Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda

Yashirin iqtisodiyot ulushining ortishi raqobat va bozor mexanizmlarining izdan chiqishiga, aholi real daromadlarining pasayishi, ishchilar hamda isteʼmolchilar huquqlarining poymol boʻlishiga olib keladi.

👉Youtube orqali ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Taksi bozori: "soya"dan shaffof biznesga

O‘zbekistonda yaqin vaqtgacha "soya"da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformatsiya yuz bermoqda. Bugungi kunga qadar Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishdi.

Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

To'lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;
104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to‘lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish – bu haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam.
______________
#теневая_экономика

Рынок такси: от теневого сектора к прозрачному бизнесу


В Узбекистане происходит трансформация сферы услуг такси, которая еще недавно находилась в тени. На сегодняшний день Налоговый комитет добился определенных результатов в легализации этого сектора экономики.

Еще в апреле с информационными системами налоговых органов было интегрировано 6 агрегаторов такси. На сегодняшний день интеграцию прошли 142 агрегатора.

С начала года по 15 августа через агрегаторы осуществили более 166 млн поездок, по которым выданы фискальные чеки на сумму 3 трлн сумов. В сравнении с данными на 1 марта (18,3 млн поездок) число зафиксированных в базе данных поездок увеличилось в 9 раз.

Более полумиллиона граждан (576,1 тысяч), ранее работавших нелегально, теперь официально зарегистрированы как самозанятые в сфере пассажирских перевозок. Свыше 361 тысяч из них оказывают услуги через агрегаторы, что в 2 раза больше, чем по данным, доступным в марте.

Фискализация платежей позволяет получать информацию о том, как распределяются доходы самозанятых водителей:
125,6 тысяч из них за это время заработали до 1 млн сумов:
104 тысячи - от 1 млн до 5 млн сумов;
45,3 тысяч - от 5 млн до 10 млн сумов;
78 тысяч - от 10 до 50 млн сумов;
7,6 тысяч - от 50 до 100 млн сумов.

У 171 водителя доход превысил 100 млн сумов.

Эти цифры наглядно демонстрируют результаты легализации неформальной занятости и скрытых форм оплаты труда.

Обеление рынка такси – это шаг к созданию более справедливого и прозрачного рынка, где права как водителей, так и пассажиров защищены законом
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #JShODS

Biron tashkilot yoki korxonaga ishga kirganingizda
🤝 Siz bilan qonuniy mehnat shartnomasi tuzmasdan,
📨 ish haqingizni konvert usulida berishyaptimi?

"Menga oyligimni bersa boʻldi, nima farqi bor" deb oʻylaysizmi?

⚠️Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_ijara #yashirin_iqtisodiyot

Joriy yilning 9 oyida soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

🖇Foydali havolalar

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

❗️2024-yil uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida boshqarma boshlig‘i D.Xashimova batafsil ma'lumot berdi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #ijtimoiy_sorovnoma

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati
yashirin iqtisodiyotga duch kelgan.

Soliqdan qochganlarga qanday choralar qo‘llanilishi kerak?

📹 Jamoatchilik fikri bilan batafsil videolavhada tanishing

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #JShODS

Biron tashkilot yoki korxonaga ishga kirganingizda
🤝 Siz bilan qonuniy mehnat shartnomasi tuzmasdan,
📨 ish haqingizni konvert usulida berishyaptimi?

"Menga oyligimni bersa boʻldi, nima farqi bor" deb oʻylaysizmi?

⚠️Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.
#soliq_hisoboti #yashirin_iqtisodiyot

100 mingdan 100 mln so‘mgacha: O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?

Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida 🏭 sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:

▫️336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
▫️287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so'm) dan 3 mln so‘mgacha olgan.

💰425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.

🤔Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan ⬇️ kam) ish haqi hisoblangan.

Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.

📍Hududlarda qancha hisoblandi?

Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.

Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.

Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.
__________
#налоговая_отчетность #теневая_экономика

От 100 тысяч до 100 миллионов: какие зарплаты в промышленной сфере Узбекистана?

По данным налоговой отчетности за сентябрь 🏭 в сфере промышленности официально трудоустроено 772,4 тысяч человек:

▫️336 тысячам из них начислена зарплата от 3 до 10 млн сумов;
▫️287,8 тысячам человек - от МРОТ (в сентябре 1 050 000 сумов) до 3 млн сумов.

💰Больше 100 млн сумов в месяц заработали 425 человек.

🤔Почти 7 тысячам работников начислена зарплата до 262 500 сумов (менее 25% МРОТ).

Средняя заработная плата одного сотрудника - 5 млн сумов.

📍Сколько начислено в регионах?

По республике самые высокие зарплаты в Навоийской области (в среднем 8,9 млн сумов).

В Ташкенте - 5,8 млн сумов;
в Ташкентской области - 5,1 млн сумов;
в Андижанской области - 4,6 млн сумов;
в Каракалпакстане - 4,5 млн сумов.

Самые низкие зарплаты:
в Хорезмской области - 2,5 млн сумов;
в Наманганской области - 2,3 млн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Naqd pulsiz hisob-kitoblar rag‘batlantiriladi

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa bo‘ladi.

Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads