Web Dasturlash kanali
9.82K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
πŸ–₯ Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
DASTURCHIGA DIPLOM KERAKMI?

Dasturlashni o'rganish va dasturchi bo'lish uchun diplom shart emas!

Nega deysizmi?

Agar siz Google va YouTube nimaligini bilsangiz, undan tashqari ingliz va rus tilini bilsangiz, diplomga 4 yil o'qishingiz shart emas. Youtube'da shuncha blogerlar bor. Ular dasturlashni noldan o'rgatishadi. Ha, 0 dan. Saytlardan kerakli narsalarni olasiz, buning uchun Google'ga yozasiz, albatta, yoniga tas-ix deb qo'ying. Bo'lmasa, ko'p kutasiz. Github degan sayt-resurs ham bor. Unda kodlarning namunalarini topasiz. Sololearn ham bor. Unda siz online kompilyator ham topasiz. Github'dek kod namunalari bor.

Shuncha saytlar, resurslar bor. Ammo, ulardan muntazam foydalanish uchun internet tez bo'lishi kerak. Internet tez bo'lishi bu ertak (bizda). Shuning uchun, tinchgina institutni bitirib, o'sha yerda C++ ni 4 yil suvday ichib, keyin boshqani o'rganib, xullas, oxirida... Frilanser bo'lamiz. Ayrim kompaniyalar bor, hujjatboz bo'ladi. Aynan o'shandaylarga diplom kerak. Lekin diplomni hamma ham olavermaydi, bilimi borlar oladi. Shuning uchun institutni bitirgan va dasturlashni Senior yoki Middle darajada biladiganlar hamma yerda talab qilinadi.

#consultation

βœ… @webdev07
NoJs

Hamma saytlarga ham chiroyli va ko'rkam bo'lish uchun Javascript kerak emas. Bu Javascriptsiz webning namoyishi.

Nega?

Developerlar zamonaviy web-saytlar yaratishda Javascriptni suiiste'mol qilishni boshladilar. Sahifalar ma'lum bir matnli kontentni ko'rsatish uchun yuzlab kilobayt js-kutubxonalarini yuklaydilar.

Keraksiz Javascript saytlarni shishirib yuboradi, resurslarni yeydi, josuslik qiliish imkonini yaratadi, devays va kliyentlarga xos bo'lgan qulaylikka to'sqinlik qiladi hamda sayt xavfsizligini pasaytiradi.

Xush kelibsiz: https://nojs.club/

βœ… @webdev07
Dasturlash sohasini o'rganayotganlar va bu bo'yicha ishlayotganlar uchun eng yaxshi qulayliklardan biri β€” shubhasiz, onlayn tarzda, uyda turib ham ishlay olish. Ayniqsa, ayol-qizlar uchun bu qulaylik ayni muddao bo'lishi mumkin.

Ayol-qizlar orasida ham dasturlashning tub mohiyatini tushuna oluvchi, sohaning professionallari bo'lishga yetarli potensialga ega bo'lganlar talaygina.

Xususan, statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, bugungi kunda ayollar egallayotgan har to'rtta kasbning bittasi IT bilan bog'liq bo'lgan soha hisoblanilar ekan.

Aynan, ayollarni qo'llab-quvvatlash orqali, ham opa-singillarimizning ilm olishlariga, ham dasturlash sohasining ommalashishiga sababchi bo'lishimiz mumkin.

Dunyoning turli burchaklarida ayol-qizlarning dasturlash bo'yicha amalga oshirayotgan ishlari ko'pchilikning hayratiga sababchi bo'layotgan ekan, nega endi o'zbek opa-singillarimizning bu sohaga bo'lgan harisligini qo'llamasligimiz kerak?

Najot Ta'lim markazi ayni shu maqsadni ko'zlab, faqatgina ayollar uchun mo'ljallangan Frontend dasturlash kursini yo'lga qo'yibdi. Bu esa, opa-singillarimizning dasturlashni o'rganishlari uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin.

Bunday imkoniyatga ega bo'lish uchun esa, quyidagi raqamlarga murojaat qilsangiz bo'ladi! πŸ˜‰

πŸ‘‰ Ayol-qizlar uchun dasturlash kursiga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998995150011
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimizdagi darslarni 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun πŸ‘‡

πŸ”ΈHTML
πŸ”ΉCSS
πŸ”ΈJavaScript
πŸ”ΉjQuery

tez kunda react darslarimizni boshlaymiz πŸ₯³
savol javob uchun @webdev07_lesson
Heroku β€” veb-ilovalarni saqlash uchun cloud platforma

Bu sayt sizning loyihalaringizni bulutda saqlash uchun ajoyib platformadir. Kichik loyihalarni bepul saqlash mumkin. Ushbu platformaning asosiy afzalligi shundaki, platforma serverdagi barcha jarayonlarni o'z bo'yniga oladi. Bu sizga faqat loyihangizga e'tibor qaratish imkonini beradi.

Heroku ko'plab tillarni qo'llab-quvvatlaydi β€” Ruby, Java, Node.js, Scala, Clojure, Python va PHP. Platformada ko'plab monitoring va tahlil vositalari mavjud. Siz keshlashni boshqarishingiz, ilovangizning unumdorligini aniqlashingiz, pochtalarga xatlarni yuborishingiz va boshqa ko'plab amallarni bajarishingiz mumkin.

LINK πŸ‘‰ https://www.heroku.com/

βœ… @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib Dropdown Menu 😍
html css js bilan birgalikda 🀝

Proyekt va uning kodi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://codepen.io/flavio_amaral/pen/xxqQLoa

βœ… @webdev07
Yosh kasb β€” biznes-analitik

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi butun dunyo biznesmenlarining strategiyasiga ta'sir o'tkazdi. Oldinlari, biznes jarayonlarini tahlil qilish uchun boshliqlarning o'zi yetarli bo'lgan bo'lsa, 90-yillarda bu kamlik qilishni boshladi. Korxonalar daromadlari pasayib borgach, biznes-analitik kasbi vujudga keldi.

Nima ish qiladi

Biznes-analitik kompaniyaning ichki strukturasi bilan shug'ullanadi. Boshqaruvdagi muammolarni aniqlab, ularga yechim tatbiq etadi. U barcha biznes jarayonlarni avtomatlashtirsh bilan shug'ullanadi: raqamli hujjat almashinuvi, buxgalteriya, mijozlar bilan muloqot va h.k.

Maoshi uning tajribasi, sohasi va ko'nikmalariga bog'liq. Yirik shaharlarda o'rtacha oylik 1500$ ga boradi, sohaga yangi kirib kelganlar bu summaning yarmiga umid qilishlari mumkin.

βœ… @webdev07
CSS generatorlar

CSS generatorlar sizni qo'lda birma-bir stillarni yozib chiqishdan halos etadi. Qulay web-interfeys orqali tezda kerakli effektlarni sozlab, tayyor CSS kodni olish mumkin.

1. Neumorphism/Soft UI generator
Neumorphism orqali gradient va soyalarni yaratish mumkin. Bundan tashqari, u yordamida saytingiz uchun ranglar to'plamini hosil qilish mumkin: https://neumorphism.io/

2. Smooth Shadow generator
Soyalar generatori. Qulay UI orqali box-shadow xususiyatlarini o'zgartirishingiz mumkin. https://shadows.brumm.af/

3. Fancy Border Radius Generator
Bu generator yumaloq burchakli qiyin figuralarni chizish imkonini beradi. Natijada esa border-radius xususiyatlar to'plamini qo'lga kiritamiz: https://9elements.github.io/fancy-border-radius

βœ… @webdev07
πŸ‘1
-Kim pythonni o'rganishni xohlaydi?
-Kim matemetikani o'rganishni xohlaydi?
-Kim data scienceni o'rganishni xohlaydi?

Kim aytgan o'zi dasturlash uchun matematika kerak emas deb 😁

βœ… @webdev07
πŸ”₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuklanish uchun placeholder

Ushbu vosita orqali siz o'z saytingizga CSS da yozilgan kontent yuklanish animatsiyasini osongina qo'shishingiz mumkin.

Havolada ushbu vositaning ishlashi hamda uni o'rnatish bo'yicha qo'llanma keltirilgan:

LINK πŸ‘‰ https://github.com/zalog/placeholder-loading

βœ… @webdev07
Kutubxona va freymvork: farqi nimada?

