Web Dasturlash kanali
9.78K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Ayanchli va kulgili

@webdev07
🔥1
Qaysi framework yoki texnalogiyalarni o'rganishni xohlaysiz ?
Anonymous Poll
41%
React va react native
7%
Angular va Ionic
7%
Vue va Nuxt
20%
Node js
18%
Django
7%
Yii vs laravel
👨‍💻 Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.

💻 Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

📟 Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

📱iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🖥 Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

🎮 Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🤖 Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

🛡Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

👉 @webdev07
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@webdev07
Men dasturchi bo’la olamanmi?
Nimadan boshlashim kerak ?

Eng boshida shuni aytib qo’yishim kerakki, dasturchi bo’lish uchun aynan biron universitetda tahsil olish shart emas, yoki sizdan biron ilmiy daraja talab etilmaydi, qaytanga o’zingiz mustaqil tarzda o’rgansangiz, tez o’rganasiz.

O’rganishda MATEMATIKA fanidan tushunchangiz bo’lsa, buyog’I qiyinmas. MATEMATIK bo’lmasangiz ham, FOIZ, ULUSH tushunchalarini bilsangiz, dasturlashni o’zlashtirishingiz osonlashadi.

Dasturlashda sizning logikaviy salohiyatngiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning vazifasiga ko’ra logikasini yaxshi ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturchi chiqadi.

Nimadan boshlashim kerak ?
O'zingizni kompyuter va internet bilan taminlang 👈

Birinchi o'rinda kompyuter sotib oling(Agar bo'lsa juda soz). Ko'pchilikda savol tug'iladi qanday kompyuter sotib olishim kerak deb 🤔? Dasturlash uchun kompyuter juda ko'chli bo'lshi shart emas(Qancha ko'chli bo'lsa shuncha yaxshi).

Ikkinchi o'rinda internet bilan o'zingizni taminlang. Hozirgi vaqtda internetsiz dasturchi bo'lish juda qiyin. Chunki barcha dasturlash haqidagi yangiliklar internetda joylab boriladi. Internet past deb vaqtni yo'qotib qo'ymang ilojini toping(Hamma narsaning iloji topiladi).

O’rganishni qayerdan, qanday boshlash kerak?
Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko’p, masalan: C, C++, C#, Java, JavaScript, PHP, HTML, XML, Python, va hokazo.

Bu borada shaxsan men Python yoki JavaScript dasturlash tillarini o’rganishni tavsiya qilgan bo’lardim.
Bu dasturlash tillarni haqida kiyingi qismda to'liqroq javob beraman
#qism2

Hali boshlamagan bo'lsangiz bugun boshlang 🙏
🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla! 📓Lavanda Ilindi

@webdev07
SMM oʻzi nima? Nega hamma shu mavzuda soʻz ochmoqda?

📌 SMM bu — Social Media Marketing yaʼni ijtimoiy tarmoqlar marketingi deyiladi. U orqali Telegram, Instagram, Facebook, YouTube tarmoqlarida kompaniyalarning rasmiy sahifalari yuritiladi.

🤔 Menga nima keragi bor deysizmi? Unda davomini oʻqing!

📱 Hozirgi kunda deyarli hamma kunining koʻp qismini internetda oʻtkazmoqda, asosan ijtimoiy tarmoqlarda. Oʻzingizni misol qilib koʻring taxminan qancha vaqtingiz ijtimoiy tarmoqlarda oʻtmoqda 😅

🗣 Demak marketing taraflama qaraydigan boʻlsak mijozlar qayerda boʻlsa, sizning reklamangiz ham oʻsha yerda boʻlishi kerak. SMM esa sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

🎯 Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni saqlab qolish va eski mijozlarni qaytarib olish borasidagi barcha harakatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, brendingizni tanitish va potensial mijozlar oqimini yaratishda katta yordam beradi!

@webdev07
IT mutaxasislarning bir necha turlari bilan tanishish

Bugun sizlar bilan IT mutaxasislarning bir necha turlari bilan tanishib chiqamiz:

1) Frontend dasturchi
Frontend dasturchi foydalanuvchi browserda ko’rib turgan va u bilan bevosita amallar bajaradigan qismini yaratadi. Shu bilan birga, dizayner bergan web sahifa yoki ilovalani dizaynini kodga otkazadi, hamda backenddan ma’lumotlarni qabul qiladi va backendga ma’lumotlarni yuboradi.

