Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
⁉️ Ko'pchilik mustaqil o'rgana olmasligining yoki juda qiynalishining sababini bilasizmi ?
Chunki ularning ko'pchiligida yaxshi reja bo'lmaydi.

Men sizlarga yaxshi bo'lgan reja beraman.

Front endni o'rganishni maqsad qilgan lekin nimadan boshlashini yoki yarim yo'lda nimadan davom etishni bilmayotganlar uchun ajoyib reja. https://github.com/adam-golab/react-developer-roadmap/blob/master/roadmap.png

Agar siz bu reja bo'yicha yaxshilab o'rganib borsangiz ishoning, albatta, juda zo'r darsturchi bo'lib chiqasiz ❇️

@webdev07
👍25🎉3😢2
🤓PHP'da qo’llanilgan eng mashhur loyihalar

- Ba'zi dasturchilar nazarga olmaydigan lekin frameworklari talab darajasida bo'lib kelayotgan PHP dasturlash tili qo'llanilgan eng mashhur loyihalarni ko'rib o'tamiz.

1. Facebook
2. Wikipedia
3. Spotify
4. Wordpress
5. Slack
6. Freepik

- Ushbu dasturlash tili ko'pgina loyihalarda hozirgacha qo'llanilib kelinmoqda.

- Googledagi statistikalarga ko'ra veb saytlarning ko'p qismi Wordpressda barpo etilgan, Wordpressning asoslaridan biri esa albatta PHP hisoblanadi!

@webdev07
👍33🔥6🎉2
⁉️ Nima uchun "Python" dasturlash tilini o'rganish kerak?

Bugungi kunda dasturlash tillari soni ko'p. Aynan bugun "Python" dasturlash tilini o'rganish uchun 5 ta sababni aytmoqchimiz...

1. Sodda va oson o'rganish - Python juda kuchli til va u ingliz tiliga juda o'xshash. Bepul va open source.

2. Web dasturlash - Python veb-saytlarni ishlab chiqish uchun bir qator frameworklar bor.

3. Suniy intellekt va mashina tili - Siz aslida inson miyasiday o'ylaydigan, tahlil qiladigan va qaror qabul qiladigan robotlar yaratishingiz mumkin.

4. Data Science - Python ko'plab ma'lumotlar ustida ko'plab amalarni amalga oshirish mumkin.

5. Pythonning mashhurligi va yuqori ish haqqi - Python dasturchilari sohada eng yuqori ish haqiga ega. AQSHda Python dasturchisining o'rtacha ish haqi taxminan 70 000 - 135 000 dollarni tashkil qiladi.

👉 @webdev07
👍39🔥2
Assalomu alaykum barchaga. yanglik inshaAlloh ertadan, hozirgi kunda web dasturchilar bilishi kerak bo'lgan dasturlash tili Typescript darslarimizni chiqarishni boshlaymiz. 🎉

@webdev07
👍46🔥4🎉3😢1
​​👨‍💻 Amaliyot qilish uchun eng yaxshi bepul APIlar

NASA Open API - NASA haqidagi ma'lumotlar, turli tasvirlar jamlagan ochiq API;

COVID 19 API - Koronavirus bo'yicha barcha ma'lumotlar olishda sizga qo'l keladi;

Random Facts - maʼlumotlar bazasidagi yuz minglab fakt yozuvlaridan olingan toifaga asoslangan tasodifiy faktlarni olish imkonini beruvchi toʻliq huquqli faktlar API’sidir;

Wit.ai - orqali matn yoki nutqni qayta ishlashingiz va uni ilova yoki veb-saytingiz foydalanishi mumkin bo'lgan taniqli harakatlarga aylantirishingiz mumkin;

Open Weather API - esa sizga ob-havo ma'lumotlarini taqdim etadi!

@webdev07
👍19
😰 Dunyodagi birinchi veb sayt qanday ekanligini bilasizmi?

Veb olamida ilk sayt 1991-yili 6-avgust kuni Tim Berners Lee tomonidan ishga tushurilgan. Bu veb sayt uchun hattoki CSSdan ham foydalanilmagan, Internetdagi ma'lumotlarga qaraganda u paytlar endigina HTML 1 ommalasha boshlangan.

