Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.77K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

@Efactura_Bot bilan ishingiz yanada oson bo‘ladi

Soliq xizmati organlari tomonidan Rouming tizimining @Efactura_Bot Telegram-boti ishga tushirildi.

Foydalanuvchi botni “Ishga tushirish” (запустить/start) orqali 8 ta raqamli Telegram-IDga ega bo‘ladi. Namuna – Telegram-ID: 20xxxxx48

Berilgan ID raqam soliq to‘lovchining my.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetidagi Elektron hisobvaraq-fakturalar bo'limida “Sozlanmalar” - “Sizning ma’lumotlaringiz” - “Telegram ID” maydoniga kiritiladi. Ushbu maydonga bir nechta ID raqam kiritish mumkin.

@Efactura_Bot imkoniyatlari

🔹 Quyidagi elektron hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin:
▪️EHF;
▪️shartnoma;
▪️ishonchnoma;
▪️tovar-transport yukxati;
▪️dalolatnoma;
▪️solishtirma dalolatnoma.

🔸 QR-kodli hujjat fayli botga yuborilganda:
▫️ayni vaqtdagi holatini (amalda / tuzatilgan / bekor qilingan) tekshirish;
▫️PDF formatdagi asl nusxasini (o‘zbek / rus tilida) yuklab olish mumkin.
#EHF

Eslatma❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Shu sababli noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni 11-dekabr. 
👉 VMQ-489-son 2-ilova
___
#ЭСФ

Напоминаем❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

В связи с этим последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за ноябрь - 11 декабря.
👉Прил.№2 ПКМ №489
#raqamlashtirish #EHF

Yanvar-aprel oylarida samarqandlik tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi 9.8 trln so‘mdan oshdi

Ushbu davrda elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 387.5 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan.
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Misol uchun. “G**S**I**” MCHJ tomonidan 2023-yil noyabr oyi uchun hisobot taqdim etilgandan soʻng, 2024-yil yanvar oyida oʻtgan davrning noyabr oyidagi EHFlariga tuzatish kiritilib, jami 96,6 mlrd soʻmlik EHF rasmiylashtirilgan boʻlsada, mazkur davrdagi soliq hisobotiga tuzatish kiritilmagan, natijada 11,8 mlrd soʻmlik QQS hisoblanmasdan qolgan.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.