Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi Ajoyib Accordian Card qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇

https://youtu.be/n3uZIVDdcKY
👍1
Chala bilgandan ko'ra, bilmagan yaxshi.
© Abu Ali ibn Sino

Boshladingizmi, oxiriga (yoki biron yaxshi natijaga) yetkazing, yetkaza olmaysizmi? Unda boshlamang!

@webdev07
Web dasturlash kanalimiz 1 yoshda 😊🎉

Barchaga qo'llab quvvatlaganlarga rahmat kattakon

Kanal haqida sizning fikringiz qanday ?
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Web dasturchilarga ham oson emas, bitta Website yaratish 😅

Web dasturchilar tushundi 😂

@webdev07
Ajoyib Social media Button effekt 🤩
bu qanday yasaladi ? Siz ham sinab ko'ring 🤓
#html #css #js

@webdev07
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!
​​🔹 Agar siz onlayn ta’lim olishga to'g'ri yondashsangiz, uning yordamida har qanday maqsad amalga oshishi mumkin. Biz siz uchun orzuingizdan yarim yo'lda voz kechmasligingiz uchun 7 ta samarali maslahatni to'pladik!

1️⃣ Ta’lim cheklovlarini o’rganing
Tabiat qonunlariga ko’ra yangi informatsiyani qabul qilish davomiyligi 40 daqiqadan oshmasligi kerak. Ma'lumotni qayta ishlash uchun miya dam olishi kerak. Darslikni navbat bilan o’rganishga harakat qiling:dasturni o'rganish uchun 20 daqiqa, nazariya uchun yana 20 daqiqa ajrating. Bunday tartib sizni psihologik “portlash”dan ham saqlab qoladi.

2️⃣ O'qishni ish deb qabul qiling
Bir vaqtning o'zida darslarga o'tirib, shaxsiy “zavq”laringizdan voz keching. Bu yerda hamma narsa ishxonadagi kabi: hech qanday "Xo'sh, men 5 daqiqaga chiqib kelaman" yoki "Men lentani biroz aylantiraman" degan gaplar ketmaydi. Keling, bir sirni oshkor qilaylik: lenta kutib turishi mumkin, u sizdan hech qayerga ketmaydi!

3️⃣ O’qish uchun alohida maydon tashkil qiling
Bu alohida brauzer, ish stoli yoki hatto maxsus noutbuk bo'lishi mumkin. Shunday qilib, siz nafaqat dars uchun kerak bo'lgan hamma narsani ajratibgina qolmay, balki hamma “vaqt qotillarni” ko'rish maydonidan olib tashlashlaysiz.

4️⃣ Organayzer tuting va kichik maqsadlar qo'ying
Ommabop organayzerlarda siz qulay vazifalar panellarini yaratishingiz mumkin - ulardan kichik maqsadlarni belgilash uchun foydalaning. Ular yordamida siz o'zingizning rivojlanishingizni kuzatishingiz va vaqti-vaqti bilan bajarilgan vazifalar uchun o'zingizni maqtashingiz mumkin-bu sizni yanada ko’roq ishlashga undaydi.

5️⃣ O'qish paytida loyihalar olishga harakat qiling.
Radikal, ammo samarali usul:mijozlarning kutishi va mehnatdan oldindan to’lovni qabul qilish — ko’roq o’qish uchun ajoyib turtki. Qolaversa kelishuvlarga kelsak, "birlashish" va bahona topish vasvasasi bo'lmaydi, chunki amaliyot orqali o'rganish — juda samarali.

6️⃣ Blog oching va jamoat tuzing
O'zingizni mutaxassis sifatida joylashtira boshlaganingizdan so'ng, mashg'ulotni tark etish ancha qiyinroq. Blog ochishga urinib ko'ring va yutuqlaringiz haqida so’zlashni boshlang - bu nafaqat sizning yutuqlaringizni kuzatishga , balki potentsial mijozlarni qiziqtirishga yordam beradi.

7️⃣ Sohani "Yuzaki" o'rganmang
Barcha sohalar qandaydir tarzda bir-biri bilan chambarchas bog'liq va buni sezishni o'rganish juda katta yordam beradi. Ushbu yondashuv bitta kasb atrofida harakat qilishdan ko'ra ancha qiziqroq, qolaversa muammolarni hal qilishda nostandart yondashuv ish beruvchilar tomonidan yuqori baholanadi.

🚀 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇

@webdev07 | Manba
Ayanchli va kulgili

@webdev07
🔥1
Qaysi framework yoki texnalogiyalarni o'rganishni xohlaysiz ?
Anonymous Poll
41%
React va react native
7%
Angular va Ionic
7%
Vue va Nuxt
20%
Node js
18%
Django
7%
Yii vs laravel
👨‍💻 Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.

💻 Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

📟 Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

📱iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🖥 Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

🎮 Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🤖 Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

🛡Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

👉 @webdev07
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@webdev07
Men dasturchi bo’la olamanmi?
Nimadan boshlashim kerak ?

Eng boshida shuni aytib qo’yishim kerakki, dasturchi bo’lish uchun aynan biron universitetda tahsil olish shart emas, yoki sizdan biron ilmiy daraja talab etilmaydi, qaytanga o’zingiz mustaqil tarzda o’rgansangiz, tez o’rganasiz.

O’rganishda MATEMATIKA fanidan tushunchangiz bo’lsa, buyog’I qiyinmas. MATEMATIK bo’lmasangiz ham, FOIZ, ULUSH tushunchalarini bilsangiz, dasturlashni o’zlashtirishingiz osonlashadi.

Dasturlashda sizning logikaviy salohiyatngiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning vazifasiga ko’ra logikasini yaxshi ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturchi chiqadi.

Nimadan boshlashim kerak ?
O'zingizni kompyuter va internet bilan taminlang 👈

Birinchi o'rinda kompyuter sotib oling(Agar bo'lsa juda soz). Ko'pchilikda savol tug'iladi qanday kompyuter sotib olishim kerak deb 🤔? Dasturlash uchun kompyuter juda ko'chli bo'lshi shart emas(Qancha ko'chli bo'lsa shuncha yaxshi).

Ikkinchi o'rinda internet bilan o'zingizni taminlang. Hozirgi vaqtda internetsiz dasturchi bo'lish juda qiyin. Chunki barcha dasturlash haqidagi yangiliklar internetda joylab boriladi. Internet past deb vaqtni yo'qotib qo'ymang ilojini toping(Hamma narsaning iloji topiladi).

O’rganishni qayerdan, qanday boshlash kerak?
Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko’p, masalan: C, C++, C#, Java, JavaScript, PHP, HTML, XML, Python, va hokazo.

Bu borada shaxsan men Python yoki JavaScript dasturlash tillarini o’rganishni tavsiya qilgan bo’lardim.
Bu dasturlash tillarni haqida kiyingi qismda to'liqroq javob beraman
#qism2

Hali boshlamagan bo'lsangiz bugun boshlang 🙏
🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla! 📓Lavanda Ilindi

@webdev07
SMM oʻzi nima? Nega hamma shu mavzuda soʻz ochmoqda?

📌 SMM bu — Social Media Marketing yaʼni ijtimoiy tarmoqlar marketingi deyiladi. U orqali Telegram, Instagram, Facebook, YouTube tarmoqlarida kompaniyalarning rasmiy sahifalari yuritiladi.

🤔 Menga nima keragi bor deysizmi? Unda davomini oʻqing!

📱 Hozirgi kunda deyarli hamma kunining koʻp qismini internetda oʻtkazmoqda, asosan ijtimoiy tarmoqlarda. Oʻzingizni misol qilib koʻring taxminan qancha vaqtingiz ijtimoiy tarmoqlarda oʻtmoqda 😅

🗣 Demak marketing taraflama qaraydigan boʻlsak mijozlar qayerda boʻlsa, sizning reklamangiz ham oʻsha yerda boʻlishi kerak. SMM esa sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

🎯 Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni saqlab qolish va eski mijozlarni qaytarib olish borasidagi barcha harakatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, brendingizni tanitish va potensial mijozlar oqimini yaratishda katta yordam beradi!

@webdev07