4😁1
🇺🇸 Harvard tomonidan dasturlashga doir bepul kurslar
Dasturlashni mustaqil tarzda o'rganish uchun Harvard universitetining bepul kurslari sizga yordam berishi mumkin. Siz kursga a'zo bo'lib bepul tarzda foydalanaolasiz!
CS50 Game development asoslari ↙️
https://bit.ly/2YR51A0
CS50 Web dasturlash Python va JavaScript bilan ↙️
https://bit.ly/2YODJtI
CS50 Kompyuter muhandisligi asoslari ↙️
https://bit.ly/3jqoZL2
Postni ulashing va saqlab oling!

👍25
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Barcha ustozlardan Alloh rozi bo'lsin, Bayramingiz muborak bo'lsin 🥳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍78❤8👏7🤨2
📌 Qanday yordam so'rashni bilish kerak.
Albatta har qanday yangi narsani o'rganayotganda mentoringiz bo'lishi bu juda yaxshi. Lekin savollarni qachon va qanday berishni ham bilish kerak. Asosiysi mentoringizdan qanday javob kutish mumkinligini aniq bilish.
Siz kutgan va kerakli javobni olish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:
1. Har qanday savolni birinchi Googlega berib ko'ring.
2. Savolni to'g'ri ifoda etayotganingizga ishonch hosil qiling.
3. Savolni kichikroq savollarga bo'lib oling. Misol uchun, mentoringiz oldiga borib butun bir misolni qanday ishlashni so'rash to'g'ri bo'lmaydi. Uni kichikroq bo'laklarga bo'lib, bu misolni ishlash uchun qaysi ma'lumot turidan foydalansam bo'ladi degan savol berilsa, javob ham ancha aniq va siz kutgandek bo'ladi.
4. Mentoringizdan umumiy va abstrakt javob olishga tayyor bo'ling.
👉 @webdev07

👍30🤨9
👨🏻💻 Yodlash emas, tushunish kerak... Muhimi amaliyot.
Dasturlashga endigina qadam qo'ygan dasturchi do'stlarimiz, asosan dasturlashdagi termin va boshqa vositalarni yodlash orqali mukammal o'rganishga harakat qiladi. Aslida esa, yodlash emas, aksincha, uni tushunish samaraliroqdir.
Oliy ta'limda ham asosan nazariy o'qish bo'ladi. Amaliyot esa qisqa, keraksiz mavzularda bo'ladi. Bunday holatda talaba 4 yil emas, 40 yil o'qisa ham, agar amaliyot bo'lmasa, undan arziydigan natija kutish qiyin...
Iloji boricha kengroq va yangi mavzularda amaliyot o'tagan yaxshi. Ya'ni eski, bir necha yil oldingi keraksiz mavzular deyarli natija bermasligi mumkin.
💬 P.s: Ho'sh, bu mavzuda sizning fikrlaringiz qanday? Biz bilan bo'lishing...

👍37👏6