Web Dasturlash kanali
9.8K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashda eng katta daromad topadigan Sohani bilasizmi?
Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

Video darslar.
C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
O'rganish : Oson.
The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.



2 – Codecademy

Mashqlar.
Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
O'rganish : Oson.
Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.



3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing
Elektron kitoblar.
Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.
Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.



4 – Wibit.net

Video darslar
C, C++ ,C#, Java, Python
Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.



5 – W3Schools

Mashqlar va maqolalar.
HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
O'rganish : Oson.
Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
Frontend kitoblar (Javohir Group).zip
124.3 MB
#ebook #frontend

💎 Frontendga oid eng yaxshi kitoblar

Bugungi postda Frontendga oid o'zimda bor bo'lgan eng yaxshi kitoblarni jamlab sizlarga taqdim etmoqchiman. Ushbu zip papkada pullik kitoblar ham mavjud.

🗜Zip papkada siz HTML, CSS, JavaScript, Jquery ga oid ingliz va o'zbek tilidagi kitoblarni topishingiz mumkin bo'ladi.

Ushbu kitoblarni yaqin tanishlaringiz, do'stlaringiz bilan ham ulashishni unutmang!

@webdev07 | manba
Javascript darslarimizni 0 dan tartib bilan o'rganishni istaysizmi ?

🥳 Unda siz uchun ajoyib imkoniyat Eduon saytida darslarni tartib bilan tekinga ko'rishingiz mumkin

👉 Ko'rish uchun pastgagi linkniga o'ting
link - https://eduon.uz/course/179
Python sintaksisi

Dasturlash tilining sintaksisi deganda shu dasturlash tilida kodlar qanday yozilishini tushiniladi. Dasturlash tillarining mantiqi deyarli bir xil bo'ladi, ular bir biridan sintaksisi bilan farq qiladi. Lekin bu degani hamma dasturlash tillari bir xil degani emas.

Python dasturlash tilining ham o'ziga xos sintaksisi bor. Shularda biri bu "indentation" - abzast. Python kod bloklarini "indentation" orqali ajratadi. "Indentation" tashlash uchun bo'sh joy tashlasangiz bas, u bitta bo'ladimi yoki ko'pligining farqi yo'q. Asosiysi eng kamida bitta va bir blok ichida bir xil tashlashingiz muhim.

if True:
print("Success")

Yana bir sintaktik jihati o'zgaruvchi yaratish uchun unga qiymat biriktirish yetarli. Ya'ni o'zgaruvchi yaratish uchun maxsus kalit so'zdan foydalanish shart emas.

x = 10

"Comment" - fikr qo'shishga keladigan bo'lsak, buning uchun Python - da "#" belgisidan foydalanasiz. Kodlaringiz orasida o'zingiz va boshqa dasturchilar uchun eslatma qo'shib ketish uchun yoki biror kodni vaqtinchalik ishlatmay turish uchun fikr qo'shasiz.

# Bu bir qatorlik fikr

Bu mantiq barcha dasturlash tillari uchun bir xil, shunchaki sintaksis farq qilishi mumkin. Shunday ekan, sintaksisni emas, mantiqni o'rganishga ko'proq e'tibor qarating.

👉 @devfarhod

#python
Web dasturlashni o'rganish uchun ajoyib imkoniyat 🥳

IT-park Samarqand bilan kelishgan holda Web dasturlash bo'yicha yangi bir guruh tashkillashtirdik.

Faqat ko'p guruh ocha olmaymiz. Agar biz bilan birgalikda Web dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz unda shoshiling🏃‍♂️
#offline
O'qituvchi: Berdiyev Javohir

☎️ +998 942402021
🧑‍💻 @itpark_samarqand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 THE CHOICE (Short Animated Movie)

Sizning tanlovingiz qanday ?

@webdev07
👍1
Kompyuter qarshisida ko'p o'tiruvchilar uchun maslahat va tavsiyalar.

― Agar siz kompyuterda ko'proq matnlar bilan ishlasangiz, limon iste'mol qiling. Bu o'z vaqtida xotira susayishini oldini oladi.

― Siz bir kunda 6-18 soat va undan ko'proq vaqt kompyuter qarshisida vaqt o'tkazsangiz, 0 darajadagi ko'zoynakni iloji boricha o'sha vaqt davomida yechmang. Iloji bo'lsa, kompyuterda ishlamagan vaqtlaringizda hamda o'zingizga qulay vaqtlarda ham shu ko'zoynakni taqib yuring.

― Kompyuter ekrani va klaviaturani iloji boricha har kuni arting. Bu allergik kasalliklarni kelib chiqishini oldini oladi. Qolaversa, kompyuterdan chiqayotgan reaksion nurlanish kamayishiga sabab bo'ladi.

👉 @webdev07
🔥 Bugun xudo xohlasa Javascript 17- darsni o'tamiz 🥰

O'tgan darsimizning davomi, Javascript 16-dars. . Function arguments haqida

Agar siz dasturlashda yangi bo'lsangiz Javascriptni o'rganish uchun HTML va CSS dan ozroq xabaringiz bo'lishi kerak.

Bizning HTML va CSS bo'yicha darslarimiz mavjud. Youtube kanalimizda yoki @webdev_lesson kanalmizdan topshingizmi mumkin.

@webdev07
​​“Muvaffaqiyat — bu bajargan ishingizdan chin ma'noda faxrlana olish” – sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassis bilan suhbat

💪 Muvaffaqiyat tasavvurimizda turli shaklda paydo bo’ladi. Xususan, biron foydali ishga o’z hissamizni qo’shganimizda, kimgadir yaxshilik ulasha olganimizda, o’z ishimizdan rozi bo’lishimizda va hokazo. Ana shunday muvaffaqiyatni chin ma’noda o’z hayotiy tajribasi davomida egallagan insonlar bilan “Osmondagi bolalar” loyihasi suhbat tashkil qilishda davom etmoqda.

🚀 Ko’rsatuvning 13-son mehmoni, "Alif Fintech" kompaniyasi yetakchi mutaxassisi, bir nechta startapning investori va amaliy tashkilotchisi, “isystem — is the school of software engineers” loyihasi asoschilaridan biri — A’zamjon Nemadaliev.

Sun’iy intellekt
yordamida yaratilgan qurilmalar bilan qishloq xo'jaligida yaratilishi mumkin bo'lgan qulayliklar, saraton kasalligini oldindan aniqlash mumkin ekanligi to'g'risida, ta'lim tizimidagi og'riqli, jamiyatga daxldor mavzularda yanada tasavvur va tushunchangizni boyitishni istasangiz, suhbatni tomosha qilishni unutmang.

🎁 Videoni to'liq tomosha qilib, A'zamjon Nemadaliev tomonidan sovg'a egasi bo'ling!

Suhbat premyerasi bugun soat 21:00da bo'lib o'tadi.

🔗 Havola
: https://youtu.be/htjhQA7A1Qw
Atrofingizdagi odamlar nima deb o'ylashlari muhim emas. Eng asosiysi siz o'zingiz uchun baxt yarating

@webdev07
🔥1
Bugun xudo xohlasa mana shu ajoyib Hoteller Homepage Clone pageni YouTubeda birgalikda yasab ko'ramiz
Yuqoridagi ajoyib Landing pageni qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇

https://youtu.be/cW0kig1QWPM
🔥1
Web Dasturlash kanali
Savol 🤨 @webdev07
Sizning javobingiz qanday?
Anonymous Quiz
27%
100
47%
45
8%
44
18%
90
🥴1