Web Dasturlash kanali
9.8K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
​​🔷 Dasturlashning inson salomatligiga ta'siri.

• Toʻgʻri, dasturchilarning fikrlash qobiliyati boshqa odamlarnikidan ajralib turadi. Lekin bu ular boshqalarga qaraganda aqlliroq, mantiqiy fikrlashi yaxshiroq va oqilona degani emas. Biroq, yaqinda olimlar dasturlashning miyaga ta'sirini o'rganishni boshladilar va qiziqarli xulosalarga keldilar.

• Dasturlash fikrlash qobiliyatingizni shakllantiradi.

• Maʻlum boʻlishicha, siz oʻrgangan birinchi dasturlash tili sizning fikrlash usulingizning shakllanishiga katta taʻsir koʻrsatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, siz oʻrganadigan birinchi dasturlash tili maʻlumotlar va algoritmlar tuzilishiga qanday munosabatda boʻlishingizga kuchli taʻsir qiladi.

• Dasturlash faqat matematika va mantiqiy fikrlash degani emas.

• 2014-yilda MRT tasvirlari yordamida tadqiqot oʻtkazildi. Olimlar kod bilan ishlaydigan dasturchilarning miya faoliyatini kuzatdilar. Maʻlum boʻlishicha, manba kodini oʻylash bilan band boʻlgan inson miyasining asosan tilni qayta ishlash, xotira va e'tibor uchun javobgar boʻlgan sohalari faollashgan. Qizig'i shundaki, miyaning matematik hisob-kitoblar uchun mas'ul bo'lgan sohalaridagi faoliyat kamdan-kam hollarda qayd etilgan.

• Kod yozish jarayoni inson miyasi salomatligiga ijobiy taʻsir oʻtkazadi.

• Miyani koʻpincha mushakka oʻxshatishadi va uning yaxshi ishlashi uchun uni doim mashq qildirib turish kerak deyiladi. Bu aniq toʻgʻrimi? Agar shunday boʻladigan boʻlsa, dasturlash miya salomatligiga taʻsir etish uchun yetarlimi?

• O'tkazilgan tadqiqotlarning birortasi ham aqliy faoliyat sizni aqlliroq yoki qobiliyatliroq qila olishini isbotlamadi. Ammo, aqliy mehnatni talab qiladigan vazifalar miya salomatligiga yaxshi taʻsir oʻtkazib, asab tizimi kasalliklari rivojlanishiga sezilarli tarzda toʻsqinlik qila olishini tasdiqladi.

@webdev07 | Manba
🔥20👍16
Audio
Hazil tariqasida .NET haqida qo'shiq yozib ko'rdik, shunchaki sher 😅

Muallif:
Muhammadkarim To'xtaboyev

@muhammadkarim_toxtaboyev
👍25😁12🔥6😢2
Forwarded from Najot Ta'lim
Muborak Ramazon Hayiti qutlug' bo'lsin!

🕌 «Najot Ta'lim» jamoasi barchangizning Ramazon oyida qilgan ibodatlaringiz, ehsonlaringiz va tutgan ro'zalaringiz qabul bo'lishini tilagan holda Iyd ul-Fitr bilan tabriklaydi.

🌙 Duolar qabul bo'ladigan musulmon ummatining ushbu muborak kunida qalbingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin.

Doimo ilm talabida bo'lish, uni o'zgalar bilan baham ko'rish va u orqali halol rizq topish, shuningdek, o'z sohangiz bo'yicha professional kadr bo'lishingizga tilakdoshmiz!

Yana bir bor Ramazon Hayiti muborak bo'lsin. Alloh taolo siz-u bizdan solih amallarni qabul qilsin! 😊
👍19🎉5
Navbatdagi imkoniyatlardan biri

Dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilim va ko'nikmalaringiz bo'lsa, 4-oylik foundation kursini o'qimasdan birdaniga mutaxassislik kurslarida o'qishni istasangiz 5-may — payshanba kuni soat 9:00, 14:00 va 16:30 da «Najot Ta'lim» markazi Chilonzor filialida frontend va Go va NodeJS bootcamp kursi uchun bo'ladigan kirish imtihonlarida qatnashing.

👉 Imtihon uchun ro'yxatdan o'tish

Kelajagingiz uchun qaror qilish vaqti keldi.

Aytgancha, 14-15-may va 21-22-may kunlari «Najot Ta'lim» markazida dasturlash, dizayn va marketing kurslariga katta imtihonlar bo'lar ekan.

👉 Kirish imtihonlari uchun ro'yxatdan o'ting

@webdev07
👍15🔥2😢2
🔥 TypeScript 4-dars, OOP haqida (1-qism)

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍10
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍38🎉6🔥2
☑️ Responsiv veb-dizayn nima u?

Responsive veb-dizayn
— bu veb-dizaynga yondashuv bo'lib, veb-sahifalarni turli qurilmalarda va oyna yoki ekran o'lchamlarida yaxshi ko'rinishga olib keladi.

Amaliyot sezgir tarmoqlar va tartiblar, tasvirlar va CSS media so'rovlaridan oqilona foydalanish aralashmasidan iborat.

Agar foydalanuvchi o'z noutbukidan iPad-ga o'tganda, veb-sayt avtomatik ravishda ekran o'lchamlariga ko'ra o'zgarishi kerak.

