Web Dasturlash kanali
9.79K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
To'g'ri yo'lni tanladingizmi yoki tanlagan yo'lingizdan to'g'ri borayabsizmi?

Assalomu alaykum! Siz hozirda dasturlashni o'rganishni maqsad qilgansiz yoki o'rganish jarayonida yoki dasturchi sifatida ish faoliyatingizni olib borasiz. Shu uch toifadan biriga kirsangiz, siz quyidagi savollarga javob topishingiz shart.

O'rganishni maqsad qilgan va o'rganayotganlar.
Aniq ish o'rniga ega dasturchi bo'lish siz o'ylagandek yoki reklamalarda ko'rganingiz kabi qisqa muddatli jarayon emas. Shu sababdan siz, birinchi navbatda
- to'g'ri yo'lni tanlaganmisiz?
- sizdan dasturchi bo'lish uchun dasturlashga aloqasi bo'lmagan qanday bilimlar talab qilinadi va qay darajada?
- agar o'rganayotgan bo'lsangiz to'g'ri o'rganayabsizmi?
- siz tanlagan yo'nalishni o'rganish uchun qancha vaqt zarur, balki qisqa vaqtda o'rganaman deb vaqtingizni bekorga sarflayotgandirsiz?
- dasturlash siz o'ylaganingizdek serdaromad kasbmi?
- siz nimani o'rganayabsiz-u, ish beruvchilar sizdan nimalarni kutishadi?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Dasturchi sifatida ishlaysizmi? Unda siz,
- hozirgi ish o'rningiz kelajakdagi koryerangizga qanday tasir qiladi?
- hozirda darajangiz qanday va uni oshirish uchun nimalar qilishingiz kerak?
- o'z bilmingizga yarasha haq olayabsizmi va uni qanday baholash kerak?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Men Hasan Shodiyev, 10 yil davomida dasturlash bilan shug'illanaman va bu hayotim mazmuniga aylangan. Agarda siz yuqoridagi savollarga haligacha o'zingizda javob topa olmagan bo'lsangiz yoki javobingiz to'g'ri va to'loq ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi bo'lsangiz, BIZGA QO'SHLING! Men sizga uzoq muddatlik tajribamdan kelib chiqib, hech qanday foydani o'ylamagan holda eng aniq javoblarni beraman.

Online suhbatimizga qo'shilish uchun @uzbhasan_blog kanaliga a'zo bo'ling. Suhbat ertaga - 26-oktyabr kech soat 21:00da, telegram tarmog'i orqali bo'lib o'tadi.

@uzbhasan_blog
Forwarded from Amirbek Bozorov | Startup | Dev | (sohy)
​​#dasturlash #foydali

Hi everyone🙋🏻‍♂️.
How are you?

Bugungi mavzumiz Programming haqida bo'ladi.

⁉️Dasturlashni odamlar qanday ko'rishadi?!
1. Success - Muvaffaqiyat.
2. Money - Zo'r daromad.
3. Easy work - Oson ish.
4. 3-4 oyda Dasturchi bo'lib, tezroq daromadga chiqish.

Odamlar bilmaydigan va ko'rmaydigan taraflari:
1. 3-4 oyda emas, 1-2 yil tinmasdan o'rganish va ishlash o'z ustida. Kunni kun, tunni tun demasdan.

2. Shunda ham Junior ya'ni, yangi dasturchi yoki kichik dasturchi darajasida ishlaysiz. Daromad ham shunga yarasha bo'ladi.

3. Oson ishni o'zi yo'q. Ayniqsa dasturlashda.
Kimda kim frontend kirish oson, 3 oyda o'rganib 1000$ topaman desa, qattiq adashadi. Frontendga kirish oson emas, hamma yo'nalishda boshlanish osondir balkim.

4. Juda ham ko'p praktika qilish kerak, ya'ni tajriba orttirish kerak.
Eng asosiysi shu qismi. Shundan ko'plar o'ta olishmaydi.

5. Ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolardan biri - online, uyoq-buyoqdan o'rganib, har xil sohaga urinishi.
Tezroq pul ishlashni xohlashadi, Tez hech qachon bo'lmaydi. Ancha ter to'kish kerak.

Menda hozircha shular edi.
🔥Gazni bosinglar. Hech qachon to'xtamanglar va lekin to'g'ri yo'nalishda ketinglar.

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing:)

@theamirbek
👍1🔥1
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
🔥 React JS 4-dars, React Componentlar haqida.

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilikni o'rganishga mablag'ingiz yo'qmi? Muammosiz!

🔥 Dasturlashning ko'plab yo'nalishlarini oson uslubda o'rgatadigan bepul kursga start berildi.

⚡️ Endi siz Telegram orqali qisqa muddat ichida kasb o'rganib, haqiqiy professionalga aylanishingiz mumkin.

Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun botga hoziroq ulanib oling: @ITSchoolUz_Bot
Ajoyib 😋
👌 @javohir_webdev
🔥1
WEB DASTURLASH: hozir va kelajak

28- oktyabr soat 20:00 da Xudo xohlasa sizlar bilan Web dasturlash haqida Web dasturlash kanalmizda (voice chat)da gaplashamiz.

Yuqoridagi mavzular bo'yicha Web dasturchi Javohir Berdiyev kanalida Ovozli chat orqali suhbat bo'lib o'tadi!

