Web Dasturlash kanali
9.79K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
​​Dasturlashni o'rganishda ilk qadam!

Ko'pchiligimiz dasturchini kompyuter ustasi deb o'ylaymiz. Ammo, bu sohaga kirishimiz bilan fikrimiz keskin o'zgaradi. Dasturlash sohasi bu o'zgacha bir olam, dasturchi esa bu olamdagi sehrgardir.

Dasturlash
- biror muammoni kompyuter tilinida yechish.
Dasturlash tili - kompyuter tushunadigan til.

Yuzaga kelgan muammolarni yechish uchun esa dasturchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi. C++, C#, Python, Java, JavaScript kabi ko'plab dasturlash tillari mavjud.

"Sohaga kirishim uchun ilk qadamim qanday bo'ladi?", degan savol barchamizda tug'ilishi tabiiy.

1️⃣ Siz kamida bitta xorijiy tilni bilishingiz kerak. Rus tili yoki Ingliz tilini bilish orqali siz mashhur kitoblarni o'qish, Youtubeda bloglar kuzata olish kabi ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Bu esa sizni tezroq professional darajaga chiqishingizga yordam beradi.

2️⃣ Dasturlash sohasini o'rganish qiyinroq, sizdan qattiq mehnat, sabr va ishtiyoq talab qilinadi.

Siz albatta dasturchi bo'la olasiz! Faqatgina, tinimsiz o'z ustida ishlash, sabr qilishga o'rganing

@ictacademy_uz
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib travel kartalar 🥰

Hover bo'lganda ajoyib aylanish effekti. CSS transform xususiyati bilan.
1
aGupieWare - bu MIT, Karnegi Mellon, Berkli, Stenford va Kolumbiya kurslari asosida bepul onlayn platforma. Ushbu sayt dasturlashda mustahkam bazaga ega bo'lish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

👉 @webdev07
1
Sizda ham shunday holat bo'lganmi 😂 (dasturchillar tushunishdi )

@webdev07
👍1🔥1
Ajoyib search input 🥰
html, css va JavaScript yordamida 😋

@webdev07
Python tarixi 🐍

Python Guido van Rossum tomonidan 1980-1988-yillarda Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqildi.

Python ABC, Modula-3, C, C ++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko’plab tillardan va boshqa skript tillaridan olingan.

Python Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Perl kabi, Python manba kodi endi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud.

Python hozirda institutning asosiy rivojlanish jamoasi tomonidan faoliyat yuritmoqda, Ammo Guido van Rossum hali ham Python taraqqiyotini boshqarishda muhim rol o’ynaydi.

👉 @webdev07
🔥 Bugun xudo xohlasa Javascript 14- darsni o'tamiz 🥰

O'tgan darsimizning davomi, Javascript 14-dars. DOM js, factory va constructor functionlar haqida

Agar siz dasturlashda yangi bo'lsangiz Javascriptni o'rganish uchun HTML va CSS dan ozroq xabaringiz bo'lishi kerak.

Bizning HTML va CSS bo'yicha darslarimiz mavjud. Youtube kanalimizda yoki @webdev_lesson kanalmizdan topshingizmi mumkin.

@webdev07
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!
consolega nima chiqadi ?
👍1
consolega nima chiqadi ?
Anonymous Quiz
51%
one
12%
two
18%
three
19%
typeerror
👨‍💻1
👨‍💻 Dasturchi: O'zim bot yaratib, biznes qilsamchi!?

— Ko'pchilik dasturchilar qaysidir dasturchilik kursida o'qib, men dars o'taman, boshqalarga web sayt va botlar yarataman, frilanser bo'lib ishlayman deydi. To'g'ri bu orqali ham yaxshi daromad topsa bo'ladi.

Lekin, qachon dasturchi o'z biznesi bilan shug'ullanadi? - Hozirdan boshlaydi! Ha, hozirdan boshlang. Siz biror-bir qiziq mavzu toping va shu mavzuga moslab bot yarating, uni imkoniyatingiz darajasida reklama qiling. Ana, yangi biznes.

— Qolaversa, telegramda hozirda botlar biznesi rivojlanmoqda. Siz ham bir harakat qilib ko'ring. Albatta, bu orqali ham uncha-muncha qo'shimcha foyda sizga zarar qilmaydi.

P.s: Biznes uchun kattaroq sarmoya shart emas. Shunchaki boshlanishiga harakat va ishtiyoq bo'lsa, barchasiga erishsa bo'ladi.

👉 @webdev07
👍2🔥1
C++ dasturlash tili haqida

❇️ C++ bu turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP (object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan.

❇️ Boshida "C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsion tizimlarga aloqador qismlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

👉 @webdev07
👍1