Boshqacha qilib aytganda, veb-sayt foydalanuvchining afzalliklariga avtomatik ravishda javob beradigan texnologiyaga ega bo'lishi kerak. Bu bozordagi har bir yangi gadjet uchun veb-saytlarni loyihalash va loyihalash zaruratini yo'q qiladi.

@webdev07
👍31😁2😢1
Shogird: Ustoz 10 ta framework bor ekan shularni hammasini birlashtirib yaxshi bitta framework chiqarsa bo'lmaydimi ?

Ustoz: Bo'ladi shunda 11-framework hosil bo'ladi 😁

@webdev07
😁121👍15🔥4😢4🎉1
🔥 TypeScript 5-dars, OOP Amaliy (2-qism)

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍16
Qo'llab-quvvatlab yuboramiz Youtube kanalimiz 10k bo'lishiga oz qolibdi 😅👇

https://www.youtube.com/channel/UC0GMMbVLh2eNmsAPCmXOafw
👍30🔥4🎉3
Barcha qo'llab-quvvatlablaganlar uchun rahmat, YouTube kanalimiz 10k bo’ldi 🎉
👍75🔥14🎉12😁3
🤩 Kelajakda nabiralarimiz foydalanadigan gadjetlar haqida xabar beramiz.

Davr o'tib siz ham texnologik qurilmalarni ustamonlik bilan ishlata olmaydigan bobo-buvilar safida bo'lasiz. Ammo hozirdan nabiralaringiz qanday elektron gadjetlarni ishlatishi haqida bilib oling.

👉 Batafsil: https://telegra.ph/Kelajak-gadjetlari-10-26

@webdev07
👍15😁4
Dasturlashda xatolar.

Dasturlashdagi eng ko‘p uchrovchi xatolardan biri bu - Ishni tezroq yakunlash maqsadida, kichik xatolarga e‘tibor bermaslik, boshqa birovning kodini sotib olish yoki o‘zlashtirish kabilar kiradi.

Dasturlashda hech ham shoshilmang! Doimo astoyidil va sabr bilan ishlang. Kichik xatolarga ham jiddiy e‘tibor qarating. Iloji bo‘lsa, siz bajarayotgan loyihaga o‘xshashlarini tahlil qiling, kuzating. Ustozingizdan maslahat oling.

Mijozdan biror-bir loyihani olishda, mijozdan qabul qilayotgan ishingizni, astoyidil va chuqur tushuntirib berishini so‘rang. Yuqorida aytganimizdek, dangasalik qilmang!

P.s: Fikrlar bo‘lsa, izohlarga yozib qoldiring!

👉 @webdev07
👍34🔥1
😅 Full stack

@webdev07
😁159👍25🔥10
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Ancha tanaffusdan so’ng yana instagram tarmog’imizga video va postlar joylab boshladim )

Qiziqganlar uchun 👉 https://www.instagram.com/javohir.coding/
👍12😁3🔥2
Backendning asosiy tillari

1. Java
20 yildan beri ishlatilib kelinadigan universal til. Java katta hamjamiyatga ega, va internetda til bilan bog'liq har qanday savolga javob topsa bo'ladi.

2. PHP
78% saytlar PHP dan foydalanishadi. 1995-yilda yaratilgan. Boshlovchilar uchun ajoyib til.

3. .NET (C#, Visual Basic)
Ochiq kodga ega, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan ASP.NET freymvorki Visual Basic, C#, F# kabi tillardan foydalangan holda veb-saytlar yaratish imkonini beradi. Stabil va ishonchli bo'lgani uchun biznes uchun yaxshi tanlov hisoblanadi.

4. Ruby va Ruby on Rails
Ruby on Rails — Ruby tilida yozilgan veb-freymvork. 2000-yillar boshida mashhur bo'lgan, hozirda unga talab sezilarli darajada pasaygan.

5. Python
Juda mashhur dasturlash tili. Ham webda, ham desktopda qo'llaniladi. Dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun yaxshi tanlov.

6. Javascript
Ham frontend, ham backend uchun ishlatish mumkin bo'lgan yaxshi moslashuvchan til. Webning asosiy tili desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

@webdev07
👍36🔥4
Forwarded from TUIT DevCon
TUIT DevCon jamoasi navbatdagi ochiq konferensiyasiga barchangizni taklif etadi

🚀.NET texnologiyasi kundan kunga rivojlanib, ish o'rinlari ko'payib bormoqda. Xalqaro kompaniyalarda o'zingizni ko'rishni istaysizmi? O'zbekistonda .NET bo'yicha birinchi konferensiyada sizni kutamiz.

Mavzular:
• .NET o'zi nimaga kerak?
• .NET - zamonaviy olifta.

Speakerlar:
Muhammadkarim To'xtaboyev
• Software Engineer at Uzcard
• Teacher at Najot Ta'lim
• Founder of .NET Uzbekistan Community

Xondamir Abduxoshimov
• Software Engineer at Epam System
• Teacher at PDP
• Co-Founder of .NET Uzbekistan Community

Manzil: TATU universiteti, A bino, faollar zali.
Sana: 14-may, shanba, 14:00
.

👉 Ro’yxatdan o’tish

@TUITDevCon
👍21