2) Backend dasturchi
Backend dasturchi serverga bog’liq web ilovalarni logikasi va frontend dasturchi yozib bergan kodni integratsiyasi bilan shug’ulanadi. Backend dasturchi odatda frontend va mobil dasturchilar tomonidan ishlatiladigan APIs va web serverlarnini yozadi.

3) Mobile dasturchi
Mobile dasturchi bu mobil ilovalarni ishlab chiqishuvchi va ushbu mahsulotlarning o’ziga xos xususiyatlari va qurulmalarga foydalanish uchun optimallashtirilgan dasturiy ta’minotni yaratuvchi shaxs hisoblanadi.

Mobil dasturchilar ikki turga bo’linadi:
1. Birinchisi Android dasturchi, yani android qurulmalarga mos keluvchi ilovalar yaratadi
2. iOS dasturchi, yani ios qurulmalarga dasturlar yaratishadi. Agar iOS dasturchi bo’lishni istasangiz, sizda Macbook yoki iMac bolishi lozim.

*Bugungi kunda Flutter texnologiyasi mavjud, bu bir vaqtda IOS va Android uchun bir kod orqali dastur yaratish imkonini beradi

4) UI/UX dizayner
UI/UX designer asosan web saytlar, ilovalar va boshqa dasturlarning dizayni va qulayliklari bilan shug’ullanadigan soha hisoblanadi.
UX va UI dizayni bitta iste’molchining tajribasining ikki xil elementidir. UX foydalanuvchi tajribasiga ishora qiladi, bu narsaning qanday ishlashiga va odamlar u bilan qanday munosabatda bo’lishiga qaratilgan. UI yoki foydalanuvchi interfeysi tashqi ko’rinishga va joylashishga e’tiborni qaratadi.

@webdev07
👍1
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun xudo xohlasa mana shu ajoyib Microsoft Homepage Clone pageni YouTubeda birgalikda yasab ko'ramiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi ajoyib Landing pageni qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇

https://youtu.be/ACzeT5eOxUo
Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa, unda rivojlanish bo'lmaydi?

Siz dasturlashni o'rganmoqchisiz, maqsad — ko'p pul topish. Lekin maqsad xato qo'yildi, nega — chunki siz bir nuqtada qolib ketasiz.

Sizning maqsadingiz pul emas, qiziqish bo'lishi kerak. Pul uchun o'rganilsa yaxshi o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab bir nuqtada qolib ketasiz. Bu qanday?

Siz 3 oy dasturlashni o'rgandingiz. Aslida dasturlash uchun 3 oy — hech narsa emas. 3 oy ichida ancha-muncha narsani o'rgandingiz. Bir kuni bir buyurtma oldingiz, uni bajardingiz, pul topdingiz. Pul odamni buzadi deganlaridek, pulga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Kuchingiz yetmagan narsani pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilasiz. Lekin vaqt ketdi...

P.S. Iloji boricha xohlagan bir sohani o'zingizni mutaxassis deb xis qilgancha o'rganing. Frilansdan tashqari kamida 2 soat o'rganish uchun sarflang.
©️ITBusiness_School

@webdev07
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧐 IT - o'zi nima?

Hozirgi kunda IT deb juda ko'p bong urilmoqda. IT haqida ko'p gapirganmiz lekin IT o'zi nima ekanligini hech ko'rib chiqmagan ekanmiz.

Bugungi videoda esa aynan shu IT nima va u qanday soha ekanligiga to'xtalib o'tamiz!

@akilkhanovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TikTokda qanday pul topsa bo'ladi.
TikTokda boyish😂
#prjanoff
30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang».— Coco Chanel

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir».— Albert Einstein*

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — **Grace Coddington

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir».— Henry David Thoreau

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh

14. «Jahlni ichga yutish zaharw ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir» — Estee Lauder

@webdev07
Sun'iy intellekt 5 yildan keyin dunyoni ancha o'zgartirib yuboradi 🤖

Siz nima deysiz, qanaqa dunyo bo'ladi 5 yildan keyin ?

Bilmasangiz, shu dunyoni siz yarating
Yaratish uchun boshqacha fikrlang va o'zingizga chegara qo'ymang
Laziz Adhamov

@webdev07