Saytga link 👉 https://info.cern.ch/

@webdev07
👍51😢7🔥3
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
WEB DASTURLASH: hozir va kelajak, Front end va Backend haqida

https://youtu.be/CEALWpEkeH0
👍20🔥2
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистонни минтақавий IТ марказига айлантириш вазифасини қўйди

IТ соҳасига доир йиғилишда вазирлик ва ташкилотларга бир қатор вазифалар юкланди.

👉 https://kun.uz/04616840

Kun.uz расмий канали
👍55🎉10😁5
Bugun dasturchilikning "+" pluslari haqida gaplashamiz

☝️ Dasturchi kasbining asosiy afzalliklaridan biri bu veb-saytlar va mobil ilovalarni ishlab chiqish sohasida yuqori maosh hisoblanadi. Darhaqiqat, yaxshi dasturchisiz hech qanday zamonaviy kompaniya muvaffaqiyatga erisha olmaydi.

📌 Dasturchi sifatida ishlashning afzalliklari orasida:
🔹 Qiziqarli ish. Siz hali ham dasturchilarni zerikarli ishlari bo'lgan beg'ubor odamlar deb o'ylaysizmi? Siz kod to'g'ri ishlaydigan dasturga aylanganda dasturchi his qiladigan quvonchni hech qachon his qilmaysiz. Dasturchilik siz o'ylaganchalik zerikarli emas;
🔹 Sizning jadvalingiz. O'zingiz xohlagan vaqtda va xohlagan joyda ishlang. Asosiysi, belgilangan muddatlarga rioya qilish;
🔹 Karyera o'sishi. Buni hozirda dunyodagi eng boy insonlar ro'yxatidan ham ko'rish mumkin

@webdev07
👍26🔥3
Bugun dasturchilikning "-" minuslari haqida gaplashamiz

Yoshlarning bu sohaga qiziqishi ortib borayotganiga qaramay, kasbning bir qator kamchiliklari bor. Ular orasida quyidagilar mavjud.

🔹 Uzoq vaqt davomida o'tirib ishlash. Bu sohada siz kun bo'yi kompyuter bilan o'tirishga tayyor bo'lishingiz kerak. Shunday qilib, biz qulayroq stul va fitnes klubiga obuna sotib olishimiz lozim. Aks holda, maoshning bir qismi shifokorlarga sarflanishi kerak.
🔹 Uzluksiz ta'lim. Shunchaki besh yil oldingi texnikalar funksiyalarini eslang. Dasturchi nafaqaga chiqqunga qadar o'qishi kerak bo'ladi, chunki qurilmalar bilan birga uning bilimlari ham eskiradi.

Dasturchilikning boshqa minuslarini kommentariyada yozib qoldirishingiz uchun sizga qoldirdik, yana qanday minuslar bor deb o'ylaysiz?

@webdev07
👍30🔥3😢3
🔥 TypeScript 1-dars, TypeScript haqida

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍10
​​📌 DNS bilan tanishamiz

Ko'pchiligimiz DNS atamasini eshitganmiz lekin uning vazifasi qanday ekanligini yaxshi bilmaymiz. Kelinglar DNS ning vazifasi nima ekanligini ko'rib o'tamiz!

DNS - tarmoqdagi mavjud hostlarni bir-biri bilan nomi orqali murojat qilib bog'lanishiga imkon beradi. Masalan, siz brauzerda google.com deb tersangiz, brauzer avvalo bu google.com ni haqiqiy "nomi" (aniqrog'i IP manzili)ni bilib, so'ng o'sha IP manzilga bog'lanishi kerak.

Buning uchun brauzer DNS serverga "google.com ni manzili qaysi?" deb so'rov beradi. DNS server esa o'z navbatida "google.com xxx.xxx.xxx.xxx" manzilda joylashgan degan javobni beradi!

Manba: texnoman.uz

@webdev07
👍21😁1
Yuqorida dasturchilarning "-" minuslari haqida yozgan edim, endi men bilgan yaxshi tomonlaridan yana biri haqida fikrim bor.

