Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

noyabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 ноября 2024 года последний день

за октябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#chellenj

11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimlari “Men kasaba uyushmasi a’zosi ekanligimdan faxrlanaman” chellenjida faol ishtirok etishdi.
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF

10-noyabr dam olish kuniga (ishlanmaydigan kun) to‘g‘ri kelganligi sababli, EHF rasmiylashtirishning oxirgi muddati 11-noyabrga koʻchirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, EHF qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etilishi va qabul qilinishi lozim.
__________
#ЭСФ

В связи с тем, что 10 ноября - выходной (нерабочий) день, последний день оформления ЭСФ перенесен на 11 ноября.

❗️Напоминаем, что выставлять и принимать ЭСФ следует в установленные законодательством сроки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tayinlov

Stol tennisi federatsiyasiga Bosh kotib tayinlandi

Stol tennisi federatsiyasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna tayinlandi.

Shu munosabat bilan, G.Muqaddasova Soliq qo‘mitasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_NKM

Soliq qo'mitasi: nima? qayerda va qanchadan?

Soliq sohasining raqamlashtirilishi natijasida sotuvchi va xaridorlar oʻrtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilgan ishlar va sotilgan tovarlar haqida ular uchun rasmiylashtirilgan EHF va onlayn chek orqali real vaqt rejimida maʼlumot olinadi.

Hozirda bir kunda 150 mingdan ortiq EHF shakllantirilayotgan boʻlsa, yil boshidan buyon 37 mln dan ortiq EHF rasmiylashtirilgan.
Har kuni onlayn NKT, marketpleyslar va agregatorlar orqali 7 mlndan ortiq xarid cheklari soliq organlariga real vaqt rejimida uzatiladi, yil boshidan esa bu koʻrsatkich 2 mlrd dan oshiqni tashkil etadi.

Katta hajmli maʼlumotlarning bunday tahlili, ichki bozordagi holat va sohalar rivojini tahlil qilish imkonini bermoqda
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 375 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari187 500 so‘m;
▫️faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 375 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi?

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.
__________
#индивидуальный_предприниматель

Как приостановить деятельность в качестве индивидуального предпринимателя?

Государственная регистрация и перерегистрация (временное приостановление, прекращение деятельности) субъектов предпринимательства осуществляется Центрами государственных услуг.
👉Положение о порядке государственной регистрации субъектов предпринимательства

Чтобы временно приостановить свою деятельность в качестве индивидуального предпринимателя, вам нужно обратиться в Центр государственных услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads