Web Dasturlash kanali
9.85K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Python dasturlash tili yaratilishi

Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O'sha paytlarda uncha taniqli bo'lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. 

ABC tili Basic tili orniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini orgatish uchun moljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida ozining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g'oyalarini o'zlashtirdi.

Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko'plab xususiyatlarini o'ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi.

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yevropa toza”, “Singapur ko’chalarida yotsa bo’ladi”, “Rivojlangan mamlakatlarda madaniyat bor”

Degan gaplarni eshitganmisiz?

Moshinasidan ko’chaga “musor” tashlaydigan hayvonlarni ko’rganmisiz?

Koinot, texnologiyalar va ta’lim haqida gapirishdan oldin

Navbatda turish va tozalik kabi oddiy narsalarni o’rganaylik.

@webdev07
👍1
Java dasturlash tilini oʻrganish uchun 3 ta sabab

1⃣ Javani oʻrganish uchun resurslar juda-juda koʻp

Java rivojlangan dasturiy til boʻlib, taʼlim jarayonida mukammal koʻmakchi sifatida ishlaydigan koʻplab onlayn resurslar mavjud. Oʻzingizning ehtiyojingizga qarab, oʻrganishingiz uchun bepul va pulli taʼlim resursini bemalol topa olasiz. Qisqacha qilib aytganda, Java bilan bogʻliq boʻlgan har qanday savollaringiz forumlarda allaqachon soʻralgan va ularga javoblar berilgan.

2⃣ Ish topish imkoniyatlari keng

Java boʻyicha yaxshi bilimga ega dasturlovchilarga talab doimo katta. Katta imkoniyatlarga ega va keng tarqalgan dasturlash tili texnologiya sanoatida ish oʻrinlarini yaratishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Android ilovalari mashhurligi Javadagi mobil ilovalarni yozadigan Android dasturchilar uchun juda koʻp imkoniyatlar yaratdi.

3⃣ Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili

Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili sifatida Java’ning konsepsiyalari juda oson. Ushbu xususiyat Javani moslashuvchan, tizimli modulli va kengaytiriladigan dasturlash tiliga aylantiradi. OOP konsepsiyalaridan foydalanishda Java katta imkoniyatlar beradi.

@javohir_webdev
Kompyuter qarshisida ko'p o'tiruvchilar uchun maslahat va tavsiyalar.

― Agar siz kompyuterda ko'proq matnlar bilan ishlasangiz, limon iste'mol qiling. Bu o'z vaqtida xotira susayishini oldini oladi.

― Siz bir kunda 6-18 soat va undan ko'proq vaqt kompyuter qarshisida vaqt o'tkazsangiz, 0 darajadagi ko'zoynakni iloji boricha o'sha vaqt davomida yechmang. Iloji bo'lsa, kompyuterda ishlamagan vaqtlaringizda hamda o'zingizga qulay vaqtlarda ham shu ko'zoynakni taqib yuring.

― Kompyuter ekrani va klaviaturani iloji boricha har kuni arting. Bu allergik kasalliklarni kelib chiqishini oldini oladi. Qolaversa, kompyuterdan chiqayotgan reaksion nurlanish kamayishiga sabab bo'ladi.

👉 @webdev07
👍1
Dasturchilar odamlar bilan ishlashi haqida

Bu ko'nikma ro'yhatda oxirgi o'rinda kelyapti, lekin ko'p hollarda siz uni birinchi va eng muhim ko'nikma deb ayta olasiz. Agar siz yolg'iz ishlamasangiz va faqat o'zingiz uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarmasangiz, boshqa odamlar sizni dastur tuzuvchi sifatidagi kariyerangizga ta'sir qiladi

Bu, siz dasturchi uchun nimani anglatadi? Ya'ni, agar siz boshqa dasturchilar, menejer va hatto mijozlar bilan ham samarali ishlolmasangiz, siz doimiy qiyinchilikka duch kelasiz, garchi sizning g'oyalaringiz qanchalik yaxshi yoki sizning ko'nikmalaringiz qanchalik qimmatli bo'lsa ham.

Umuman olganda, faol bo'lish va dastur ishlab chiqarish jamiyatida ishtirok etish sizning kariyerangizga yordam beradi. Bularni muvaffaqqiyatli amalga oshirish odamlar bilan ishlash ko'nikmangizga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi.

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun #dasturchilar

🥳 Bugun, 12-sentabr, dasturchilar kuni. Dasturchilar kuni muborak bo'lsin.

Bayramni qanday nishonlash kerak?
- Kun bo'yi kod yozib;
- Daraxtlarga 0 va 1 belgilarini ilib;
- Dasturchilar haqida hazillar qilib 😁

@webdev07
Bolalar bayram ertaga qoldirilibdi 😁
Bugun choyxona atmen
Qanday qilib yetuk dasturchi bo'lish mumkin?

