Web Dasturlash kanali
9.78K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
​​FRONTEND va BACKEND

Front End
— bu brauzer o'qishi, yoki ekranga yoki ishlay oladigan narsalarning barchasi. Ya'ni, bu HTML, CSS va JavaScript.

HTML (HyperText Markup Language) — brauzerga sahifaning mazmunini, masalan, «sarlavha», «paragraf», «ro'yxat», «ro'yxat elementi» nima ekanligini aytadi.

CSS (Cascading Style Sheets) — brauzerga elementlarni qanday ko'rsatish kerakligini aytadi, masalan, «birinchi xatboshidan keyin 20 piksel» va «tana elementidagi barcha matnlar quyuq yashil rangda bo'lishi yoki Verdana shriftida yozilishi kerak».

JavaScript brauzerga yengil dasturlash tilidan foydalangan holda muayyan vaziyatlarga qanday javob berish kerakligini aytadi. Ko'pgina saytlar aslida ko'p JavaScript ishlatmaydilar, lekin agar siz biron bir narsani bossangiz va sahifaning tarkibi oq ekran yonib o'chmasdan o'zgarsa, demak, biron-bir joyda JavaScript ishlatilgan.



Back end — serverda ishlaydigan barcha narsalar, ya'ni «brauzerda emas» yoki «tarmoqqa ulangan kompyuterdan boshqa kompyuterga javob yozish emas»

Belgilash uchun siz serveringizda mavjud bo'lgan har qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin (bu aslida xabarlarga javob berish uchun sozlangan kompyuterdir). Bu har qanday universal dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin degan ma'noni anglatadi: Ruby, PHP, Python, Java, JavaScript / Node, Bash. Bundan tashqari, siz MySQL, PostgreSQL, MongoDB, Cassandra, Redis, Memcached kabi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

#frontend #backend #programming


👉 @web_developer001
👍1
JavaScriptni yangi boshlanuvchilar uchun oson bo'lmasligi aniq 😂😁

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
🔥1
Assalomu aleykum barchaga. Web darsturlashga qizqadiganlar va yuqoridagi videolar, savollar, takliflar, muammolar bo'lsa bizning guruhimizga qo'shiling.
Web darsturlashga qiziqadigan do'stlaringizni taklif qiling.
👇👇👇
@webdev_group
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik dasturchilar va dizaynerlar qanday ishlashadi 😂😅
#developer

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, Kirib kelayotgan Hayit muborak!
Mana shuday animatsiya yasashni video dars qilib beraymi?

Agar likelar soni 200 tadan oshsa bo'lsa ertaga mana shu effektni yasashni dars qilib beraman

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
Izlagan imkon topar, izlamagan bahona 😉
Qishloqda internet 🙊
Shu oy 72 gb ishlabman 😅

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
Assalomu aleykum. Sizga va oila a'zolaringizga ramazon hayiti muborak bo'lsin. Tinchlik, xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat bir umrlik hamrohingiz bo'lsin. Kelgusi ramazon oyida sog'-salomat diydorlashish nasib etsin.

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
Forwarded from Dasturchi blogi
Har kuni bittadan dars @samtuitsoft kanalida berib boriladi. Bir darsni tugatmasdan keyingisiga o'tmang. Birinchi darslarimiz TypeScript asoslari haqida. Undan so'ng Angular fremvorkni o'rganishni boshlaymiz.


https://telegra.ph/TypeScript-1-05-22
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eid muborak animatisiya yasash , HTML CSS JS
Кеча билимли эдим, дунёни ўзгартирмоқчи эдим,
Бугун ақиллиман ўзимни ўзгартирмоқчиман
©Румий

Фикрлаш қобилияти скрипка ёки роял чалишга ўхшайди. У билан ҳар куни шуғулланиб туриш керак.
© Чарли Чаплин

Билим бу – мактабда ўргатилган ҳамма нарса эсингдан чиқиб кетгандан кейин ўзингда қолган нарсалардир. Савол беришдан тўхтамаслик жуда муҳим. Қизиқувчанлик одамга бежиз берилмаган. Чегараларини бир марта кенгайтирган идрок ҳеч қачон эски жойига қайтмайди.
© Aлберт Эйнштейн

Дунё сизга нимадир қилиб бериши керак, деган фикрга алданманг. У сизгача ҳам бўлган, сиздан қарздор эмас.

Ўзингизга бўлган ишончни сўндирмоқчи бўлганлардан узоқлашинг. Буюк инсон, аксинча, сиз ҳам буюк бўла олишингизга ишонч уйғотади.
©Марк Тҳем

Вақтингизни деворга уриб, ундан эшик пайдо қилишга сарфламанг.—
© Kоkо Чанел
#motiv

Дўстларга улашинг👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib WEB animatsiya 😍
➡️ codepen.io/berdiyev
#html #css #js

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
Ruldagi odam darsturchi ekan 😂😂

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamma dasturlashni o'rganishi kerak! Chunki u fikrlashni o'rgatadi
©Stiv Jobs


Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

Video darslar.
C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
O'rganish : Oson.
The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.