Kutubxona
β€” ma'lum bir muammoni yechishga qaratilgan klass va funksiyalar konteyneri. Masalan:

jQuery – DOM bilan ishlashga qaratilgan funksiyalar to'plami.
D3 – SVG yordamida vizualizatsiyalar yaratishga qaratilgan kutubxona.
React – ma'lumotlarni ko'rsatish hamda DOM daraxtni boshqarishga qaratilgan kutubxona.

Freymvork – kutubxonalardan tashkil topgan ilova karkasi. Freymvork ilovangiz arxitekturasi tuzilishini belgilaydi. Masalan:

AngularJS – SPA yaratishga mo'ljallangan freymvork, shuningdek, ishlab chiqarish va tekshirish (developing and testing) uskunalari bor.
Vue.js – Angular kabi SPA yaratishga mo'ljallangan.
Ember.js – SPA yaratish uchun.

*SPA - single page app, "yagona sahifali ilova"

βœ… @webdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
It ❌ - IT βœ…
Qisqartirma so'zlar kichik harflarda yozilmaydi πŸ€¦β€β™‚οΈ
Ma'no o'zgarib ketadi. Shunga e'tiborli beraylik

@javohir_webdev
Video.js kutubxonasi

Agar o'z saytingizga video qo'ymoqchi bo'lsangiz, ushbu kutubxonaga e'tibor bering. Bu kutubxona yordamida siz sahifada qulay player joylashtirishingiz mumkin.

Ushbu player ko'p platformalar bilan ishlay oladi, ko'rkam ko'rinishga ega hamda standart imkoniyatlarini kengaytiruvchi anchagina plaginlari bor:

LINK πŸ‘‰ https://videojs.com/

βœ… @webdev07
Domen tanlashda maslahatlar

Saytni yozib bo'ldingiz, endichi? To'g'ri, uni internetga joylash kerak. Bu uchun esa to'g'ri domen tanlay olishingiz kerak. Quyida asosiy maslahatlar:

Domen zonasini tanlash
Domenlar shartli ravishda 2 turga bo'linadi: geografik joylashuviga qarab (.ru, .uz, .kz); yo'nalishiga qarab (tijoriy saytlar β€” .com, ta'limiy saytlar β€” .edu, notijoriy saytlar β€” .org va h.k).

Domen nomi
Sayt nomini tanlashda turli belgi va raqamlardan foydalanmang. Ular eslab qolish uchun qiyin. Shuningdek, nom tanlab bo'lganingizdan keyin uni Google dan qidirib ko'ring. Agarda u raqiblaringiz domenidan bitta harf yoki tire bilan farq qilsa unda boshqa variantlarni ko'ring.

Kompaniya faoliyati yoki brend nomi?
Siz saytingizga o'z kompaniyangiz faoliyatidan kelib chiqib nom berishingiz mumkin. Masalan, telremont.uz, tashmebel.uz. Kamchiligi, bunday nomlar allaqachon band bo'lishi mumkin.

2-variant esa bu bevosita brend nomidan foydalanish. Ko'p kompaniyalar shu yo'ldan boradi: samsung.com, toshiba.com, artel.uz. Kamchiligi, boshlang'ich etapda reklama qilish qiyin bo'ladi. Hech kim notanish firmani internetdan qidirmaydi.

βœ… @webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
πŸ˜„ dasturchilar o'zlarnini qanday his qilishadi ?

Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@webdev07
Kuniga 2 soatdan shug'ullanish. 1 yilda qanaqa dastur yoza olasiz?

Albatta, hammamiz bilamiz, ko'p kishi dasturlashni o'zlari o'rganishadi. Internetdan, turli xil kitoblardan, har xil resurslardan. Ana shunday ishtiyoqi bor dasturchilar ertaga foydasi tegadigan mutaxassis bo'lib yetishadi.

Nimadan boshlash zarur?

Google'ga kiring. Qaysi dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz, o'shaning kurslarini oling. Bitta Sublime Text matn muharriri, bitta daftar, bitta ruchka va tinchlik. Ro'yxatda Sublime nima deb savol berishingiz mumkin. Sublime β€” matn muharrir bo'lib, u orqali dasturlarni chiroyli dizaynda yozib, uni saqlab terminal orqali ishga tushirish uchun mo'ljallangan. Daftar-chi? Daftar siz kursda eshitgan, bilib olgan ma'lumotlar, jumladan funksiyalar, protsedura va modullarni yozib olishga kerak bo'ladi. Shaxsan men Python dasturlash tilini shunday o'rganganman va o'rganishda shu tarzda davom etyapman. Daftarga yozish jarayonida boshqa funksiyalarni ko'raman, va shu orqali ularni bir takrorlab chiqaman. Tinchlik esa diqqatni rostlash uchun. ExeLabning ajoyib, daxshat kurslari! πŸ‘‰ Download

Kursdan oldin nima qilish kerak?

