Web Dasturlash kanali
9.8K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
🔹 Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan o‘tib ketgan va hozir tirik bo‘lgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan. Men ulardan olgan va olayotgan darajada o‘zimdan ma’naviy meros qoldirishim kerak.

🔸 Aqliy o‘sish tug‘ilgandayoq boshlanishi va faqat o‘lim paytidagina to‘xtashi kerak.
©Albert Eynshteyn

🔹 Ahmoqlar bilan hech qachon tortishmang. Siz ularning darajasiga tushib qolasiz va ular tajribasi bilan sizni mag‘lub etadi.

🔸 Yoz — yilning shunday mavsumiki, qishda bajarish juda sovuq bo‘lgan ishlar uchun juda issiq vaqtdir.
©Mark Tven

🔹 Boylik orttirish uchun oddiy matematika va sog‘lom fikr kifoya.
Bir kishiga hafli bo‘lgan narsa boshqalarga unchalik hafli bo‘lmasligi mumkin

🔸 Bilganingiz – eng katta boyligingiz. Bilmaganingiz – eng katta xataringizdir.
©R.Kiyosakining

🔹 Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko‘p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o‘tadi
©Earl Nightingale

🔸 Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang
©Koko Chanel
#motiv

Do‘stlarga ulashing👇👇
@webdev07
​​JavaScript framework'lari haqida.

🔷 Framework bu maʼlum bir dasturni maqsadli tarzda yaratish uchun mo‘ljallangan funksiyalar yig‘indisidir.

🔷 O'zimiz uchun Framework tanlashda biz uning qanchalik ommaviyligi, vaqt o'tishi bilan o'zining ommaviyligini saqlab qolishi va bozordagi talabiga qarab tanlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.

🔷 Hozirgi kunga kelib JavaScript uchun mo'ljallangan Frameworklar juda ko'p va ular orasida eng ko'p ishlatiladiganlariga to'xtalib o'tamiz. Bular React, Angular va Vue.

🔷 Amerikaning Indeed.com saytining o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra ish beruvchilar talabi quyidagicha.
Unga ko'ra:

- Vue.js 0.8 %
- Angular 21.0 %
- React 78.1 %

talab natijalari e'lon qilingan.

🔶 Angular - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan JavaScript framework! U bizga, ya'ni dasturchilarga sahifani yanada dinamik qilishda yordam beradi, Angular 2016 yil 14 sentabrda keng ommaga taqdim etildi. Shu kundan beri web dasturchilar tomonidan juda keng qo'llanib kelinmoqda va dasturlashdagi eng so'nggi texnologiyalar sirasiga kiradi.

🔶 Vue - bu 2013-yilda ishga tushirilgan, juda moslashuvchan foydalanuvchi interfeyslari va murakkab yagona sahifali ilovalarni yaratishga moslangan JavaScript kutubxonasi hisoblanadi.

🔶 React - bu Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end JavaScript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

☑️ Xulosa: Haqiqiy dasturchi uchun tanlovning hech qanday muhim farqi yo'q, chunki dasturchi faqatgina yangi narsalarni o'rganish uchun vaqt sarflaydi. Professional dasturchilar ko'pincha ReactJS va Angular 2/4/5 bo'yicha tajriba orttirishadi, lekin Vue.js'dan ham foydalanib turishadi. Har bir tizimning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, ya'ni mahsulotni ishlab chiqishda har bir ish uchun faqat to'g'ri tanlov bo'lishi kerak.


🔺 Agar siz JavaScript Frameworklari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz
o'zbek tilidagi darslar 👇🏻:
Angular darslari Farhod Dadajonov
ReactJs darslari Alisher Musulmonov
Vue Js dan o'zbekcha yaxshi kantent topa olmadim, agar siz bilsangiz izohlarda qoldiring
Boshlang'ich HTML CSS va JavaScript darslarini
kanalimiz orqali videoni tomasha qilishingiz mumkin.

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
​​ReactJS haqida qisqacha ...

