Web Dasturlash kanali
9.79K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Pullik yoki tekin dars, qaysi biri yaxshi?🤔

Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda koʻplab oʻquv markazlari mashgʻulotlarni online shaklga oʻtkazishdi. Ularning ba’zilari pullik ayrimlari esa tekin qilib qoʻyishgan.

☝🏻Shu oʻrinda savol tugʻiladi: pullik kurslarni sotib olgan yaxshimi yoki bepullaridan foydalanish? Agar moliyaviy tarafdan olib qaraganda bepul kurslardan oʻrgangan foydali tuyiladi. Lekin tekin kurslar pullik kurslardek sifatli boʻlish ehtimoli kam.

Sababi, pullik kurslarda aniq tartib va reja asosida video-darslar oʻtilib, topshiriqlar beriladi va natijalar sizdan talab qilishadi. Yoʻl qoʻygan kamchiliklaringizga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatadigan murabbiyingiz boʻladi. Bepul kurslarda esa siz faqat video-darslardan oʻrganasiz xolos. Tekin kurslar bilan toʻliq mutaxassis boʻlish uchun ancha vaqt talab qilinishi aniq.

P.s: Agar moliyaviy tarafdan qiyinchilik tugʻdirmasa tanlagan sohangizni pullik kurs bilan oʻrganing.
Ⓜ️ITbusiness_school

👨🏻‍💻@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤔 PayMeda JavaScript dasturchilar qancha oylik oladi?

PayMe asoschisi Sarvar Ruzmatov bunga javob berdi.

@webdev07 | Manba
Dasturchi sifatida qanday qilib o’zimga to’g’ri narx belgilayman ?

Biron
bir ishni boshlayabsizmi, albatta eng avval bir necha narsaga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Bu muhim ishlar orasida, kelajakdagi kasbingizning sizga keltiradigan daromadi ya’ni maoshi ham o’rin egallashi muhim hisoblandi. Albatta agar u sizga yaxshi foyda keltirmasa yoki hech qanday zavq bermasa u ishni qilishingiz, umringizni zoye qilish bilan barobardir. Ba’zilar yaxshi jamoa bo’lsa tekinga ishlashga ham roziman deyishadi, lekin bu ham vaqtinchalik gaplar. Albatta ular jamoa muvaffaqiyatga erishgandan so’ng yaxshi foyda olishlariga ko’zlari yetkani uchun shunday qiladilar. Istaysizmi, yo’qmi, moddiy ta’minot inson uchun kerak bo’lgan narsalardan biri hisoblanadi.

Bu maqolada sizga dasturchi sifatida o’zingizga to’g’ri narx belgilash uchun, o’zim bilgan ikki to’g’ri yo’lni ko’rsataman:
🔹Stack overflow - agar siz dasturlash bilan shug’ullansangiz bu veb-sayt haqida ma’lomutga ega bo’lsangiz kerak. Deyarli barcha savolingizga shu veb-sayt orqali javob topishingiz mumkin. Shu qatori maosh masalasida ham. Buning uchun u yerda savol berib o’tirishim kerakmi deysizmi ? Albatta yo’q. Stack overflow sizga kompaniyalar dasturchilar uchun taklif qilayotgan narxlar haqida ma’lumot berib boradi. Shingdek o’zingizning tajribangiz, bilim darajangiz va qayerdan ekanligingizni kiritsangiz, qancha maoshga loyiq ekanliginingizni bilib olish imkonini taqdim qiladi. Bilishimcha, o’zbekiston uchun maoshlar narxini chiqarmaydi. Lekin kelajakda chet elda ishlashni niyat qilgan bo’lsangiz siz uchun ayni muddao. Faqat takliflarni o’qib borish emas, balki agar kompaniya talablariga javob bersangiz unda sizga ishlash imkonini ham taqdim etadi. Qisqa qilib aytganda: kompaniya va ishchini birlashtiruvchi manzil.

🔹Ikkinchi yo’l albatta faqat O’zbekiston sharoiti uchun moslashgan desam xato bo’lmaydi. Bu Ustoz Shogird Uzgeeks telegram kanali. Kanal orqali zamonaviy kasblarga bo’lgan talab va takliflarni kuzatib borish mumkin. Bu yerda men nima qilishim kerak degan savol tug’ilgan bo’lsa kerak. Kanlani kuzatib boring va sizdagi bilimlar bor insonga qanday takliflar, narxlar va qulayliklar taqdim qilishmoqda. Umumiy qilib bilimingizga bo’lgan o’rtacha narxni bilib olasiz. Agar taklif to’g’ri kelsa, bog’lanib kompaniyaga ishga kirasiz. Hammasi oddiy.

