Web Dasturlash kanali
9.78K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
🧐2021 yilda nimani o'rganish kerak???

🔥React yoki Vue.js

Bugun shu haqida gaplashamiz🤓.

Google Trends
Stack Overflow Developer Survey
Github Stars
The State of JavaScript
npm trends
hh.ru

@theamirbek | Instagram

Kommentariyada öz taklif va fikrlarizni qoldiring .
Yaqindlarizga ulashing
HTML va CSS haqida qisqacha tushuncha 😉
#html #css

👉 @webdev07
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Juda yengil yo'lni tanlabsiz!

Hozirgina instagram ijtimoiy tarmog'ida Toshkent shahar hokimligi profilida "Kelajak yoshlari" nomli qandaydir tadbirga ko'zim tushdi. Essiz, Toshkent shahar matbuot xizmati va boshqa tashkilotchilar portfolio ko'rsatish uchun juda yengil yo'lni tanlashibdi.

Bugungi kunda ilmsizlik, ishsizlik asosiy muammoyimiz bo'lib turgan zamonda ilmli yoshlarni emas, TIk Tok avlodlarini "kelajak avlodlari" deb ko'rsatishyotgani va yoshlar ulardan ibrat olayotgani juda-juda achinarli!

Mas'ullar ko'zimizni ochaylik! Biz ilmli yoshlarni kelajak avlodi deb ataylik. Boshqalarga ibrat qilib ko'rsataylik! Yengil yelpi hayotga o'rgatib yana bir avlodni yo'qotmaylik! Insof qilaylik! Piar uchun emas, chin dildan, millat uchun, vatan uchun harakat qilaylik!
​​ReactJS haqida qisqacha ...

😍 React bu - Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end Javascript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

🔥 React kabi javascript platformalari hozirgi kunda ko’plab topiladi. Masalan EmberJs birinchi bo’lib UI framework sifatida dunyo yuzini ko’rdi, ammo, judayam og’ir ishlashi tufayli hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Undan so’ng AngularJs yaratildi va front-end chilar orasida ommalasha boshladi. Hozirgi kunda murakkab strukturaga ega bo’lgan web da ishlovchi ko’plab texnologiyalar, jumladan Google Drive, Google Docs, Google Sheets va boshqalar AngularJs yordamida yaratilgan. AngularJS boshqa yangi framework larga solishtirganda o’rganish uchun biroz qiyinchilik tug’diradi va hozirgi kunda faqatgina katta kompaniyalar beradigan ish e’lonlaridagina dasturchilardan talab qilinadi.

✏️ AngularJS dan so’ng yaratilgan texnologiya bu React bo’lib, raqobatchi texnologiyalardan farqi o’zining judayam yengil va o’rganish uchun osonligidadir. Eng oxirgi yaratilgan Javascript front-end UI framework bu VueJS. Bu texnologiya ham hozirgi kunda judayam ommalashib bormoqda. Ammo React ning VueJs dan afzal tomoni shundaki, u dasturchilarga mobil aloqa telefonlariga, yani Android va iOS operatsion sistemalarida ishlovchi qurilmalarga React Native platformasi orqali dastur yozish imkonini beradi.

📒 ReactJS ayni paytda dasturchilar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan front-end framework hisoblanadi. Ushbu maqolada uchta eng mashxur front-end texnalogiyalarini statistikasi berib o’tilgan. Maqoladan ko’rinib turibdiki, React ko’plab sohalarda o’z raqiblarini ortda qoldiradi. ReactJS dasturchilari tomonidan minglab tayyor holga keltirilgan komponentlar yaratilgan bo’lib, bu Sizga ishni muddatidan avvalroq yakunlash imkonini beradi.

💰ReactJS daturchilar hozir o'rtacha necha pul topadi ?
Hozirgi vaqtda o'rtacha react developerlar yiliga 80 000$ tapishadi,(o'rtacha oyliklari 9000$) 6 dec 2020 ma'lumot manba: ziprecruiter.com

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!
🥳 Bugun 4-aprel "web dasturchilar" kuni hisoblanadi!

🌐 Har yil ushbu sanada barcha web-dasturchilar o'z kasblarining bayramini nishonlaydilar. Sana shunchaki tanlanmagan - 4.04 (4-aprel), bu tez-tez uchrab turadigan "Error 404" tarmoq xatoligi hisoblanadi. Shuningdek oddiygina "Not Found" nomi bilan ham tanilgan.

@webdev07 | Manba
Ko'p takliflarni inobatga olib
Front-end dasturlash kursim(pullik)ga yangi guruh ochmoqchiman. O'rganishni xohlaydiganlar bormi?
Anonymous Poll
27%
Ha albatta bor, qatnashaman 🖐
14%
Menga qiziq emas 😜
46%
Meni hozir sharoitim yo'q ☹️
13%
Qanday kurs? 🤔
⁉️ Ko'pchilik mustaqil o'rgana olmasligining yoki juda qiynalishining sababini bilasizmi ?
Chunki ularning ko'pchiligida yaxshi reja bo'lmaydi.

Men sizlarga yaxshi bo'lgan reja beraman.

Front endni o'rganishni maqsad qilgan lekin nimadan boshlashini yoki yarim yo'lda nimadan davom etishni bilmayotganlar uchun ajoyib reja. https://github.com/adam-golab/react-developer-roadmap/blob/master/roadmap.png

Agar siz bu reja bo'yicha yaxshilab o'rganib borsangiz ishoning, albatta, juda zo'r darsturchi bo'lib chiqasiz ❇️

@webdev07
Web dasturlash haqida

Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.
https://telegra.ph/Web-dasturlash-haqida-11-27

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Menda 10 Ming aqsh dollari bor ularni qayerga tikib ko'paytirsam bo'ladi ?

Bu savolga Peter Daniels dan ajoyib javob

@webdev07
Frontend va Backend 😂

👇👇👇
@webdev07
🔥1