😍 React bu - Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end Javascript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

🔥 React kabi javascript platformalari hozirgi kunda ko’plab topiladi. Masalan EmberJs birinchi bo’lib UI framework sifatida dunyo yuzini ko’rdi, ammo, judayam og’ir ishlashi tufayli hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Undan so’ng AngularJs yaratildi va front-end chilar orasida ommalasha boshladi. Hozirgi kunda murakkab strukturaga ega bo’lgan web da ishlovchi ko’plab texnologiyalar, jumladan Google Drive, Google Docs, Google Sheets va boshqalar AngularJs yordamida yaratilgan. AngularJS boshqa yangi framework larga solishtirganda o’rganish uchun biroz qiyinchilik tug’diradi va hozirgi kunda faqatgina katta kompaniyalar beradigan ish e’lonlaridagina dasturchilardan talab qilinadi.

✏️ AngularJS dan so’ng yaratilgan texnologiya bu React bo’lib, raqobatchi texnologiyalardan farqi o’zining judayam yengil va o’rganish uchun osonligidadir. Eng oxirgi yaratilgan Javascript front-end UI framework bu VueJS. Bu texnologiya ham hozirgi kunda judayam ommalashib bormoqda. Ammo React ning VueJs dan afzal tomoni shundaki, u dasturchilarga mobil aloqa telefonlariga, yani Android va iOS operatsion sistemalarida ishlovchi qurilmalarga React Native platformasi orqali dastur yozish imkonini beradi.

📒 ReactJS ayni paytda dasturchilar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan front-end framework hisoblanadi. Ushbu maqolada uchta eng mashxur front-end texnalogiyalarini statistikasi berib o’tilgan. Maqoladan ko’rinib turibdiki, React ko’plab sohalarda o’z raqiblarini ortda qoldiradi. ReactJS dasturchilari tomonidan minglab tayyor holga keltirilgan komponentlar yaratilgan bo’lib, bu Sizga ishni muddatidan avvalroq yakunlash imkonini beradi.

💰ReactJS daturchilar hozir o'rtacha necha pul topadi ?
Hozirgi vaqtda o'rtacha react developerlar yiliga 80 000$ tapishadi,(o'rtacha oyliklari 9000$) 6 dec 2020 ma'lumot manba: ziprecruiter.com

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motiv

Hammaga birdaniga yordam bera olmaymiz, lekin hamma bir bo'lib kimgadur yordam berishi mumkin... 😊

@webdev07
Pullik yoki tekin dars, qaysi biri yaxshi?🤔

Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda koʻplab oʻquv markazlari mashgʻulotlarni online shaklga oʻtkazishdi. Ularning ba’zilari pullik ayrimlari esa tekin qilib qoʻyishgan.

☝🏻Shu oʻrinda savol tugʻiladi: pullik kurslarni sotib olgan yaxshimi yoki bepullaridan foydalanish? Agar moliyaviy tarafdan olib qaraganda bepul kurslardan oʻrgangan foydali tuyiladi. Lekin tekin kurslar pullik kurslardek sifatli boʻlish ehtimoli kam.

Sababi, pullik kurslarda aniq tartib va reja asosida video-darslar oʻtilib, topshiriqlar beriladi va natijalar sizdan talab qilishadi. Yoʻl qoʻygan kamchiliklaringizga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatadigan murabbiyingiz boʻladi. Bepul kurslarda esa siz faqat video-darslardan oʻrganasiz xolos. Tekin kurslar bilan toʻliq mutaxassis boʻlish uchun ancha vaqt talab qilinishi aniq.

P.s: Agar moliyaviy tarafdan qiyinchilik tugʻdirmasa tanlagan sohangizni pullik kurs bilan oʻrganing.
Ⓜ️ITbusiness_school

👨🏻‍💻@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkin fikrlash sizni rivojlantiradi!

🚀"Maqsadlaringiz, natijalaringiz fikrlash doirangizga qarab yiriklashib boraveradi. Shu sababli g'oyalaringizga chegara qo'ymang"

🧠Modul5 loyihasi spikeri Laziz Adhamov nutqi yoshlar xotirasida aynan shu so'zlar bilan qolgan bo'lsa ajabmas.