Juda ko'p yoshlar shu savol bilan har kuni murojaat qilishadi. Xo'sh, qanday qilib yetuk dasturchi bo'lish mumkin?

Quyida ushbu savolga eng to'g'ri, eng universal javob keltirilgan:

Yetuk dasturchi bo'lish uchun ingliz tilini O'RGANISH kerak. Agar ingliz tilini bilmasangizu, lekin, hozirda biron bir dasturlash tilini o'rganayotgan bo'lsangiz, darhol o'rganishni to'xtating! HTML/CSS, PHP yoki C++ emas, avvalo INGLIZ tilini o'rganishingiz shart!

@javohir_webdev
👍1
DASTURCHIGA DIPLOM KERAKMI?

Dasturlashni o'rganish va dasturchi bo'lish uchun diplom shart emas!

Nega deysizmi?

Agar siz Google va YouTube nimaligini bilsangiz, undan tashqari ingliz va rus tilini bilsangiz, diplomga 4 yil o'qishingiz shart emas. Youtube'da shuncha blogerlar bor. Ular dasturlashni noldan o'rgatishadi. Ha, 0 dan. Saytlardan kerakli narsalarni olasiz, buning uchun Google'ga yozasiz, albatta, yoniga tas-ix deb qo'ying. Bo'lmasa, ko'p kutasiz. Github degan sayt-resurs ham bor. Unda kodlarning namunalarini topasiz. Sololearn ham bor. Unda siz online kompilyator ham topasiz. Github'dek kod namunalari bor.

Shuncha saytlar, resurslar bor. Ammo, ulardan muntazam foydalanish uchun internet tez bo'lishi kerak. Internet tez bo'lishi bu ertak (bizda). Shuning uchun, tinchgina institutni bitirib, o'sha yerda C++ ni 4 yil suvday ichib, keyin boshqani o'rganib, xullas, oxirida... Frilanser bo'lamiz. Ayrim kompaniyalar bor, hujjatboz bo'ladi. Aynan o'shandaylarga diplom kerak. Lekin diplomni hamma ham olavermaydi, bilimi borlar oladi. Shuning uchun institutni bitirgan va dasturlashni Senior yoki Middle darajada biladiganlar hamma yerda talab qilinadi.

#consultation

@webdev07
👍1
❇️ Codier.io - Frontend Dasturlash bo'yicha tajribangizni oshiring

Codier.io veb saytida ko'pgina qiziqarli vazifalar berib o'tilgan va vazifalar oson darajadan murakkab darajagacha mavjud. Bu vazifalar orqali HTML, CSS, JavaScript bo'yicha tajribangizni mazza qilib mashqlarni bajarish orqali oshirsangiz bo'ladi.
Ko'p foydalanuvchilarimizdan har xil savollar kelib tushmoqda, qanday qilib frontendda o'zimni tajribamni oshirsam bo'ladi yoki qandaydir yaxshiroq topshiriqlar bormi? degan foydalanuvchilarimiz uchun juda foydali sayt.

↗️ Codier.io veb saytiga o'tish - https://codier.io/

@webdev07
IT sohasiga oliy maqsadlar bilan tashrif buyuring.

IT bu ― Pul uchun o'rganiladigan soha emas. Afsuski, ba'zilar IT ni pul uchun, to'laqonli o'zining manfaati uchun o'rganmoqda. Albatta, bu ― o'zining rivojlanishi uchun, sohadagi obro'si uchun uchun ham katta yo'qotish desam bo'ladi.

Bu sohaga siz shunday oliy maqsadlar bilan kiringki, sizning maqsad va rejalaringiz barcha tirik mavjudodlar uchun manfaatli bo'lsin. Har tomonlama foydali bo'lsin.

To'g'ri moddiy manfaatni ham o'ylash kerak. Ammo, o'z o'rnida va o'z me'yorida, aytmoqchimanki, birinchi o'rinda moddiy manfaat emas, foydali va ezgu manfaatlar joy egallasin.

P.s: Xulosa o'zingizdan, do'stlarim...

👉 @webdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Tavsiya qilinadigan 3 kitob

Dasturlashni o'rganishdan puldan boshqa maqsad topa olmaydiganlar yuqoridagi kitoblarni o'qimagan bo'lsalar kerak.

Ilm o‘rganish har bir musulmon uchun farzdir

Abu Dardo’ raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar.

Siz qanday kitoblarni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
@javohir_webdev
Kechasi ishlaydigan do'stlarimizga omad 😁👍

@webdev07
👍2
Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling! 😆

@webdev07
Janubiy Afrikada futbol o'yinida eng yaxshi o'yinchiga 5gb li internet paket sovg'a qilishibdi.