Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🟢 Paxtachi tumani hokimligida toʻrtta sektor rahbarining fuqarolar murojaatlari boʻyicha navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
Mol-mulk solig’idan kimlarga imtiyoz berilgan?

Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi (https://lex.uz/docs/4674902):
▪️ «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
▪️ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
▪️ sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);
▪️ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining;
pensionerlarning;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
4251 ta korxonaga ko‘maklashildi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi –tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar hayotga tatbiq qilinayotir.
Ayni jarayonda tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarish hamda yangiliklar xususida tushunchalar berilib, ularga amaliy ko‘maklashilmoqda. Ta'kidlash lozimki, joriy yilning o‘tgan davrida 4251 ta korxona rahbar hamda bosh hisobchilariga oylik, choraklik hisobotlarni elektron tarzda yuborish, onlayn nazorat-kassa mashinalaridan to‘g‘ri foydalanish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va amaldagi imtiyozlar tushuntirildi. Shuningdek, korxonalarga faoliyatini kengaytirish uchun banklardan kredit olishda amaliy yordam berildi. Xususan, “Al Tair Samarqand” MChJga chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki Samarqand viloyati filialidan 95 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratishda ko‘maklashildi.
Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan “Elxolding ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga soliq hisobotlarini elektron jo‘natish va soliq imtiyozlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✒️ Bekmirza Ahmedov,
Samarqand shahar davlat soliq
inspeksiyasi Tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash sho‘basi boshlig‘i
Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan qanday o‘tadi va qaysi soliqlarni to‘laydi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🔷 Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Akbar Almasov "Chorraha" MFYda fuqarolar bilan uchrashdi. Sayyor uchrashuvda yigirmaga yaqin murojaat yo‘llandi. Murojaatlarning beshga yaqini joyida hal etilib, qolganlari nazoratga olindi. Shuningdek, sektor rahbari ushbu mahallada yangi faoliyat boshlagan xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
🟣 Ishtixon tumani 4-sektori hududidagi “Bog‘bon” MFY raisi Anvarjon Muhiddinov va Jo‘ra Mahmudov MFY raisi Shamsiddin Zavqiyev ijtimoiy hayotda faolligi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha olib borgan samarali ishlari uchun kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
🟡 Toyloq tumani 4-sektori hududida yashovchi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar berilmoqda. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube
❇️ Pastdarg'om tumani 4-sektoridagi "Esaboy" MFYda "Temir daftar"da turgan Dilbar Jalilovaga motokultivator, Hilola Umirzoqovaga tikuv mashinasi berildi. Kanalga ulanish👇
Тelegram | Facebook | Youtube