Web Dasturlash kanali
9.76K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
๐Ÿ–ฅ Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

โ‰๏ธIT blog: @javohir_webdev

๐Ÿ˜Ž Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ“ข Birinchi zamonaviy kasblar maktabi Wepro
Samarqandda ochildi.

Va nixoyat mutaxassislar bilan offlayn tarzida
o'qishni imkoniyati bor.

Yangi "Web-dasturlash" guruhlarga qabul ochildi,
aytgandek men o'zim dars beraman. Guruhga qo'shilish uchun www.wepro.uz saytimizda ro'yxatdan o'ting yoki menga yozing.

Maktabimiz manzili: IT-PARK, GroundZero, Samarqand.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Batafsil ma'lumot uchun - @weprouz ga yozing.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasida ishlash uchun INHA yoki TATU'da 4 yil oโ€˜qish shartmi?

โœ… @webdev07
Ertangi darsda CSS darsmizning oxiri darslaridan bir saytni responsive(moslashuvchanlik) qilishni o'rganamiz

Ertadan Insha'Alloh darslarni boshlaymiz ๐Ÿ˜Š
โœ… @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi darsda CSSda mana shunday ajoyib menu yasab ko'ramiz va darsmizning oxiri darslaridan bir saytni responsive(moslashuvchanlik) qilishni o'rganamiz

โœ… @webdev07
๐Ÿ’ป Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas


๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
โœ… @webdev07
โ€‹โ€‹Gigant IT kompaniyalarga ishga kirish uchun intervyu savollar qanday bo'ladi?

Bilamizki Facebook, Amazon, Google, Apple va shunga o'xshash IT kompaniyalarga har yili ko'plab dasturchilar ishga kirish uchun suhbatdan o'tishadi! Intervyular davomida dasturchilar har xil qiyinchiliklardagi sinovlardan saralanib oladi.

Ko'pchilikni qiziqtiradigan savollardan biri Intervyu savollari qanday bo'ladi? qiyinmi yoki osonmi degan so'zlarni qo'shib qoyishadi ba'zida ๐Ÿ˜„
To'g'ri har bir intervyuning o'ziga yarasha qiyinchiliklar mavjud. Kelinglar intervyu savollari qanday bo'lishi haqida gaplashamiz!
Intervyuda asosan sizga Algoritm va Data Struktura bo'yicha savollar va amaliy topshiriqlar tushadi. Siz sinovdan o'tayotganingizda qancha texnologiyalar, dasturlash tillarini bilishingiz muhim emas. Dasturlash tillaridan C++, Java, Swift, JavaScript va shunga o'xshash dasturlash tillaridan birini yaxshi bilsangiz shuni o'zi kifoya. Shu dasturlash tillaridan birida sizga berilgan algoritmga oid masalalarni yechib berishingiz kerak bo'ladi.

Bundan ko'rinib turibdiki Gigant IT kompaniyalardagi ishga kirish uchun bo'lib o'tadigan intervyularni asosiy qismi Algoritm va Data Strukturalar bo'yicha bo'lib o'tadi.
Algoritmni YouTube yoki boshqa o'quv online platformalari orqali o'rganish mumkin. Algoritmga oid masalalarni esa LeetCode platformasi orqali yechishingiz mumkin bo'ladi. LeetCode masalalari bo'yicha o'zbekcha guruh ham tashkil qilingan, guruhga o'tish uchun bu yerni bosing.

โœ… @webdev07
๐Ÿ‘2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐ŸŒ™ Tunda ishlashning ham o'ziga yarasha gashti bor!

โœ… @webdev07
๐Ÿ‘1
โ€‹โ€‹๐Ÿ’ป Professional dasturchi kim?

Dasturlash deganda โ€œHello worldโ€ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qoโ€™yib, oโ€™zini dasturchi hisoblash toโ€™gโ€™ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega boโ€™lishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni toโ€™liq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi boโ€™lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak.

Fikrimga koโ€™ra, quyidagi xususiyatlarni oโ€™zida mujassamlashtira olgan kishini professional dasturchi, desak boโ€™ladi:

โœ… Dasturlash tilini mukammal darajada biladi;
โœ… Muammolarga kam kod bilan yechim topa oladi;
โœ… Eng zamonaviy dasturlash uslublaridan foydalanadi;
โœ…Dasturlash va til yangiliklari, trendlaridan xabardor;
โœ… Oโ€™z ustida har kuni ishlaydi va zamondan ortda qolmaydi;
Jamoa boโ€™lib ishlay oladi va boshqalarga yordami tegadi;
โœ… Faoliyati davomida bir necha oโ€™nlab dasturlar yaratgan;
โœ… Bir vaqtning oโ€™zida bir nechta muammo bilan ishlay oladi;
โœ…Sohasi doirasidagi boshqa dasturlash tillarini oson oโ€™rganadi;
โœ… Har qanday masalani dasturlash orqali hal qiladi oladi.

