Web Dasturlash kanali
9.71K subscribers
1.42K photos
442 videos
31 files
1.06K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
🤯 Hamma programmistlikni va sun'iy intellekt zo'r deydi, lekin hech kim dasturlashda natijaga chiqish qadamlarini BEPUL o'rgatmaydi

Men Berdiyev Javohir TrastPay group tarkibidagi kompaniyada senior dasturchiman.

29-30-avgust kunlari soat 20:30'da Sun'iy intellekt va "Dasturlashda 0 dan top natijagacha" nomli mutloq BEPUL onlayn dars tashkil qilyapman.

Havolani bosib yopiq kanalga ulanishga ulguring, chunki vaqt kam.

👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👍3🔥2
Yandex Uzbekistan Dev Camp'ni ishga tushirmoqda — kelajak IT-mutaxassislari uchun imkoniyat

🧑‍💻👩‍💻 20 sentyabr kuni Toshkentda Dev Camp dasturiga start beriladi. U ushbu yo‘nalishdagi ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va karyera imkoniyatlarini o‘zida mujassam etadi.

Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 dasturi ochilishi INHA universitetida bo‘lib o‘tadi. Spikerlar orasida Yandex'ning O‘zbekistondagi xizmatlari ustida ishlovchi mutaxassislar — arxitektura bo‘yicha ekspertlar, yo‘nalish rahbarlari va backend dasturchilar bo‘ladi. Ular xizmatlarni masshtablash, algoritmlar va mashinali o‘qitish haqida so‘z yuritishadi.

Dev Camp dasturidan:
• backend dasturlash va algoritmlar bo‘yicha leksiyalar hamda vorkshoplar;
• code-battle'lar va demo-intervyular;
• HR-ekspertlar bilan karyera bo‘yicha sessiyalar;
• real loyihalarga yaqinlashtirilgan amaliy keyslar o‘rin olgan.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar sertifikat oladi, eng yaxshi qatnashuvchilar esa Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✏️👉 Qatnashish bepul, ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq.
👍8🔥2👨‍💻1
Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabul e’lon qildi!

14-17 yoshli o‘quvchilar uchun bepul Dasturlash maktabiga qabul boshlandi. Dasturda Python asoslari va kutubxonalar bilan ishlash o‘rgatiladi. Darslar Toshkent, Samarqand, Urganch shaharlarida hamda onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 18 sentyabrgacha test va suhbatdan o‘tish kerak. Arizalar 30 sentyabrgacha qabul qilinadi.

👉 ariza topshirish

O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda ish boshlagan. Ikki yil davomida 75 nafar o‘quvchi ushbu dastur bitiruvchisiga aylangan.
👍5🔥2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Eng zo'r Leetcode interview

Nvidiaga topshirganimda birinchi interview Hiring Manager bilan, ya'ni men topshirayotgan jamoaning manageri bilan bo'lgan. U juda noodatiy o'tdi va men uchun shu paytgacha o'tgan intervyularim ichida eng zo'ri bo'ldi.

Odatda intervyu olayotgan inson oldindan biror bir Leetcode masalani tanlaydi va unga juda yaxshilab tayyorgarlik qiladi. U masala haqida deyarli hamma narsani biladi.

Bu manager esa unday qilmadi. "Bunday qilsam adolatsizlik bo'ladi. Haqiqiy hayotda undan bo'lmaydi, muammo yechimini birga topishimiz kerak" dedi.

Nima qilamiz ekan deb o'ylab tursam, Leetcodega kirdi va random tugmasini bosdi. O'zi ham oldin ko'rmagan masala chiqdi va shu masalani ikkalamiz keyingi 30 daqiqa davomida birgalashib ishladik. Fikrlar almashdik, muhokamalar qildik. Masalani yechib submit qildik. Testlardan o'tdi.

Men ham interviewdan o'tdim. Shu yoqimli jarayon bo'ldi. Men ham intervyu olishni boshlasam shu usuldan foydalanaman deb o'ylab qo'ydim.

@jakhonrakhmonov
6👍1👨‍💻1