☝️ Dasturlash sohasi butun dunyoda ommalashmoqda.

Yaqin kelajakda jahonda korxona va bizneslar dasturlash sohasiga uzviy bo'glanib ketadi. (Rivojlangan mamlakatlarda bog'lanib bo'ldi ham) Shunday ekan dasturlashni chuqur va mukammal o'rganib, jamiyatda o'z o'rningizni topishingiz kerak.

⚡️ O'z maqsadiga ega, IT olamida muvaffaqiyatga erishish uchun dastlabki qadamni qo'ygan, dasturlash sohasida ma'lum bir darajadagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan o'quvchilarga 24-aprel — yakshanba kuni soat 10:00 da «Najot Ta'lim» markazida Go va frontend bootcamp kurslari uchun kirish imtihoni bo'lib o'tadi.

🔥 Bu orqali o'quvchilar 4 oylik foundation bosqichisiz birdaniga chuqurlashtirilgan mutaxassislik kurslarida o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

👉 Imtihon uchun ro'yxatdan o'tish

Dasturlash sohasida doim izlanishda bo'lgan va ilm olishdan to'xtamaydigan insonlar, albatta, muvaffaqiyatga erishadi.

@webdev07
👍16🔥4🎉2
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥11🎉3😢2
Nima uchun Typescriptni o'rganish kerak 👆🎬
👍54🔥5😁4🎉4
🔳 Dasturlashni boshlashingizdan oldin bilishingiz muhim bo'lgan 10 narsa:

1️⃣ Dasturlash uchun diplom shart emas, lekin bilim bo'lishi muhim.
2️⃣ Dasturlash muammoni hal qilish qobiliyatidan tashqari ijodkorlikni talab qiladi.
3️⃣ Siz hamma narsani o'rganolmaysiz, bir nechta narsani juda yaxshi o'rgansangiz bas.
4️⃣ Siz robot bo'lishingiz shart emas. Odam bo'lganingiz yaxshi.
5️⃣ Dasturlash yodlash emas, balki bilimlarni qo'llashdir.
6️⃣ Impostor sindromi bilan har kuni kurashishingiz shart emas.
7️⃣ Shuni unutmangki, dasturlashdan tashqari hayot ham bor.
8️⃣ Agar siz boshqa birov bilan birga o'rgansangiz, dasturlashni tezroq o'rganib olasiz.
9️⃣ Matematika fanini yaxshi bilishingiz shart emas.
🔟 Ko'p vaqtingizni Googleda sizga hech kim javob bera olmaydigan javoblarni izlashga sarflaysiz.

@webdev07
👍43🔥3🎉3
☑️ Dasturlash orqali pul ishlashning 5 usuli

1️⃣ Dasturchi ishiga ega bo'ling (yuqori maoshli);
2️⃣ Premium funksiyalarga ega ilova (Android yoki iOS) yarating;
3️⃣ Google Adsense-da veb-sayt yarating va pul ishlang;
4️⃣ Freelancerlikda ishlang (freelancer.com);
5️⃣ Dasturlashni o'rgating (Udemy / Udacit).

@webdev07
👍23
🔥 TypeScript 2-dars, TypeScript Static Typing

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍6
👨🏻‍💻 Dasturchi o‘qish davrida ishlashi qanchalik to‘g‘ri?

Bu ko‘plab yangi dasturchi do‘stlarimizni o‘ylantiradigan savol bo‘lsa kerak!? O‘zi rostdan ham shunday qilish to‘g‘rimi? Ha, albatta to‘g‘ri. Bu yosh va yangi dasturchilar uchun qo‘shimcha tajriba va daromad :)

Buning foydasi bor, ammo ziyoni yo‘q. Ayniqsa bunday tajriba, ustozlar va tajribali dasturchilar bilan bo‘lsa, yana ham samarali va muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Afsuski, bunday noyob imkoniyat Oliy ta‘limda mavjud emas. Ammo xususiy dasturlash markazlarida, studiyalarda va ustoz-shogird markazlarida.

P.s: Bu mavzuda sizning fikringiz qanday?

👉 @webdev07
👍49🔥10🎉4