📌Muvaffaqiyatga erishgan yoshlar o'rtasida qanday umumiylik mavjud ? Bu haqida batafsil qahramonimizning ushbu nutqidan bilib olishingiz mumkin.
#modul5 #it #motiv

@webdev07
alertga nimalar chiqadi ?
Anonymous Quiz
21%
1, 2, 3
57%
0, 1, 2
16%
0, 0, 0
6%
3, 3, 3
Achchiq haqiqat 😅

@webdev07
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro kompaniyada dasturchi bo‘lib ishlayotgan o‘zbek yigiti muvaffaqiyatlari siri bilan bo‘lishdi

"Osmondagi bolalar" loyihasi ilk sonidanoq ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Undagi hech qanday qolipga solinmagan, zamonaviy kasblarga oid erkin suhbatlar, ayniqsa, oliy ta’lim kerakmi yoki yo‘qmi deb yurgan yoshlarni jalb qila oldi.

Loyihaning navbatdagi mehmoni — 23 yoshli Darxonbek Mamataliyev. Hozirda u mashhur Uber kompaniyasida iOS dasturchi bo‘lib ishlamoqda.

Angrenning oddiy oilasidan chiqqan Darxonbek INHAda a’lo baholarga o‘qigan. Lekin u yerdagi bilimlar bilan hayotdagi amaliyot o‘rtasida katta farq bor ekanligini tushunib yetgan.

Yosh bo‘lishiga qaramay, xorij kompaniyasida o‘z o‘rnini topgan o‘zbek o‘g‘lonining qanday yo‘llarni bosib o‘tgani, qimmatga tushgan qarorlari va muvaffaqiyatga erishish sirlari sizga qiziq bo‘lsa, ushbu videoni ko‘rishni tavsiya qilaman!

Video 👉 https://youtu.be/DOuh1VQ3k4A
​​ JavaScript dasturlash tili haqida muhum ma'lumotlar.

JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi.

🤓 JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil.

📈 JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o'rni qanday? - Hozirgi kunda ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va katta dasturlash yaratiish mumkin.

💰 JavaScript dasturlash tili orqali qancha daromad topsa bo'ladi? - Hozirgi kunda dasturchilik kasbiga bo'lgan extiyoj va e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Daromadiga kelsak, O'zbekistonda 1000$ dan 6000$ gacha. Chet elda 8000$ dan 500000$ gacha oylik topishadi.

👨‍💻 Ish topish qiyinmi, oson!? - Ish topish juda oson. Siz ushbu internet saytlar orqali doimiy va vaqtinchalik ish topishingiz mumkin: Freelance.comgiglancer.uzwebdastur.uzFreelance.rufl.ru

P/S: Vaqtingizni bekor ketkazmay, harakatni hozirdan boshlang va o'z natijangizga erishib, yuqori daromad topishni boshlang.

@webdev07
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir biznesda IT

"Sizlar hozir biznesingizni sistemalashtirmasalaring, ertaga ITni o'rganib chiqgan ,Inha, Amitylarni bitirib chiqayotgan talabalar bitta Sistemali biznes qiladi va Sizlar qanday yo'q bo'lib ketganingizni bilmay qolasizlar." - Laziz Adhamov

Qimmat sotish san'ati praktikumini to'liq shaklini MFaktorni YouTube kanalida tomosha qilishni tavsiya qilaman
#MFaktor #LazizAdhamov

@webdev07
🔥 Bugun xudo xohlasa Javascript 8- darsni o'tamiz 🥰

O'tgan darsimizning davomi, Javascript 8-dars,Javascriptda Objectlar haqida bo'ladi.

Agar siz dasturlashda yangi bo'lsangiz Javascriptni o'rganish uchun HTML va CSS dan ozroq xabaringiz bo'lishi kerak.

Bizning HTML va CSS bo'yicha darslarimiz mavjud. Youtube kanalimizda yoki @webdev_lesson kanalmizdan topshingizmi mumkin.

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menga qachon keladi omad va baxt ? ishoning va chekinmang fakat

«Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi»
©Earl Nightingale

@webdev07
Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

Video darslar.
C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
O'rganish : Oson.
The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.



2 – Codecademy

Mashqlar.
Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
O'rganish : Oson.
Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.



3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing
Elektron kitoblar.
Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.
Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.



4 – Wibit.net

Video darslar
C, C++ ,C#, Java, Python
Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.



5 – W3Schools

Mashqlar va maqolalar.
HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
O'rganish : Oson.
Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
@webdev07

Telegram | YouTube | Instagram
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@webdev07
👍1