2 – Codecademy

Mashqlar.
Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
O'rganish : Oson.
Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.



3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing
Elektron kitoblar.
Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.
Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.



4 – Wibit.net

Video darslar
C, C++ ,C#, Java, Python
Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.



5 – W3Schools

Mashqlar va maqolalar.
HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
O'rganish : Oson.
Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
👍2
Dasturlashni qanday boshlash kerak? Dasturlash, dasturchi haqida ma'lumot.

Postni oxirigacha o'qing!

Masalan, siz dasturlash tugul, IT ni kuchuk bilan tenglashtiradigan odamsiz, masalan! Kompyuterdan faqat GTA o'ynash uchun foydalanasiz. Dasturchini kompyuter ustasi deb o'ylaydigan odam deyishingiz mumkin. Lekin dasturlash olamiga kirib kelgandan so'ng sizning dunyoqarashingiz butunlay o'zgaradi. IT — bu katta olam. Dasturchi — bu "sehrgar". Lekin shu dunyoqarashga ega bo'lish uchun nima qilish kerak?

Siz avvalombor, dasturlashni o'rganishingiz uchun, dasturlash nimaligini bilishingiz kerak! Dasturlash — bu biror bir muammoni kompyuter "tilida" yechish. Dasturlash tilib — bu kompyuter tushunadigan til, ya'ni siz biror bir muammoni hal qilayotgan paytingiz kompyuterga buni tushuntirishingiz kerak. Kompyutergan tushuntirish uchun o'sha tilni siz ham bilishingiz kerak. Dasturlashning o'zining xillari bo'lib, ular juda-juda ko'p. Python, Java, Javascript, C++,C, C#, Swift, Ruby, Rust, PHP, Frontend, Backend... Ular juda ko'p Lekin ularning hammasi ham zo'r emas. Shaxsan o'zim Python, Java, C++ni ma'qullayman. Chunki ular funksional. Funksionallik nima? Bu tilining qo'lidan keladigan ishlari. Masalan, siz salto otishni bilmaysiz, lekin bir do'stingiz saltoni ham, boshqani ham biladi. Bu uning mahoratliligidan dalolat. Dasturlash tillarida ham shunaqa. Qancha ko'p mahoratli bo'lsa, shuncha u foydali. Mana, dasturlash haqida sal bo'lsa ham ma'lumot oldik

Xo'p, unda dasturchi kim?

Dasturchi — bu o'sha muammolarni hal qiladigan odam. Muammo deganda ko'z oldingizga Xitoydagi koronavirus yoki dollarning ko'tarilishi, propiska, oylik... Ular kelmasin yana)) Muammo, masalan, kvadratning yuzini topish. Tomonini kvadratga oshirasiz tamom. Lekin buni kompyuterga qanday tushuntirishni bilmaysiz, chunki u tushunadigan tilni siz bilmaysiz. Dasturchi esa biladi. U kod yozadi va uni ishga tushiradi. Tomonni kiritadi, birdaniga "abra-kadabra"! Javob chiqdi. Bekorga ham dasturchini sehrgarga qiyoslamadik. Kod nima degan savol keladi. Yo'q-yo'q, bu Wi-Fini kodi emas. Bu dasturlash tilining so'zlari. Ingliz tilida apple, home deganidek, dasturlash tilida ham o'z so'zlari va buyruqlari bor. Dasturchi yozgan narsa — bu kod. U ishladimi, demak muammo hal bo'ldi.

Dasturlashni qanday o'rganish mumkin?

Dasturlashni o'rganish uchun, maslahatim, rus tilini bazaviy bilimlarini bilish kerak. Chunki o'zbek tilidagi sifatli dasturlash haqida kurslar haqida eshitmaganman. Kitoblar ham kam. Barchasi studentlarning diplom ishi. Lekin rus tilida, ehhe... Ingliz tilida ehhhee.... Rus tilida masalan kitob ko'p. Men shaxsan Pythonchiman va Pythonni "A byte of Python" kitobidan mukammal o'rganganman. Boshlang'ichdan o'rgatadi, noldan. Shundoq Google yozsangiz, ruscha varianti chiqadi. Qolganlar haqida ham bor, talaygina. Ularni shunchaki topish kerak. Dasturlashni 2-yo'li bu videokurslar. Masalan, YouTube blogerlar orqali o'rganish mumkin. Men bir postda ular haqida alohida maqola tayyorlaganman. YouTubedan ham o'rganish mumkin. 3-yo'li bu — o'quv kurslari. PDP, Napa, Najot ta'lim.. Lekin bularning barchasi Toshkentda. Xullas, dasturlashni o'rganish oson, hozirgi zamonda. Asosiysi mehnat, dangasalik esa doimo xalaqit beradi!


Agar dasturlashni endigina boshlagan tanishingiz bo'lsa, unga shu postni jo'nating. Zora biror foydamiz tegsa!
#consultation

Manba: @progerlive

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw