Web Dasturlash kanali
9.34K subscribers
1.42K photos
445 videos
31 files
1.06K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
🚀 Servercore Toshkentdagi ma’lumotlar markazida bulutli GPU-serverlarini ishga tushirdi.

Serverlarda 24 GB xotirali NVIDIA A5000 videokartalar o‘rnatilgan — bu avvalgilardan ikki baravar kuchliroq. Bunday xotira katta AI modellar va ma’lumotlar bilan tez va qulay ishlash imkonini beradi.

🔹 Qayerda ishlatish mumkin:


Sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishda,
Ma’lumotlarni tahlil qilish va mashinaviy o‘rganishda,
3D modellashtirish va video tahrirlashda,
Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda.

🔹 Afzalliklari:

Buyurtmadan so‘ng server bir necha daqiqada ishga tayyor bo‘ladi.
Faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov qilinadi.
Loyihani kengaytirish uchun qo‘shimcha GPU’larni osongina qo‘shish mumkin.
Ma’lumotlar O‘zbekiston qonunlariga muvofiq mahalliy tarzda saqlanadi.

👉 GPU-serverni ijaraga olish: https://srv.cr/90vlo
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 YouTube eski videolar sifatini avtomatik ravishda 1080p gacha yaxshilaydi, hatto 144p va 240p sifatdagi videolarni ham.

Bu funksiya Full HD dan past sifatdagi barcha videolarga qo‘llaniladigan maxsus o‘qitilgan SI algoritmi asosida ishlaydi. Sifati yaxshilangandan so’ng, videolar Super Resolution belgisini oladi va agar xohlashsa, mualliflar bu funksiyani o’chirib qo’yishlari mumkin.

Kelajakda videolar sifatini 4K gacha oshirish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍9
Apple oʻzining yangi mahsuloti – "iPhone Pocket"ni (koʻrinishi paypoqqa oʻxshaydi) taqdim etdi. Narxi esa ajoyib: bittasi 250$! Bu pulga deyarli bitta eskiroq iPhone olsa boʻladi-ku 😁. Endi telefonni shu paypoqlarga solib, osib yursangiz boʻlar ekan agar xohlasangiz 😁.
😁16
🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da

Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish

Servercore kompaniyasi IT mutaxassislari, dasturchilar va biznes rahbarlarini o‘zining an’anaviy “IT-Plov” — yopiq biznes kechki ovqatiga taklif qiladi. Tadbirda provayder mutaxassislari hamda O‘zbekistonning yetakchi IT mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, AI/ML infratuzilmasi bilan ishlash bo‘yicha muhim savollarga javob berishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qiling.

Ishtirokchilar o'rtasida quyidagilar mavzularda muhokama olib boriladi:

O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi
AI/ML infratuzilmasini qurishdagi nozik tomonlar
Axborot xavfsizligi masalalari
Bulutli GPU-serverlarning imkoniyat va afzalliklari

Dastur haiqda qisqacha:

1️⃣ Bulutdagi GPU: AI/ML loyihalaringiz uchun hisoblash quvvati va xarajatni qanday muvozanatlashtirish mumkin?
Spiker: Ismoiljon Iminoxunov, Servercore kompaniyasining Senior Project Manager’i

2️⃣ Panel muhokamasi: AI uchun infratuzilma — o‘z ma’lumot markazingiz (ЦОД)mi yoki bulutli GPU’larmi? O‘zbekiston misolidagi real holatlar muhokamasi.

Ishtirokchilar:
Sunnat Shamuratov (Servercore, biznesni rivojlantirish direktori)
Ismoiljon Iminoxunov (Servercore)
Sardor Xashimov (Cybernet AI bosh direktori)
Davron Adilxo‘jayev (TBC Bank O‘zbekiston bosh axborot direktori)
Otabek Nasirov (Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi)

3️⃣ IT-Plov Networking: Kechki ovqat davomida mutaxassislar bilan norasmiy muloqot va tajriba almashish.


Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish