Web Dasturlash kanali
9.77K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Channel name was changed to «Web Development»
Dasturlashni o'rganishni xohlaysiz, lekin ikkilanyapsiz: qaysi texnologiyani birinchi bo'lib o'rgangan ma'qul? Shunaqami? Bugun men aynan siz uchun maqola tayyorladim.
Dasturlashni aslida bir necha xil turlari bor. Yani: web dasturlash, soft dasturlar yozish, operatsion tizimlarni dasturlash, robotlarni dasturlash va h.k.
Bizning kanalimiz web dasturlashni o'rgatadigan kanal bo'lgani uchun bugun sizlar bilan web dasturlash haqida suhbatlashamiz.
Bu maqolada hech kitoblardagi kabi atamaning ma'nosi, qayerdan kelib chiqqani, kim ishlab chiqqani va hokazolar bilan vaqtni olmayman.

Uning ustiga o'zim ham aynan web dasturlashni tanlaganman. Shu sababli ham ushbu kanalda sizlar meni o'qib turibsiz.
Xo'sh, web dasturlashni qay tartibda o'rganish kerak? Men hozir faqat o'zimni fikrimni yozaman va bu hech qanaqa majburiy qonun emas!
Eng birinchi bo'lim web saytlarni bu texnologiyasiz tuzib bo'lmaydigan texnologiya HTML texnologiyasi!
Bu til dasturlash tili emas!!! Bu til razmetka tili. Hozir men sizlarga razmetka tili nima ekanligini nazariy tushuntirib o'tirmayman, bu unchalik muhim atama emas! Amaliyot vaqtida razmetka nimaligini albatta tushunib olasiz.
Dasturlash tili - amaliy jihatdan qandaydir vazifani bajaradigan til. Masalan natural son bilan qandaydir arifmetik amal, yoki ma'lumotlar bazasidan ma'lumotni o'qish va h.k. Razmetka tili esa bunday vazifani bajarmaydi!
Ikkinchi bo'lib esa saytlarning tashqi ko'rinishiga ta'sir ko'rsatadigan va saytda odamlarni ushlab qoladigan narsa - CSS.
Odamlarni ushlab qoladigan deganim menimcha 99% internet foydalanuvchilar saytda CSS bilan ishlov berilmagan bo'lsa saytni shunchaki esdan chiqaradi.
Dizayn bu shunaqa qurol. Bu haqida dizaynerlar ko'proq tushuncha bera olishadi.
Bu ikkala texnologiyani o'zlashtirganimizdan so'ng, saytlarni asosan frontend(saytning bizga ko'rinadigan qismi, backend bilan bog'langan) qismi uchun, ba'zida backend
(bajaradigan ishi jihatdan frontenddan kam emas, saytning foydalanuvchilarga ko'rinmaydigan qismi, asosiy vazifani backend bajaradi deyishimiz ham mumkin. Chunki frontend faqatgina aks ettirib bersa,
backend ma'lumotlarni qayta ishlaydi, saqlaydi, o'zgartiradi, brauzerga ham ta'sir ko'rsatadi va h.k. Hullas saytning logikasi deyishimiz mumkin) qismi uchun
(hozir ba'zida deganim xato bo'ladi albatta, chunki javascript va uning turli frameworklari bilan ishlaydigan fullstack dasturchilar yetarlicha. Fullstack dasturchi - backend va frontend dasturchilar qila oladigan ishni bir o'zi bajara oladigan dasturchi)
ishlatiladigan texnologiya - JavaScript texnologiyasi. Aynan shu yergacha o'rganganimizda va bir nechta amaliy ishlarda qatnashganimizda biz frontend bilan ishlashda ko'nikmaga ega bo'lamiz.
Davom etish kerak. Shu yerda ikkilanish paydo bo'ladi: backend uchun qaysi texnologiyani tanlaganim ma'qul? Ha, bu ikkilanish hammada bo'lgan.
Bu yerda bir nima deyish qiyin. Nojo'ya narsa yozib sizga xato yo'nalish berib yuborishim mumkin. Shu sababli buyog'i yuzaki tushuncha! Qattiq amal qilishingiz shart emas!
Agar siz javascriptni keraklicha o'rgangan bo'lsangiz siz backend uchun internetdan birorta frameworkni izlab, uning vazifalari sizga yoqsa, shuni tanlashingiz mumkin.
Ikkinchi yo'l esa php tili! Menimcha bu tilni o'rganish boshqa tillarga nisbatan oson. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashimiz ham backend dasturchilar bajaradigan ishlarga kiradi va ma'lumotlar bazasidan foydalanmay, yuqori darajadagi funksional sayt tuza olmaysiz!
Men bu jihatda Mysql texnologiyasini tanlashni maslahat beraman. Chunki php ni tanlagan dasturchi uchun Mysql bilan ishlash juda qulay!
HTML va CSS ni o'rgangan vaqtingiz albatta HTML5 va CSS3 ni xam o'rganasiz. Bular haqida yozib o'tirmadim. O'rganadigan darslaringizda bu haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!
Demak biz quyidagi tartibda o'rganishimiz kerak ekan:
1. HTML
2. CSS
3. JavaScript
4. PHP
5. Mysql

