Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.

Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.
Manba: @itbusiness_school


Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
👍1
«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
Buyurtma berish: @akademsavdo

@webdev07
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kodini qanday o'qitish uchun bepul dasturlash tillari (1-qism)

Bolalar o'yin-kulgilarni o'rganishganda kodni yaxshi ko'rishadi

Kompyuter dasturiy - bu talab va potentsial jihatdan foydali karnay yo'lidir, shuning uchun bu kunlarda ota-onalar o'z farzandlariga farzandlari dasturiy ta'minot sifatida o'sishga umid qilishlari mumkin. Agar siz farzandlaringizni qanday qilib dasturlashni o'rgatsangiz, qaerdan boshlaysiz? Ushbu ro'yxatdagi bolalar uchun mo'ljallangan dasturiy tillar va asboblarning bir nechasini sinab ko'ring.

01dan 07 gacha

Scratch - bu MITning Lifelong Kindergarten Lab tomonidan ishlab chiqilgan bepul bolalar dasturlash tilidir. Bepul tilda o'quv qo'llanmalari, ota-onalar uchun o'quv qo'llanma va mustahkam foydalanuvchilar guruhi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Kompyuterdan Scratch dasturiy tushunchalarini o'rganish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan kartalar ham mavjud.

@webdev01
Oson ekanda 😏 (juda tezlashib ketayapmiz)

@webdev07
IT o'zi nima?

— Information Technalogy ya'ni o'zbek tilida Axborot Texnalogiyalari qisqartmasi IT deyiladi, IT haqida eshitmaganlar it (hayvon) deb o'qiydilar. Stop! Stop! Stoop!.. It emas, IT Axborot texnalogiyalari bu (“Ay-ti” deb talaffuz qilinadi)

— Kompyuter texnalogiyalaridan foydalanilgan holda ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, himoya qilish va uzatish usullarini o'rganadigan va amalda qo'laydigan o'zaro bog'liq ilmiy texnikaviy ilmlar to'plamidir.

P.s Bu postni kimlarga yuborishni bilamiz-a
Forwarded from Dasturchi blogi
Bugungi kunda hayotimizga freelancer degan yangi ibora kirib keldi. Yoshlar freelancer deganda ko'proq bir o'zi uyda qamalib ishlaydigan mutaxassisni tushunadi. Lekin bu to'g'rimi?

Bizning mintaqamizda barcha sohada jamoa bo'lib ishlashdan ko'ra, yolg'iz muvaffaqiyatga erishishni istashadi. Lekin qachonki MEN deb emas, BIZ deb yashashni o'rgansakgina taraqqiyotga erishamiz.

Nega shunday? Erinmasangiz quyidagi longreadni o'qib chiqing.

https://telegra.ph/Jamoaviylik-madaniyati-06-18
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Bugun xudo xohlasa jQuery bilan amaliyot qilib ko'ramiz. Biz ajoyib menu yarab ko'ramiz

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@javohir_webdev
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. "Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi" degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev