Web Dasturlash kanali
9.85K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Tavsiya qilinadigan 3 kitob

Dasturlashni o'rganishdan puldan boshqa maqsad topa olmaydiganlar yuqoridagi kitoblarni o'qimagan bo'lsalar kerak.

Ilm o‘rganish har bir musulmon uchun farzdir

Abu Dardo’ raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar.

Siz qanday kitoblarni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
@javohir_webdev
Kechasi ishlaydigan do'stlarimizga omad 😁👍

@webdev07
👍2
Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling! 😆

@webdev07
Janubiy Afrikada futbol o'yinida eng yaxshi o'yinchiga 5gb li internet paket sovg'a qilishibdi.
Mo.js - motion grafika yaratish uchun kutubxona

Yangi developerlar uchun animatsiyalarni yaratish eng qiyin ishlardan biridir. Mo.js kutubxonasi bu jarayonni soddalashtiradi va uni nafaqat oson, balki yoqimli qiladi.

Ushbu kutubxona yordamida yaratilgan animatsiyalar tezda yuklanadi, muammosiz ijro etiladi va ekranning istalgan o'lchamiga moslashadi. Kutubxona 2016 yildan buyon izchil rivojlanib bormoqda va hali ham mashhur va talabga ega.

LINK 👉 https://mojs.github.io/

@webdev07
Ish qidirishga kirishish

Ish qidirishga kirishish kerak, internet, telegram kanallarida e'lonlar beradigan kanallar, sahifalar bor. O'sha joylardan qidirish ish topishda yordam berishi mumkin. Ba'zi bir kanallar Ustoz shogird, UzDev jobs shular jumlasidan.

Resume ,CV tuzishingiz kerak va ishga topshirayotgan paytingiz barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiritishingiz kerak. Internetdan qidirib, "How to write CV as a junior web developer?" deb yozsangiz juda ham ko'p ma'lumot topishingiz mumkin.

Hozircha shular edi, maqola yozishda hali chaqaloq bo'lishimizga qaramasdan internet ma'lumotlaridan foydalanib qo'ldan kelgancha yetkazishga harakat qilyapmiz.

@javohir_webdev
👍2
Qayerdan ish topsa bo'ladi!

Ish juda ham ko'p faqat yaxshi mutaxassislar kam!
Ishingizni ustasi bo'ling abatta ishingizni topasiz.

Saytlar:
Olx.uz;
Ishkop.uz;
Rabota.uz.

Telegram kanallar:
@rizqimuz;
@Click_jobs;

Dasturchilikni o'rganib, qanday ish topaman deb yurgan bo'lsangiz bu post aynan siz uchun!

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimizdagi darslarni 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun 👇

🔸HTML
🔹CSS
🔸JavaScript
🔹jQuery

tez kunda react darslarimizni boshlaymiz 🥳
savol-javob uchun @webdev07_lesson
​​🔷 Foydalanuvchi saytni shunchaki varaqlab, tezda undan chiqib ketmasligi, balki saytda qolib, undan oʻzi uchun biror ma’lumot olish imkoniga ega boʻlishi uchun uni jozibador va tushunarli qilish juda muhimdir. Aksariyat hollarda, bu muammo UX (user experience – soʻzma-soʻz tarjimasi “foydalanuvchi tajribasi”) tomonidan hal qilinadi. Keling, web - dizayndagi soʻnggi tendensiyalar haqida biroz soʻz yuritamiz.

⭐️ Minimalizm
Kamroq tafsilotlar, oddiy kontrastli sxemalar, sarlavhalar - bu e’tiborni jalb qilsada, ortiqcha diqqatni jamlashni talab qilmaydi, sahifalarning tez ochilishi esa qiziqishni yanada oshiradi.

⭐️ Diqqat markazida - Foydalanuvchi
Bu yerda hamma narsa foydalanuvchi uchun qulay boʻlishiga qaratilgan: u qaysi tugmani bosishi va havola qayerga olib borishi haqida oʻylashiga hojat yoʻq, hammasi yozib qoʻyilgan, aniq va shaffof.

⭐️ Qiziqarli varaqlash animatsiyasi
Varaqlash paytida har bir qadam orqali alohida elementlar paydo boʻla boshlaydi va ular bora - bora bir butunga aylanadi, masalan, interfaol salomlashish singari.

⭐️ Tovarlarning yorqin fotosuratlari
Soʻzlar oʻrniga yuqori sifatli fotosuratlar ajoyib natijani beradi - bu Apple tomonidan tekshirib koʻrilgan.

⭐️ Sarlavha videosi
Saytni ochganingizda darhol koʻzga tashlanadigan ovozsiz qisqa jozibali video saytga tashrif buyuruvchilarga yetkazmoqchi boʻlgan barcha axborotlarni tezda namoyish etishning eng yaxshi variantidir.

⭐️ Avval mobil variant
Aksariyat foydalanuvchilar saytni mobil qurilmadan koʻrishadi, shu sababli web-sahifa unga moslashtirilishi kerak, ya’ni - qisqartirilgan menyu va yordam beradigan soddalashtirilgan bannerlardan foydalanish kerak.

⭐️ Sarlavha
Asosiysi, tashrif buyuruvchi sarlavhada saytingiz nima haqidaligini koʻrishi kerak. Salmoqli sarlavha, tekis harflar va yorqin, bir xil rangdagi fon buning uchun ayni muddao.
Maqola tushunarli bo'lgan bo'lsa, ushbu maqolani do'stlaringiz bilan bo'lishing va layk bosing. Kanalga a'zo bo'ling! manba: @IntellectClubUz

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
Coderbyte.com ― 200 dan ortiq, 10 ta dasturlash tili bo'yicha bepul darsliklar jamlangan eng yaxshi va eng ishonchli sayt. Barcha uchun tavsiya qilaman. Ayniqsa 0 dan boshaloqchi bo'lgan uchun ham. Shuningdek o'z tajribalarini oshirmoqchi bo'lgan qolgan dasturchilar ham juda qulay keladigan sayt ekan.

P.s: Sayt haqida o'z fikr-mulohalaringizni izohlarda yozib qoldiring, do'stlar...

👉 @webdev07
UI/UX dizayneri qanday ishlarni bajaradi?

Bu kasb ham zamonaviy kasblarning biri. Bu kasb egalari web dasturchilar bog'liq desam ham bo'ladi. Chunki bu dizaynerlar asosan internet saytlar, onlayn platformalar, ilovalar dizayni tayyorlaydilar. Dasturchilar esa yuqoridagi aytilganlarni dasturlaydilar :)

Ular asosan Adobe XD, In Design, Photoshop, Illustrator va iloji bo'lsa, 3Ds max, Lumion kabi dasturlarni ham bilsalar, juda foydali bo'ladi. Chunki bu dasturlar albatta kerak bo'lib qoladi.

Ularning daromadi kelsak, ularning 1 yillik tajribaga ega mutahasislari o'rtacha 300-700$ daromad topadi. Albatta bu o'zining harakatiga bog'liq.

P.s: Oramizda UI/UX dizaynerlari bo'lsa, portfolio manzillarini izohlada qoldirsin...

👉 @webdev07
👍1