Ovozli chat kichik mavzu va savol-javob tarzida tashkil qilinadi 🙋‍♂️

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib imkoniyat. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa, tezroq kanalga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Chat manzili: 👉 @webdev07
Live stream scheduled for
Simsiz dinamik

🎯Endilikda siz kompyuteringizdan 30 m masofa uzoqlikda bo'lsangiz ham bemalol qo'ng'iroqlarni qabul qilishingiz va musiqa tinglashingiz mumkin.
💥 E'tiboringizga Sony'ning eng so'nggi simsiz bo'yinbog'li dinamik mahsulotini havola etamiz. Mahsulot og'irligi 113 g bo'lib, bugungi kunda uning kulrang va oq ranglari urufda.
Mahsulotni Amazon yoki eBay orqali buyurtma qilishingiz mumkin.

@webdev07
🤩 Kelajakda nabiralarimiz foydalanadigan gadjetlar haqida xabar beramiz.

Davr o'tib siz ham texnologik qurilmalarni ustamonlik bilan ishlata olmaydigan bobo-buvilar safida bo'lasiz. Ammo hozirdan nabiralaringiz qanday elektron gadjetlarni ishlatishi haqida bilib oling.

👉 Batafsil: https://telegra.ph/Kelajak-gadjetlari-10-26

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
WEB DASTURLASH: hozir va kelajak

28- oktyabr soat 20:00 da Xudo xohlasa sizlar bilan Web dasturlash haqida Web dasturlash kanalmizda (voice chat)da gaplashamiz.

Yuqoridagi mavzular bo'yicha Web dasturchi Javohir Berdiyev kanalida Ovozli chat orqali suhbat bo'lib o'tadi!

Ovozli chat kichik mavzu va savol-javob tarzida tashkil qilinadi 🙋‍♂️

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib imkoniyat. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa, tezroq kanalga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Chat manzili: 👉 @webdev07
2 soat da suhbatni boshlaymiz. Savollarni shu yerda qoldiring. yoki botimizga qoldirsangiz ham bo'ladi @webdev07_bot
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Ovozli chat ning ko'p qismini videochat shaklida qildik va yozib oldik. Kira olmaganlar uchun Xudo xohlasa, tez orada yuklaymiz
Siz uchun WEB DASTURLASH suhbat

Bugun qilgan suhbatimizni yozib olgandim. Suhbatda qatnasha olmaganlar uchun ham manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

👉 https://youtu.be/CEALWpEkeH0
Facebook kompaniyasi nomini Meta'ga o‘zgartirdi

▪️Meta – Facebook ijtimoiy tarmog‘ining emas, balki kompaniyaning yangi nomi. Kompaniyaga qarashli Facebook, Instagram va Whatsapp o‘z nomi bilan qolaveradi.

Mark Zukerburgning aytishicha, Meta – odamlar muloqot qila oladigan, o‘yinlar o‘ynaydigan, ishlaydigan virtual dunyo deganidir. Grek tilidan olingan bu so‘z, aslida, "tashqarida" degan ma’no bildiradi.

2015-yilda Alphabet kompaniyasi ham o‘zini Google tarzida rebrending qilgan edi.

Nima deb o'ylaysiz, bu Facebook obro'siga qanday ta'sir o'tkazarkin?

@webdev07
😂

@webdev07
👍3🔥1
Forwarded from Najot Ta'lim
Mission Impossible: Ishga kirish — Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klass

Maqolani eʼtiboringizni hozirda bozorda uchrayotgan qiziq bir holatga qaratish bilan boshlamoqchimiz. Atrofimizga qarasak, juda koʻp yoshlarni, taʼlim olgan, hunar oʻrgangan, biror ishni uddalash darajasida boʻlganlarning ish qidirayotganliklarini koʻramiz.

👨‍💻 Xoʻsh, nahot ishga kirish shunchalar qiyin boʻlsa, nega bunchalik koʻp yoshlar haligacha biror joyda muqim ishlashni boshlamagan deb, vakansiyalar eʼlon qiluvchi veb-saytlarni koʻzdan kechirsak yoki nomi ancha taniqli boʻlib ulgurgan korxonada ishlovchi doʻstimiz bilan gaplashsak, kadr yetishmovchiligidan noliyotganligini koʻrishimiz mumkin.

Qiziq, yuqorida taʼkidlagan sifatlarimizga ega boʻlgan yoshlar ish qidirmoqda, aynan oʻsha yoʻnalish boʻyicha esa bozorda yetarlicha vakansiyalar mavjud.

💸 Unda muammo nimada? Ish beruvchilar koʻp narsa talab qilishmoqdami yoki ularga taklif qilinayotgan maosh yoshlarni qoniqtiradigan darajada emasmi? Yoki ishga kirish uddalab boʻlmas topshiriqmi?

Bozorda qanday kadr qadrlanmoqda, ishga kirish uchun qanday bosqichlardan oʻtish kerak, barcha ketma-ketlik qanday kechadi oʻzi?

Hozir sizga havola etilayotgan video orqali, aynan yuqoridagi savollarga oʻz tajribasidan kelib chiqib javob bergan, yoshlar bilan oʻz bilimlarini ulashgan ustoz Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klassni koʻrishingiz mumkin.

📌 Premyera bugun, 30-oktabr, 20:00 da boshlanadi

🔗 Havola:
https://youtu.be/tU5F2bJvnds
Hozirgi dasturchilarning
internet bilan va internetsiz holati 😂

@webdev07
😁1