Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Frontend va Backend nima?
Ularning vazifalari va farqlari

Web sayt yaratish ham qiziqarli, ham murakkab jarayon. Uni oʻrganuvchilar tobora chuqurlashgani sayin, ikki qismga boʻlib, oʻrgana boshlashadi.

Bular:
Frontend va Backend

🔹 Veb saytni maktabga qiyoslab, bu qismlarni oddiy til bilan tushuntirsak. Fronted maktabning old qismi, eshik va romlari boʻlsa, backendga misol qilib uning ichki qismi, yaʼni undagi xonalar, jihozlar, oʻquvchi va oʻqituvchilar hamda dars jarayonlarini aytish mumkin.

Aniqrogʻi, frontend bu foydalanuvchi koʻrib turadigan vizual tasvirlar. Backend esa, saytning orqa qismidagi bazaga qoʻshish, roʻyxatdan oʻtganda maʼlumotlar uzatilishi, tugmalar bosilganda boʻladigan jarayonlar kabilarni oʻz ichiga oladi.
#frontend #backend

@webdev07 | Manba
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudo xohlasa tez kunda WEBDEV loyhamizga start beramiz.

@wevdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
#arxiv rasm

Sevgan narsalaringizga erisha olmadingizmi ? Unda erishgan narsalaringizni seving 😊

Men avval dizaynerlikka juda qiziqqanman va kun davomida faqat Photoshopda ishlab o'rganardim. Lekin u vaqtda menda yaxshi kompyuter va yaxshi ustoz yo'qigi sababli yaxshi o'rgana olmadim. Biroq kompyuterim dasturlash uchun qulay va yonimda dasturchi ustozlar bor edi. Shundan so'ng men dasturlashni o'rganishni boshladim. Hozirda natija yomon emas 😊👍

Ba'zida siz yoqtirgan va kirishini xohlagan eshiklar yopiq bo'lishi mumkin. Shunda siz yaxshilab boshqa nuqtaga ham qarab ko'ring, balki boshqa eshiklar ochiqdir u kutganingizdan yaxshiroqdir.

Bu taslim bo'ling ham degani emas. Men tasim bo'lmaganman, maqsadim dasturlashni o'rganib, pul ishlab, sharoit qilgach, dizaynga qaytish bo'lgan. Hozirda menda yaxshi kompyuter va atrofimda yaxshi dizaner ustozlar bor, lekin endi menda qiziqish dasturlashga qaratilgan.

Qiziqishlar ham siz o'zgarishingizga qarab o'zgarib borar ekan❗️
@javohir_webdev
Xushxabar, SASS darslarini boshlaymiz 🔥

Tez orada Youtube kanalimda 👈
Haqiqiy dasturchi bo'lish yo'lida zararli 3 odatdan voz keching

1. Qisqa kod yozishdan voz kechish. Yaxshi dasturchi bo'lish uchun qisqa kod yozish kerak emas, asosiysi tushunarli kod yozish kerak. Yozgan kodingizni qancha ekanligi muhim emas, muhimi uni boshqalar ham tushinishi kerak.

2. Sharxlar qo'ymaslikdan voz keching. Sharh ya’ni komentariyalarni tashlab ketsangiz, kodingizni o’qiyotgan odam tushunmasligi mumkin . Ayniqsa katta loyihalarda komentariyasiz kodni tushunish qiyin bo’ladi.

3. Hech qachon o'rganishdan voz kechmang. Ko’p yaxshi dasturchilar “Bitta tilni yaxshi o’rganib oldim, menga shu yetadi” deb o’ylashadi. Yo’q! Aslo unday emas. Dasturlash butun Hayot davomida o’rganib, malaka oshirib boriladigan soha.

@javohir_webdev
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Javasctriptni 0 dan o'rgansa bo'ladigan juda yaxshi Youtube kanallar ro'yxati

O'zbek tilida
Berdiyev Javohir - Youtube link
Farkdod Dadajanov - Youtube link

English
Bob Tabor - Youtube link

Russian
Vladilen Minin - Youtube link

Albatta, bulardan tashqari boshqa yaxshi o'qituvchilar va yaxshi Youtube kanallari bor. Bu mening sizga tavsiyam va tanlov ko'p bo'lsa tanlov uchun ham ko'p vaqt yo'qotib qo'yish mumkin. 😊

@javohir_webdev
Domen tanlashda maslahatlar

Saytni yozib bo'ldingiz, endichi? To'g'ri, uni internetga joylash kerak. Bu uchun esa to'g'ri domen tanlay olishingiz kerak. Quyida asosiy maslahatlar:

Domen zonasini tanlash
Domenlar shartli ravishda 2 turga bo'linadi: geografik joylashuviga qarab (.ru, .uz, .kz); yo'nalishiga qarab (tijoriy saytlar — .com, ta'limiy saytlar — .edu, notijoriy saytlar — .org va h.k).

Domen nomi
Sayt nomini tanlashda turli belgi va raqamlardan foydalanmang. Ular eslab qolish uchun qiyin. Shuningdek, nom tanlab bo'lganingizdan keyin uni Google dan qidirib ko'ring. Agarda u raqiblaringiz domenidan bitta harf yoki tire bilan farq qilsa unda boshqa variantlarni ko'ring.

Kompaniya faoliyati yoki brend nomi?
Siz saytingizga o'z kompaniyangiz faoliyatidan kelib chiqib nom berishingiz mumkin. Masalan, telremont.uz, tashmebel.uz. Kamchiligi, bunday nomlar allaqachon band bo'lishi mumkin.

2-variant esa bu bevosita brend nomidan foydalanish. Ko'p kompaniyalar shu yo'ldan boradi: samsung.com, toshiba.com, artel.uz. Kamchiligi, boshlang'ich etapda reklama qilish qiyin bo'ladi. Hech kim notanish firmani internetdan qidirmaydi.

@webdev07
👍1
🔥 SCSS 2-dars, Partial.scss haqida yani SCSSni blocklarga ajratib ishlash

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍1
😄

@webdev07
👍1🔥1
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
Siz uchun manfaatli suhbat. Bizga qo'shiling va biz sizning koryerangiz uchun enga zarur savollarga to'liq va to'g'ri javoblarni aytamiz. Batafsil quyida 👇.

@uzbhasan_blog