Albatta, kursdan oldin toza havoga bir chiqib olish kerak. Organizm toza kislorodga to'yinsa, miya faoliyati "Ρ‡Π΅Ρ‚ΠΊΠΈΠΉ" ishlaydi, doktormasman-u, lekin bilaman 😊 Yoningizga ichimlik oling, xoh-u choy bo'lsin, yoki suv. Kompyuter atrofini bo'shating, tashqi shovqinni yo'qoting. Shundagina u quloqdan kirib bunisidan chiqib ketmaydi!

Kuniga 2 soatdan 365 kun.

Agar siz shu yo'sinda, oldingizga maqsad qo'yib, shiddat bilan o'rgansangiz 1 yilda siz umuman boshqacha bo'lasiz. Siz oldingi hammadan yordam so'rab yuradigan, tushuntirishsa kallasiga "tepmaydigan" beginner emas, kamida junior bo'lasiz. Bu katta natijaga bir kun ham qoldirmaganlar sazovor. Qiziqsangiz, o'rganing, Majburiy o'rganishdan naf yo'q!


Men har doim o'qiyman va izlanaman! Qabr toshi mening diplomim...
Β© Ertta Kitt

βœ… @webdev07
Afghanistandagi yangi IT minister 😁 (-IT ni va internetni rivojlantiramiz kim qarshilik qiladi πŸ˜‚ )

βœ… @webdev07
πŸ”₯1
Mo.js - motion grafika yaratish uchun kutubxona

Yangi developerlar uchun animatsiyalarni yaratish eng qiyin ishlardan biridir. Mo.js kutubxonasi bu jarayonni soddalashtiradi va uni nafaqat oson, balki yoqimli qiladi.

Ushbu kutubxona yordamida yaratilgan animatsiyalar tezda yuklanadi, muammosiz ijro etiladi va ekranning istalgan o'lchamiga moslashadi. Kutubxona 2016 yildan buyon izchil rivojlanib bormoqda va hali ham mashhur va talabga ega.

LINK πŸ‘‰ https://mojs.github.io/

βœ… @webdev07
Frontend-dasturchining qurollari

Quyida siz frontend-dasturchining ishini osonlashtiradigan turli vositalar bilan tanishishingiz mumkin.

IntelliJ IDEA
Juda qulay IDE. Deyarli barcha til va barcha freymvorklar bilan ishlay oladi. Sozlamalarini kovlash shart emas, tayyor korobkadan ishlaydi.

Google Chrome + DevTools
Frontend-dasturchi uchun maksimal darajada qulay va funksional veb-brauzer. Doimo yangi imkoniyatlar qo'shilib boriladi. Agar asosiy funksiyalari kamlik qilsa, kengaytmalardan foydalanish mumkin. Masalan, React Developer Tools va Redux DevTools.

GitHub Desktop
Github platformasi bilan ishlashni qulaylashtiruvchi kliyent.

Figma
Dizayn bilan ishlash uchun eng zo'r vosita. Ko'plab plaginlarga ega.

MDN
Veb-texnologiyalar bo'yicha asosiy ma'lumotlar manbayi. Ishonchli. https://developer.mozilla.org/en-US/

StackOverflow
Barcha dasturlash tillari, xususan, frontend bo'yicha ham minglab savollarga javoblarni saqlaydigan platforma. O'z muammongizni tushuntirib savol berishingiz yoki boshqalarning savollariga javob berib, bilimingizni mustahkamlashingiz mumkin.

βœ… @webdev07
πŸ‘2
CSS-animatsiyalar tuzish uchun servis

Ushbu servis orqali siz osongina o'zingizga kerak bo'lgan animatsiyalar yaratishingiz mumkin. Tayyor presetlardan foydalaning yoki qulay menyu orqali o'z variantingizni o'ylab toping. Tayyor natijani esa birdaniga HTML, React yoki Vue ga ko'chirib olish mumkin.

LINK πŸ‘‰ https://animxyz.com/

βœ… @webdev07