Ikkinchi yo’l albatta faqat O’zbekiston sharoiti uchun moslashgan desam xato bo’lmaydi. Bu Ustoz Shogird Uzgeeks telegram kanali. Kanal orqali zamonaviy kasblarga bo’lgan talab va takliflarni kuzatib borish mumkin. Bu yerda men nima qilishim kerak degan savol tug’ilgan bo’lsa kerak. Kanlani kuzatib boring va sizdagi bilimlar bor insonga qanday takliflar, narxlar va qulayliklar taqdim qilishmoqda. Umumiy qilib bilimingizga bo’lgan o’rtacha narxni bilib olasiz.

Agar taklif to’g’ri kelsa, bog’lanib kompaniyaga ishga kirasiz. Hammasi oddiy.

@webdev07 | Manba
​​​​Хитойлик энг бой одамнинг мулоҳазалари

Агар маймунларнинг олдига пуллар ва бананлар қўйилса, маймунлар бананларни танлайди. Чунки улар пулга жуда кўп бананлар сотиб олиш мумкинлигини билмайди.

Худди шу ишни кўплаб инсонларга қўлладим. Уларнинг олдига бир лойиҳа ва маош олиб ишлаш ихтиёрини қўйдим. Уларнинг жуда кўпчилиги маош олиб ишлашни танлашди. Чунки улар битта лойиҳани амалга ошириш орқали бир ойлик маошдан кўра анча кўп пул топиш ва яшаш тарзини ўзгартириш мумкинлигини билишмайди.

Одамларнинг камбағал бўлишларига сабаб бўладиган нарсалардан бири — турли бизнес лойиҳаларини ишга солиш, улар натижа бергунича сабр қилиш, лойиҳалар билан ишлашдек қулай фурсатни қўлдан бермасликни ўрганмаганларидир. Улар мактаб ва олийгоҳларда «Ишга бориб ишлаш маош олиш учундир» деган нарсани ўрганишган. Улар ўзлари учун ишлашни эмас, бошқалар бой бўлиши учун ишлашни, бировларнинг қўлида ишлашни ўрганишган, холос.

Тўғри, ойлик маош сизни фақир бўлиб қолмаслигингизга сабаб бўлади, лекин шу билан бирга у сизни бой бўлишдан тўсади.

Мен ҳаётимда эрталаб соат 8 дан то кеч соат 3 гача ишлаб, бой бўлиб кетган шахсни кўрмадим. Фақат ойликка ишлайдиган бузуқ табиатли одамгина (порахўрлик, ўғрилик, хиёнат ва ҳоказолар сабабли) бой бўлиб кетганини кўрдим.

©Жек Ма,
Хитойнинг энг бой одами, шахсий бойлиги 39 миллиард долларни ташкил этади
👇👇👇

@webdev07

#motivation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JavaScriptmi yoki Python qaysi dasturlash tilini tanlagan maqul ?
😁

@webdev07
😁2🔥1
Keling dasturchilarni o’rtacha oyliklarini ko’rib chiqamiz

🇺🇸 Aqshda 2020-yildagi o’rtacha 1 yillik maoshlar:

Java: $87,628 - $104,838
Python: $105,514 - $144,386
C#: $58,316 - $72,921
C++: $90,218 - $107,845
.NET: $77,012 - $96,182
JavaScript: $98,988 - $115,261
PHP: $65,326 - $81,582

🇺🇿 O’zbekistonda 2020 - yildagi o’rtacha 1 yillik maoshlar, hh.uz sayti ma’lumotlariga ko’ra:

Java: $3600 - $24,000
Python: $4800 - 24,000
C#: $3300 - $20,000
C++: $4000 - $30,000
.NET: $3600 - $22,000
JavaScript: $3800 - $20,000
PHP: $2500 - $18,000

👇👇👇
@webdev07

Telegram | YouTube | Instagram
😢2
console ga nima chiqadi ?
console ga nima chiqadi?
Anonymous Quiz
20%
Array
31%
Object
37%
Number
12%
Function
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas


👇👇👇
@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insoning maqsadi buyuklashib borgan sari o'zi ham buyuklashib boradi

@webdev07
Faqat html va CSS- lardan iborat narx rejalari bo'limini qanday yaratish mumkin 😎👆

@webdev07
AQL

O’zining haqligiga 100% ishongan odamlarni ko’rganmisiz?

Tekshirish, o’ylash, tahlil qilish, tadqiqot kabi, ilmiy haqiqatni tekshirish usullarini ishlatishmaydi.

Shunchaki “men haqman” deyishadi.

Ahmoqni isbot bilan ishontirishni iloji yo’q.

Ahmoq fikrini baribir o’zgartirmaydi.

Qanday faktlar keltirishingizdan tashqari, u o’zini dunyoqarashini, real faktlardan ustun ko’radi.
#dovranbekturdiev

@webdev07
Eng yaxshi editor 😁

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
👍1🔥1😁1