Dasturchi hech qachon dasturlash yoki dasturlash tilini toโ€™liq bilib olishi mumkin emas. Muammo va oโ€™rganilishi kerak boโ€™lgan masala har doim topiladi. Shu sababli dasturchi doimiy izlanishda boโ€™lishga majbur. Dasturchining har bir kuni oโ€™rganish bilan oโ€™tadi.

Necha yilda Dasturlashni oโ€™rganish mumkin?

Professional dasturchi boโ€™lib yetishish uchun yillar talab etiladi. Aynan necha yil talab etilishi, albatta, kishining oโ€™ziga bogโ€™liq. Dasturlash tili sintaksisini oโ€™rganish, qaysidir tilda kod yozishni boshlash ikkinchi darajali ish. Eng muhimi โ€“ dasturchidek fikrlash. Dasturchidek muammoning eng optimal yechimini topa olish kishining qachon, yoki qanchalik tez professional dasturchi boโ€™lib yetisha olishini aniqlab beradi.

Aslida, dasturchilik doimiy izlanish va oโ€™rganishdan iborat kasb. Shunday ekan, bu kasbga mehr qoโ€™ydingizmi โ€“ uning necha yil talab qilishiga eโ€™tibor bermasdan oโ€™rganishni boshlang. Qancha koโ€™p ishlasangiz, tajribangiz shuncha yuqori darajaga koโ€™tariladi. Bilimingiz oshgani sari dastur yozish qobiliyatingiz oddiydan murakkabga qarab oโ€™zgaradi.

Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi boโ€™lib yetishishingizni faqat oโ€™zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi oโ€™zingizga bogโ€™liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, koโ€™proq tajriba yigโ€™ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, oโ€™zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi boโ€™lib yetishasiz!

โœ… @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoni katta komponyalariga dasturchilar kerak.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Hozirgi kunga kelib dunyoning ko'plab kompaniyalariga dasturchi mutaxasislar kerak. Ayniqsa pandemiya sharoitida dasturchilarga bo'lgan talab yanada ortdi. Demak dasturlash sohasida mutaxasislar kundan kunga talab ortmoqda.

๐Ÿ”ด Ammo ba'zi bir insonlarni va ota-onalar hali ham quyidagi savollar qiynayapti: ๐Ÿ”ป

๐ŸŒ€ Yoshlar qaysi sohani tanlagani ma'qul?
๐ŸŒ€ Kelajakda qaysi kasblarga talab ortadi?
๐ŸŒ€ IT mutaxasislari qachon ishsiz qolib ketadi?
๐ŸŒ€ O'zbekistonga qachon top IT kompaniyalari kirib keladi?

๐Ÿ”บ Bu kabi savollarga millioner Bobir Akilkhanov javob berdilar.

โœ… @webdev07
Kechasi ishlaydigan do'stlarimizga omad ๐Ÿ˜๐Ÿ‘

โœ… @webdev07
๐Ÿ”ฅ1
๐Ÿ”ฅ Ertagi darsimiz Bootstrap haqida bo'ladi.

Bootstrap haqida yuqoridagi maqola bilan qisqacha tanishib olsangiz bo'ladi. โ‰๏ธ Savolingiz bo'lsa commentda qoldirsangiz bo'ladi ๐Ÿ˜‰

โœ… @webdev07
โ€‹โ€‹๐Ÿ’ป Frilanser boโ€™lib pul ishlashni
qanday boshlash kerak?

Keling, frilanser kim ekanligini aniqlab olamiz?

Frilanser, loyihalarni mustaqil ravishda izlab, mijozlar bilan muzokara olib boradigan va amalga oshirilgan ishi uchun haq oladigan shaxsdir. Frilansni oโ€™z biznesingizga birinchi qadam sifatida korishingiz mumkin.

Biroq, ofis ishi kabi frilans ham tartibli bolishni talab qiladi. Siz doimiy ravishda idorada emasligingizni ozingizga eslatib turishingiz va qabul qilingan buyurtmalarni muddatidan kechiktirmay topshirishingiz kerak.

Nimadan boshlash kerak?

1. Portfolio yarating.

Avvalo, xaridorlarni jalb qilish uchun siz oโ€™z malakangiz va tajribangiz haqida aytib berishingiz mumkin boโ€™lgan portfolioni yaratishingiz kerak. Taqdim etilgan sertifikatlarni va murabbiylarning yoki ish beruvchilarning tavsiyanomalarini portfolioingizga ilova qilib qoying.

2. Siz nima sababdan bu ish uchun toโ€™gโ€™ri kelishingizni yozing.

O'zingiz bajargan loyihalar, jamoada ishlab yoki maxsus kurslarda oqib olgan bilim va konikmalaringiz haqida batafsil maโ€™lumot bering. Oโ€™z qobiliyatingizni toโ€™gโ€™ri tariflang, va shunda sizning oldingizda yangi imkoniyatlar ochiladi.