Bu fikrlar faqat mening shaxsiy fikrlarim. Men ham katta tajribaga ega dasturchi emasman. Balki yozgan hamma fikrlarim xatodir. Hullas maqolani tushundingiz deb o'ylayman.
👍32🎉1
Mustaqil web dasturlashni o'rganamiz. Mutlaqo bepul web dasturlash kurslari.
Assalom alaylum barchaga. Men bu kanalni o'zim va tajribali ustozlarim bilan birgalikda tashkil qilmoqdaman.
@web_developer001
Bu kanalda siz
WEB DASTURLASH
HTML
CSS
JAVASCRIPT
PHP
WEB DESIGN
Photoshop
Adobe XD
Javascript texnalogiyalari
Angular (Frontend uchun, yangi texnalogiya)
Ionic (mobail darturlar yasash,yangi texnalogiyalari )
NodeJs
darslari berilib boradi. Web texnalogiyalar va internet yangiliklarni ulashib boramiz. Web dastur yaratishni 0 dan boshlab o’rganasiz. Bizga qo’shiling bu kurslarni o’zingiz ko’ring va do’stlaringizga ulashing. Biz birgalashib dasturlashni o’rganamiz. Biz siz uchun darslarni tayyorlayapmiz. Siz qo'llab quvvatlab yuborasiz degan umiddamiz
@web_developer001
👍21🥴4🔥1
Assalom alaykum barchaga, hozir Photoshop va Web dasturlash darslarimizni ham tayyorlayapmiz bu darslarni sizga tez orada ulashamiz 😊 bizni kuzatishda davom eting.
@web_developer001
👍7🕊2👨‍💻1
Ilk darslarimiz web design ga bag'ishlanadi.

https://youtu.be/d9GZ2FpBEZI
👍7🤣2
Web Dasturlash kanali
Ilk darslarimiz web design ga bag'ishlanadi. https://youtu.be/d9GZ2FpBEZI
Karanten vaqtida uyda o'rganishni holaydiganlar uchun vedio kurslarimizni taqdim qilamiz.
Web design kursining ilk darslari Photoshop va unga kirish darslari. Bu darsda siz fayl menusidagi ayrim funksiyalari bilan va toolbarning kompanentalarini vazifalari bilan tanishib chiqadiz.
👍31
Forwarded from Dasturchi blogi
Assalom alaykum barchaga Web design kursimiz davom etadi. Bugungi darsimizda manashunday ajoyib lading page yasashni ko'rib chiqamiz

Bizning kanallar👇

Telegram | YouTube
🤓2
Forwarded from Dasturchi blogi
Assalom alaykum barchaga.
Kelgusi darslarimiz web darsturlash (frontend bo'limi) ga bag'ishlanadi. Shuning uchun darsni qaysi darajadan boshlaganimiz sizga maqul bo'ladi? 🤔
Anonymous Poll
82%
Eng boshidan boshlasak(HTML, CSS ga kirish darsidan) yaxshi bo'lar edi 😍👍
13%
Menda boshlang'ich bilimlarni bor. Faqat amaliyot yo'q. Shunga vedio bo'lsa yaxshi bo'lar edi 😉💥
5%
Menga buni farqi yo'q 😜
#qisqacha_ma`lumot
Web dasturlash
Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.

Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!

@web_developer001
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyda qoling! Videodarslarni o'rganing! 😎

@web_developer001
👍7🔥1
Web Dasturlash 1-Dars | Kirish

Bugungi video darsimiz Web Dasturlashga kirish qismi bo'ladi ya'ni siz Frontend bo'yicha o'zingiz qiziqqan savollarga javob topasiz!

Web dasturlash bo'yicha yangi darslarni
👨‍💻 @web_developer001 kanalidan topasiz.

👇 Lesson 1

https://youtu.be/UyGKgrKgRaM
👍4🔥1
​​Дастурчилик даражалари


1️⃣ Beginner

Таржимаси — Бошловчи. Бу дастурлашни эндигина бошлаганларнинг даражаси. Масалан, савол бераётганда, бегиннерман деса, одамлар унчалик ҳам уни ёмонламайди, чунки ҳар доимгидек, савол аҳмоқона бўлади.

2️⃣ Junior

Таржимаси — Кичик. Бегиннердан ўтган, дастурлаш тилини ёмон билмайди, ишлаганига 4-5 ойдан ўтган, 1-2 та қилган ишлари бор прогерлар. Одатда ишга киришда жуниордан бошлашади

3️⃣ Middle

Таржимаси — Ўрта. Жуниордан ўтган, ишлаганига 1 йилдан ошган, дастурлаш тилини яхши билади, тажрибаси бор, портфолиода ишлар кўп.

4️⃣ Senior

Таржимаси — Катта. Бу ўша дастурлаш тилини жуда яхши биладиган, айни бир керакли фреймворки билан яхши ишлайдиган, қила олмайдиган ишининг ўзи йўқлиги билан мақтана оладиганларни Сениор Девелопер дейишади. Иш тажрибаси йили 3+.

5️⃣ Тeam Lead

Таржимаси — Жамоа бошлиғи. Бу даража жамоада ишлайдиганлар учун хос. Сиз айни бир жамоада ажралиб турсангиз, проектларда фаол бўлсангиз, гапингиз кўп кишига ўтса, демак сиз тимлидсиз. Бунақаларга баъзида қийин бўлади. Чунки проект унга боғлиқ бўлади.

Manba: @progerlive

Do'stlarizga ham ulashing:

👉 Dasturlashni biz bilan birga o'rganing:

👨‍💻 @web_developer001
👍2
Hechkim sendan aqilli, kuchli emas! Shunchaki ular oldin boshlashgan!
©Steve Jobs

@web_developer001
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom alaykum. Kirib kelayotgan ramazon oyi muborak bo'lsin☺️🤗🌙

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u aytdi: Ramazon kirganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizlarga bu (ulug‘ va barakotli) oy keldi! Unda ming oydan ko‘ra xayrliroq bir kecha bor! kim u kechani qo‘ldan boy bersa, barcha yaxshiliklardan quruq qolibdi! Ramazon yaxshiliklaridan faqat baxtsizlargina quruq qoladi!”. (Ibn Moja)

@web_developer001
🔥1
Web Dasturlash 2-Dars | HTML5 (matnlar, img qo'shish, havolalar)

Bugungi video darsimiz Web Dasturlashga kirish qismi bo'ladi ya'ni siz matnlar bilan ishlash va img qo'shish, havolalar bo'yicha o'zingiz qiziqqan savollarga javob topasiz!

Web dasturlash bo'yicha yangi darslarni kanallarimizidan topasiz.
👨‍💻 @web_developer001

👇 Lesson 1
https://youtu.be/MFfms2VvGUA
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Web Dasturlash 2-Dars | HTML5 (matnlar, img qo'shish, havolalar)

web_dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇

@web_developer001

#html #videodars
Telegram | YouTube | Instagram
Assalom alaylum barchaga. Web darsturlashga qizqadiganlar va yuqoridagi vediolar savollar takliflar bo'lsa muomolar bo'lsa bizning guruhimizga qo'shiling
web darsturlashga qiziqadigan do'stlaringizni taklif qiling
👇👇👇
@webdev_group
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib Ui design 😍

Dizaynga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
#toshkent #ui
©️Dmitriy Abramov
👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw
👍31