Web Dasturlash kanali
9.79K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
consolega nima chiqadi ?
Anonymous Quiz
29%
16
46%
2
16%
4
9%
undefined
👨‍💻 Dasturchilik sohasida tajriba orttirmoqchi bo'lganlar va yangilar uchun qo'shimcha maslahatlar.

🔴 Ko'pchilik sohada tajribani ko'paytirish maqsadida shogirdlikka tushadi yoki treninglarda qatnashadi. Albatta bularning tajriba uchun yaxshi foydasi bor. Lekin siz kattaroq tajriba orttiqmoqchi bo'lsangiz quyidagilarni bajaring:

🔻 O'z sohangizga oid ishlarni iloji boricha ko'proq bajaring. Hatto ular bepul bo'lsa ham va siz tayyorlayotgan ishlar mavjud bo'lmasa ham. Bu sizga tajriba orttirishingiz uchun katta foyda beradi va kelajakda albatta tirgak bo'ladi.

🔻 O'z sohangizda tajribangiz 4-5 yildan kam bo'lmasa, shogird oling. Shogirdlarga o'rgating. Kerak bo'lsa, shogirdlardan ham o'rganing. Qolaversa shogirdlar bilan birga siz ham o'rganing. Bu ham sizga hech bo'lmaganda bitta shogird chiqarginingizcha anchagina tajriba beradi.

🔻 Dasturchilik sohasidagi katta tajribaga ega dasturchilarning ishlari (va shaxsiy bloglari) ni kuzating. Ularnikidek ishlarni siz ham tayyorlashga harakat qilib ko'ring. Bu bilan ulardan o'g'irlang demoqchi emasmiz, aksincha ulardan ko'chiring 😉 Bu esa sizga boshqalardek bo'lishga va ularnikidek tajribali bo'lishingizga ozgina bo'lsada hissasini qo'shadi.

@webdev07
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 29 yil bo'ldi.

#html #css bilan bayrog'ni birgalikda yasab ko'ramiz

@webdev07
Xatolar bu sizni to'xtatmasigi kerak, Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarilsa rivojlanish, o'sish mumkin 😊

@webdev07
🔥1
​​UX/UI dizayn nima? U haqida batafsil

Yangi boshlovchilar uchun UX va UI bilan bog'liq juda ko'p tushunarsiz savollar mavjud. Ko'pincha, oddiy odamlar UX / UI kontseptsiyasining mohiyatini bilmasliklari va nima haqida gaplashayotganlarini bilmasliklari sababli, ular o'zlari bilgancha talqin qilishadi.

Men hozir mavjud bo’lgan "UX / UI dizayni" haqidagi xato fikrlarga butunlay nuqta qo’ymoqchiman.

Siz biror marta arifmometr (hisoblash qurilmasi) tugmasini bosganmisiz, pichoq charxlagichning ushlagichini aylatiriganmisiz yoki smartfon telefoningiz ekranini surganmisiz ?

Albatta bularning biron-birini qilgansiz, bularning barchasi interfeyslar hisoblanadi. Ular yordamida siz mexanizmga ta’sir o’tkazasiz. Buning uchun interfeys aynan elektron ko’rinishda bo’lishi shart emas. "interface" so'zi ingliz tilidan bizga juda yaqin vaqtlarda o’zlashtirildi va texnologiyalar va elektronlashgan bir davrda bu bizga elektron qurilma ekrani sifatida tushunilib qolindi.

UX/UI dizaynerining maqsadi foydalanuvchi interfeysini ba'zi mantiqiy nuqtaga olib kelishdir. Shunday qilish kerakki, foydalanuvchi o’z maqsadiga erishsin.

UX/UI’ning to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi

UX - User Experience (so'zma-so'z: "foydalanuvchi tajribasi"). Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlay oladigan tajriba / taassurot. U maqsadga erishish oladimi va buni bajarish qanchalik oddiy yoki murakkab shuni belgilaydi.

UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi") - interfeysning qanday ko'rinishda va qanday jismoniy xususiyatlarga ega bo'lishi. Mahsulotingiz qanday rangga ega bo'lishi, foydalanuvchilar uchun mahsulotingiz tugmalarini bosish qulay bo’ladimi, unga yozilgan xarflarni o’qish qulaymi…

UX/UI dizayn - bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish hisoblanadi.
manba:teletype.in

Dizaynga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!
Comment nima maqsadda kod yozilganini(vazifasini) bildirish uchun yoziladi. Kod nomini yozish uchun emas 😕

@webdev07
🔥1
⁉️ Ko'pchilik mustaqil o'rgana olmasligining yoki juda qiynalishining sababini bilasizmi ?
Chunki ularning ko'pchiligida yaxshi reja bo'lmaydi.

Men sizlarga yaxshi bo'lgan reja beraman.

Front endni o'rganishni maqsad qilgan lekin nimadan boshlashini yoki yarim yo'lda nimadan davom etishni bilmayotganlar uchun ajoyib reja. https://flaviocopes.com/vue-developer-roadmap/


Agar siz bu reja bo'yicha yaxshilab o'rganib borsangiz ishoning, albatta, juda zo'r darsturchi bo'lib chiqasiz ❇️

@webdev07
JavaScriptni qaysi HTML tag ichiga e'lon qilamiz(joylashtiramiz)?
Anonymous Quiz
10%
<scripting>
23%
<javascript>
46%
<script>
9%
<js>
12%
Javascript htmlda e'lon qilinmaydi