3. Birinchi loyihangizni qabul qilishga tayyor boโ€™ling.

Kichikroq bir loyihani amalga oshirishga harakat qiling va ishni belgilangan vaqt oraligโ€™ida bajaring. Shunday qilib, ish beruvchingizdan yaxshi xulosalar olishingiz mumkin, bu esa kelajakdagi faoliyatingizga yaxshi taโ€™sir oโ€™tkazadi. Boshida oสปzinga juda koสปp loyihalar olmang. Mayda, ammo ishonchli qadamlar bilan olgสปa boring!

4. Oldingizga maqsad qoสปying.

Avvalo, nimaga erishmoqchi ekaningizni aniqlang, soโ€™ngra aniq harakat rejasini tuzing. Vazifalarni bajarish uchun javobgarlikni oสปz boสปyningizga olishdan qoโ€™rqmang va har kuni maqsadlaringiz sari harakat qiling.

5.Oโ€™z sohangizda professional boโ€™ling.

Bir yoki ikkita dasturlash tilini mukammal bilsangiz ham, bir joyda toสปxtab qolmang, oสปz ustingizda ishlang. Yangi bilimlar va koโ€™nikmalarga ega boโ€™lishingiz uchun juda koโ€™p bepul online kurslar mavjud.

5 ta oddiy tavsiyaga rioya qilib, muvaffaqiyatli frilanserlar dunyosiga osongina tushib, ajoyib takliflarni qabul qilishingiz mumkin!

โœ… @webdev07
API nima va uning vazifasi?!

API - loyihaning dasturiy interfeysi bo'lib bitta kompyuter dasturining amalga oshirishi mumkin bo'lgan usullarining tavsifi boshqa dastur bian o'zaro aloqada bo'lishini ta'minlash.Ko'pincha u alohida dasturiy kutubxona yoki operatsion tizim xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Dasturchilar tomonidan barcha turdagi dasturlarni yozish uchun foydalaniladi.

โœ… @webdev07
๐Ÿ”ฅ1
Front end and Backend ๐Ÿ˜

โœ… @webdev07
๐Ÿ”ฅ1
โ€‹โ€‹Kelajakda dasturchilarga ish vakansiyalari kamayib ketadimi?

Hozirda ko'pchiligimiz shuni bildikki pandemiya paytida IT sohaga talab anchagina oshdi.
Ko'pchilik anglab yetdi IT soha bu kelajak va IT soha ham bilamiz bir necha tarmoqlarga bo'linadi. Misol qilib Dasturlash sohasini oladigan bo'lsak bu sohani o'rganayotganlar ko'p va ularda tez tez mana shunday savollar paydo bo'lib turadi!

Dasturchilar ko'payib ketmoqda kelajakda dasturchilarga bo'sh ish o'rinlari qoladimi degan savollar bo'lib turadi. To'g'ri bir tomondan o'ylab qarasak dasturchilar ko'payib bormoqda lekin tanganing ikkinchi tarafi bo'lgani kabi qolgan taraflarini o'ylab qarasak Dasturchilarga hali beri ish qolmasligi haqiqatga yaqin emas ya'ni O'zbekiston sharoitda olib qaraydigan bo'lsak bizda hali Dasturchilar juda kam va bu degani bo'sh ish o'rinlari ko'p va ko'plab O'zbekistondagi IT firmalarga sifatli va o'z sohasining ustasi bo'lgan dasturchilar kerak.

Yana bir fikr bizda dasturchilarning kamligi tufayli jahonning yirik IT kompaniyalari: Google, Facebook, Amazon, Microsoft, Apple va shu kabi boshqa firmalar ham rasman kirib kelmagan, bu firmalar rasman kirib kelgan taqdirda ham bizda dasturchilar kam va bu firmalarga ko'plab sifatli dasturchilar kerak bo'ladi.

โ—๏ธP.S/ Demak shunday dasturlashni o'rganishni hozirdanoq boshlang va shuni eslab qoling sifatli va o'z sohasini ustasi bo'lgan dasturchi hechqachon ishsiz qolib ketmaydi. Agarda siz yaxshi Dasturchi bo'lib qo'shimcha tariqasida bitta Rus tili yoki Ingliz tilini bilsangiz, siz frilanser bo'lib ham MDH davlatlari uchun yoki boshqa xorij davlatlari uchun ishlasangiz ham bo'ladi. Bu albatta yaxshi daromad va katta tajriba orttirish degani.

โœ… @webdev07
#bugun #bootstrap #lesson
Yangi dars Bootstrap 1 dars. Bootstrap bilan ishlash

Biroz vaqtdan so'ng youtube kanalimda

๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
@webdev07
๐Ÿ”ฅBoshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

๐Ÿ’ป 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin ๐Ÿ‘‰ @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!