Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.77K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Muhtaram yurtdoshlar!

Siz azizlarni 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Tug‘ilib o‘sgan Vatanimiz, ota-onamiz qanchalik aziz bo‘lsa, ongimiz va tafakkurimiz gavhari bo‘lgan ona tilimiz ham shunchalik qadrlidir. Inson ona tili bilan tug‘iladi, u bilan birga kamolga yetadi. Shu bois, ona tili mo‘tabar va azizdir.

Jahon tillari orasida o‘zbek tili o‘z nufuzi va o‘rniga ega ekanidan barchamiz faxrlanamiz. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarda ham o‘zbek tilini o‘rganishni istayotgan insonlar safi kun sayin oshib bormoqda. Dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.

Aziz yurtdoshlar, fursatdan foydalanib barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik tilayman. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Elyor Tolliyev,
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
#lekin_bu_fakt

Shunda bugʻdoy narxi sizningcha qancha?

“BM” Fermer xoʻjaligi 2024-yil 30-iyulda EHFda bugʻdoyni (MXIK - 01001001001000000) bir kg 2 668 soʻm, 1 grammni ham 2 232 soʻmdan sotganligini koʻrsatgan.

Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilardan birlamchi hujjatlarni toʻldirishda eʼtiborli boʻlish muhimligini yana va yana eslatadi.
__________
#интересно_но_факт

А сколько, по-вашему, стоит пшеница?

30 июля 2024 года фермерское хозяйство “BM” реализовало через один ЭСФ 1 кг пшеницы (ИКПУ 01001001001000000) за 2 668 сумов и 1 грамм пшеницы за 2 232 сумов.

Налоговый комитет снова и снова напоминает налогоплательщикам о важности быть внимательными при заполнении первичных документов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

O'zini o'zi band qilgan shaxslar har yili 1-dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda mehnat staji hisoblanishi uchun 1 BHM miqdorida - 375 000 so'm ijtimoiy soliq to'lashlari mumkin.
__________
#знаете_ли_вы

Самозанятые лица раз в год до 1 декабря могут добровольно уплачивать социальный налог в размере 1 БРВ - 375 000 сумов для исчисления трудового стажа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Munosib mehnat-munosib rag‘bat

Bulung‘ur tumanidagi 55 ta mahallaga 21 nafar soliq inspektori biriktirilgan bo‘lib, sentabr oyi yakuniga ko‘ra tumanning “Zarafshon”, “Qo‘ng‘irot” va “Gulobod” mahallalarida soliq inspektori Jasurbek Po‘latov viloyatda eng yuqori natijani qayd etdi va Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tuman soliq inspeksiyasida bo'lib o'tgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari B.Toshqulov ishtirok etib, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'asini topshirdi.

J.Po‘latov o‘ziga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirishda samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha oyma –oy 21 ta mezon asosida 95 va 100 balga baholanmoqda.
Audio
Diqqat, diqqat! Barcha kichkintoylar va ularning ota-onalariga ajoyib yangilik!

🎉 "Maryam soliqlar haqida bilib oladi" nomli bolalar uchun elektron kitobining kitobi audioyozuvining birinchi qismi chiqdi!

👦🏻👧🏻 Maryam bilan birga soliqlar dunyosiga sayohat qiling! Bu ajoyib audiokitob orqali bolajonlar:

• Soliqlar nima ekanligini oson tushunadilar
• Soliqlar nima uchun kerak ekanligini bilib oladilar
• Soliqlar qanday ishlashini qiziqarli misollar orqali o‘rganadilar

🎧 Endi bolalar uchun murakkab mavzu ham qiziqarli va tushunarli bo‘ladi!

Farzandingiz bilan birga tinglang va soliqlar haqida bilim olishdan zavqlaning! 📚🎵

Davomi bor...

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-oktabr

oktabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 октября 2024 года - последний день

за октябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads