Web Dasturlash kanali
9.79K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
❇️ Codier.io - Frontend Dasturlash bo'yicha tajribangizni oshiring

Codier.io veb saytida ko'pgina qiziqarli vazifalar berib o'tilgan va vazifalar oson darajadan murakkab darajagacha mavjud. Bu vazifalar orqali HTML, CSS, JavaScript bo'yicha tajribangizni mazza qilib mashqlarni bajarish orqali oshirsangiz bo'ladi.
Ko'p foydalanuvchilarimizdan har xil savollar kelib tushmoqda, qanday qilib frontendda o'zimni tajribamni oshirsam bo'ladi yoki qandaydir yaxshiroq topshiriqlar bormi? degan foydalanuvchilarimiz uchun juda foydali sayt.

↗️ Codier.io veb saytiga o'tish - https://codier.io/

@webdev07
Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

Javascript
barcha web-dasturlarni yaratishda qo‘llaniladigan dasturlash tili hisoblanadi. Dasturlashni endi boshlaganlar HTML va CSS bilan birgalikda Javascript ham o‘rganishlari lozim.

HTML - asosiy struktura va uning tarkibini shakllantiradi.

CSS - web-saytning maketi va dizayni uchun ishlatiladi.

Javascript - web-saytning dinamikasi va ba’zi animatsiyalari uchun kerak.

Web-dasturlashda Javascriptning o‘rni juda muhim. Quyida esa Javascriptni o‘rganishda siz uchun foydali bo‘lgan ba’zi manbalarni keltiramiz.
davomi...
https://telegra.ph/Javascriptni-organish-uchun-10-ta-eng-yaxshi-web-sayt-11-16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Dasturchi bo'lish uchun 10ta sabab .

👉 @webdev07
Ramazon xayitingiz muborak aziz yurtdoshlar!

@webdev07
JavaScriptni yangi boshlanuvchilar uchun oson bo'lmasligi aniq 😂😁

@webdev07
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAXSHILIK

Tasavvur qiling, bir dona futbolkani xarid qilish orqali, kimningdir hayotini saqlab qolish imkoniyatingiz bor.

Bu o’tkinchi dunyoda, insonlarga yordam berish, eng ulug’ maqsadlarimizdan biri bo’lmasa, qolgani ahamiyatli emas.

Har bir harakatimiz bizni buyuk inson darajasiga olib chiqishi mumkin!

Ilon Masklar kabi dunyo iqtisodiyotiga hissa qo’shmasangiz ham.

Bir tirik jonni saqlab qolyapsiz.

Harakatda barokat.

Sizning yordamingizga muhtoj insonni hayotini o’zgartiring.

Befarq bo’lmang!

ASRAB QOLING!⠀
#asrabqoling
@osmondagibolalarr#turdievmethods

@webdev07
JavaScript’ni o‘rganmoqchimisiz? Marhamat, batafsil reja
#qism1
Web
-dasturchi — boshlovchi dasturchilar uchun eng oson va shu bois eng ommalashgan yo‘nalish hisoblanadi. Ishlash uchun istalgan matn muharriri va brauzer yetarli bo‘ladi, chuqurlashgan darajada algaritmni o‘rganish shart emas. Dasturni yozishning har bir bosqichi natijasi ko‘rinib turadi. Umuman olganda, ustunligi anchagina. Veb-dasturchi bo‘lishning muhim jihati, bu JavaScript’ ni o‘zlashtirish hisoblanadi.

Hozirda JavaScript juda jadal rivojlanayapti, shu bois tilini o‘rganishda adashib ketish hech gap emas. E’tiboringizga qulay tuzilmadagi o‘quv rejasini taklif etamiz, unda JavaScript va shunga o‘xshash texnologiyaning eng zarur jihatlari qamrab olingan.

Nima uchun JavaScript?

Tilining ochiqligi e’tiborga loyiq. Odatda bir-biri bilan raqobatlashayotgan kompaniyalar ham JavaScript’ni rivojlantirish uchun hamkorlik qiladi. Tili juda moslashuvchan va ob’yektli-mo‘ljalli tarafdorlari uchun ham, funksional yondoshuvchilar uchun ham to‘g‘ri kelaveradi. Katta miqdordagi kutubxona va freymvorklari turli darajadagi vazifalarni hal eta oladi, Node.js server platformasi esa tilni nafaqat brauzerda, balki konsolda ham ishlatish imkonini beradi. Siz hatto stol ustida yoki mobil ilovalarini ham yozishingiz mumkin: birinchisini Electron freymvork yordamida, ikkinchisiniesa, NativeScript yoki React Native yordamida. manba: terabayt.uz

@webdev07
🔥 Javascript 1-dars ummiy ma'lumotlar, Jascript haqida, unga kirish editorni o'rnatib olish.

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
​​Dasturchilar qobiliyatlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak

Dasturchilar, boshqa mutaxassislar singari, doimiy ravishda rivojlanishi kerak. Bugun biz sizga takomillashtirilishi kerak bo'lgan ko'nikmalar haqida gapiramiz.

👨🏻‍💻 Klaviaturada yozish tezligi
Ushbu ko'nikma loyihani qanchalik tez bajarishingizni va uning qanchalik katta bo'lishini belgilaydi. Ideal holda, siz kodni klaviaturaga qaramagan holatda yozishni o'rganishingiz kerak. Bunda sizga turli xil bosma simulyatorlar yordam beradi.

🇬🇧 Ingliz tili
IT bo'yicha eng yangi va eng zamonaviy ma'lumotlar har doim ingliz tilida chiqadi. Albatta bu bir kun o'zgarishi mumkin, ammo yaqin orada emas. Agar siz hamma yangiliklardan xabardor bo'lishni va faqat eng yaxshilaridan foydalanishni istasangiz, unda chet el manbalarini o'qing.

🧩 Mantiq
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilgan amallar ketma - ketligi. Ushbu mahoratni rivojlantirish orqali dasturchi o'z ishining tezligini va kodning " tozaligini " oshiradi, bu uning loyihasida kamroq xatolarga olib keladi.

Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
Siz keltirib o'tilgan qanday mahoratni mukammal egalladingiz?

@webdev07 | manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 kun treningda o’rgangan bilimim 4 yil universitetda o’qiganimdan foydali bo’ldi!

🔗 Havola: https://youtu.be/fiH9qrKMe2Y
FrontEnd va BackEnd nima o'zi?
Front end dasturchi bo'lish uchun nimalarni bilish kerak ?

Bugun YouTubeda shu savolga qisqa javob berib o'taman. (yangi video bir ozdan so'ng)
FrontEnd va BackEnd nima o'zi?
link 👉 https://youtu.be/rk9ImNFlGAY
Ko'pchilik antivirus kompyuter tez ishlashiga yordam beradi deb o'ylaydi 🤦‍♂. Free antivirus kompyuter ishlashiga zarar olib keladi. Ularning o'zi virus 😂


@webdev07
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashda eng katta daromad topadigan Sohani bilasizmi?
Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

Video darslar.
C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
O'rganish : Oson.
The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.



2 – Codecademy

Mashqlar.
Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
O'rganish : Oson.
Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.



3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing
Elektron kitoblar.
Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.
Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.



4 – Wibit.net

Video darslar
C, C++ ,C#, Java, Python
Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.



5 – W3Schools

Mashqlar va maqolalar.
HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
O'rganish : Oson.
Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram