Web Dasturlash kanali
9.78K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​2-3 kun avval Facebookda "Yoshlar agentligi nima ishlarni amalga oshiryapti o'zi" ma'nosida savolni ko'rib qoldim. Ko'p ishlarni amalga oshirishyapti, mediada yorita olishmayapti xolos, deb javob bersam, aynan qaysilar deyilgan keyingi savol keldi. Bugun agentlikning bir loyihasi haqida yozib o'tmoqchiman.

Bir vaqtlar nogironligi bor, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan o'quvchilarni nodavlat ta'lim muassalarida o'qishi muammo edi. Ba'zi holatlarda ta'lim muassasalari ular uchun chegirma berishardi yoki cheklangan holatda ta'lim muassasalari va homiylar tomonidan grantlar ajratilardi. Bugun esa yuqoridagi toifalar xususiy IT ta'lim muassasalarida 6 oygacha mutlaq bepul o'qishlari mumkin. Qanday qilib deysizmi, quyida tushuntiraman.

Birinchi marta Alisher Sa'dullayev bilan bu haqida gaplashganimizda o'quvchilar to'lovni qaytaradigan tizim qilinsa, davlat avval to'lab bersa, o'quvchilar keyinchalik qaytarsa ham mayli, deb aytgandim. Yo'q, Yoshlar agentligi jamoasi bu ishni to'liq bepul qilib, butun mamlakatni qamrab oladigan tizimni qila olishdi. Endilikda nogironligi bor, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar Yoshlar agentligi tashabbusi va qo'llovi bilan boshlangan "Kelajak kasblari" loyihasida Najot Ta'limda va shu kabi IT ta'lim muassasalarida ham o'qishlari mumkin. To'lov pulini esa Yoshlar agentligi joylardagi hokimliklar bilan birgalikda "Yoshlar daftari" hisobidan qoplab berishadi. Eng asosiysi to'lovlar siz va bizning soliqlarimiz hisobidan qoplanadi. Ya'ni soliqlarimiz shunday xayrli ishlarga sarflanadi.

O'qish uchun yoshlardaftari.uz ga kirishi va ro'yxatdan o'tishi kifoya. Tizim uyog'ini nazoratga oladi. Bu qilinayotgan ishlardan bir misol xolos. Alisherni va agentlikni bilganim uchun ular haqida yozyapman.

Alisher shu tizim uchun sizga va jamoangizga alohida rahmat aytaman, yigit-qizlar nogironlik aravasida kelib ta'lim olishyapti, nasib qilsa natijalar bo'yicha alohida video olamiz.

Ma’lumot uchun hozirga qadar mazkur loyiha orqali 3423 nafar yoshlarga o'qish xarajatlarini qoplash uchun 5 milliard 33,2 million so'mdan ortiq mablag' ajratilibdi.

So'ragan bo'lar edim, ushbu loyihani yuqoridagi haqdorlarga yetkazishda yordamchi bo'laylik, saxovatpesha insonlar shu o'quvchilar uchun notebookka yordam qilsalar maqsadga muvofiq bo'lar edi.
👍24👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu millat qora mehnat qilishga loyiq millat emas!

Siz — ziyoli millat vakilisiz! Bu millat shonli o'tmishga ega bo'lganidek, uning kelajagi ham porloq bo'lmog'i darkor. Shu maqsad yo'lida birlashib, harakat qilish siz-u bizning millat oldidagi vazifamizdir.

@webdev07
👍44👏6
​​JavaScript framework'lari haqida.

🔷 Framework bu maʼlum bir dasturni maqsadli tarzda yaratish uchun mo‘ljallangan funksiyalar yig‘indisidir.

🔷 O'zimiz uchun Framework tanlashda biz uning qanchalik ommaviyligi, vaqt o'tishi bilan o'zining ommaviyligini saqlab qolishi va bozordagi talabiga qarab tanlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.

🔷 Hozirgi kunga kelib JavaScript uchun mo'ljallangan Frameworklar juda ko'p va ular orasida eng ko'p ishlatiladiganlariga to'xtalib o'tamiz. Bular React, Angular va Vue.

🔷 Amerikaning Indeed.com saytining o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra ish beruvchilar talabi quyidagicha.
Unga ko'ra:

- Vue.js 0.8 %
- Angular 21.0 %
- React 78.1 %

talab natijalari e'lon qilingan.

🔶 Angular - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan JavaScript framework! U bizga, ya'ni dasturchilarga sahifani yanada dinamik qilishda yordam beradi, Angular 2016 yil 14 sentabrda keng ommaga taqdim etildi. Shu kundan beri web dasturchilar tomonidan juda keng qo'llanib kelinmoqda va dasturlashdagi eng so'nggi texnologiyalar sirasiga kiradi.

🔶 Vue - bu 2013-yilda ishga tushirilgan, juda moslashuvchan foydalanuvchi interfeyslari va murakkab yagona sahifali ilovalarni yaratishga moslangan JavaScript kutubxonasi hisoblanadi.

🔶 React - bu Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end JavaScript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

☑️ Xulosa: Haqiqiy dasturchi uchun tanlovning hech qanday muhim farqi yo'q, chunki dasturchi faqatgina yangi narsalarni o'rganish uchun vaqt sarflaydi. Professional dasturchilar ko'pincha ReactJS va Angular 2/4/5 bo'yicha tajriba orttirishadi, lekin Vue.js'dan ham foydalanib turishadi. Har bir tizimning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, ya'ni mahsulotni ishlab chiqishda har bir ish uchun faqat to'g'ri tanlov bo'lishi kerak.


🔺 Agar siz JavaScript Frameworklari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz
o'zbek tilidagi darslar 👇🏻:
Angular darslari Farhod Dadajonov
ReactJs darslari Alisher Musulmonov
Vue Js dan o'zbekcha yaxshi kantent topa olmadim, agar siz bilsangiz izohlarda qoldiring
Boshlang'ich HTML CSS va JavaScript darslarini
kanalimiz orqali videoni tomasha qilishingiz mumkin.

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
👍24
😁163👍228🤨6👏41
Forwarded from Dasturlash Olami (أحمدجون)
#tatu
TATU talabalari tushunadi… 😂

TATU da o'qiydigan talabalar bormi?

👉
Telegram|Youtube
😁111👍19👏6🤣3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga choyxonani atmen qilamizmi deyman 😁

@javohir_webdev
😁56👍106
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Dunyoga mashhur 6 ta buyuk dasturchilar!

1. Larri Peyj va Sergey Brin – Google yaratuvchilari.
2. Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmog’i yaratuvchisi.
3. Donald Knut – Algoritm qiroli;
4. Brendan Ike – JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi.
5. Jeyms Gosling – Java dasturlash tilini yaratuvchisi.
6. Bjarne Straustrup – C++ dasturlash tili asoschisi.

P.s. Siz ham buyuk bo'lishingiz mumkin. Faqat o'z sohangizning professionali bo'ling. Aynan IT sohada bo'lishingiz shart emas.
👏60👍8🤨6
Matemetikani yaxshi biladiganlar bormi 😁

@webdev07
😁210👍26🤣18🤨6👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Kiberxavfsizlik bo'yicha lektorium — YouTube version

🕵️‍♂️ Mehmon spiker — Alisher Tojiyev — Kiberxavsizlik bo'yicha mutaxassis, "Project Managers" IT-kompaniyasi asoschisi, "UIC Group"da IT-doktor (maslahatchi) sifatida faoliyat yurituvchi haqiqiy "MONSTER" kadr😎

🎞 Video davomida:

💣 IT sohasida loyiha boshqaruvi
💣 Web 3.0
💣 Metaolam kabi foydali ma'lumotlar sizni kutmoqda.

To'liq video : youtu.be/7MVb9hYPCsI
👍21👨‍💻31
❇️ Codier.io - Frontend Dasturlash bo'yicha tajribangizni oshiring

Codier.io veb saytida ko'pgina qiziqarli vazifalar berib o'tilgan va vazifalar oson darajadan murakkab darajagacha mavjud. Bu vazifalar orqali HTML, CSS, JavaScript bo'yicha tajribangizni mazza qilib mashqlarni bajarish orqali oshirsangiz bo'ladi.
Ko'p foydalanuvchilarimizdan har xil savollar kelib tushmoqda, qanday qilib frontendda o'zimni tajribamni oshirsam bo'ladi yoki qandaydir yaxshiroq topshiriqlar bormi? degan foydalanuvchilarimiz uchun juda foydali sayt.

↗️ Codier.io veb saytiga o'tish - https://codier.io/

@webdev07
👍20
Telegram akkauntlarini ommaviy oʻgʻirlash holatlari koʻpaydi

Firibgarlar soxta havola orqali foydalanuvchi profilini qoʻlga kiritmoqda.

17-dekabr kuni Telegram foydalanuvchilari profillarini noqonuniy egallab olishga urinishlar koʻpaygani kuzatildi.

Firibgarlar ishlatayotgan usul taxminan quyidagicha: foydalanuvchi oʻz kontaktlaridan biridan sovgʻa – Telegram Premium’ga obuna boʻlish haqida xabar olishi mumkin. Akkaunt egasi xabardagi tugmani (yoki havolani) bosadi, shundan soʻng u Premium obunani «faollashtirish» uchun avtorizatsiya kodini oladi. Foydalanuvchi kodni kiritadi, oqibatda firibgar uning akkauntini oʻz kompyuterida ochadi. Shundan soʻng, oʻgʻirlangan akkauntdan bu xabar kontaktlar roʻyxatidagilarga joʻnatiladi. Oqibatda, akkauntlarning ommaviy oʻgʻirlanishiga yoʻl ochiladi.

Mutaxassislar Telegram foydalanuvchilarini ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishga chaqirmoqda, bunda hatto kodni kiritgandan keyin ham tajovuzkorlar faqat akkaunt egasi biladigan parolni kiritishi kerak boʻladi.

Avvalroq firibgarlar Telegram akkauntlarini oʻgʻirlash uchun turli tanlovlarda ishtirok etish taklif qilingan havolalar joʻnatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

👉 @ITmavzu
👍22
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. "Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi" degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev
👍394🤓3
Forwarded from Sariq Dev
Ingliz tili yetarlimasda... 😅
🤣227🥴37👍10🤓8👎4🎉21