Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.4K photos
1.32K videos
91 files
5.88K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Joriy yil boshidan Samarqand viloyati boʻyicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 1158та murojaat yo‘llangan

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga yanvar-mart oylarida 11158 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 849,5 mln soʻm mukofot to‘langan.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-may

may oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Charm-poyabzal sanoati uchun soliq imtiyozlari


“Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-181-son 20.05.2024

Hujjatga koʻra,
🔹Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm-poyabzal sanoat zonalari va ularni boshqarish direksiyalari tashkil etiladi.
🔹2026-yil 1-yanvarga qadar mazkur direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
▫️mol-mulk soligʻi;
▫️yer soligʻi;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI"  |  SOLIQ INSPEKSIYASI XODIMI RAG‘BATLANTIRILDI
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning!

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;
▫️soliq organlariga savol yuborish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.
__
#солиқчи_кўмакчи

Воспользуйтесь налоговыми услугами не выходя из дома!

❗️Физические лица могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги;
▫️зарегистрировать договор аренды недвижимости, а также автомобиля;
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности;
▫️получить справку о зарплате;
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого;
▫️задать вопрос налоговым органам;

👉через сайт e-imzo.soliq.uz получить ЭЦП;

👉через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz:
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе;
▫️вернуть переплату по налогам.
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning mart oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
____________
#самозанятость

Как облагаются налогом доходы самозанятых свыше 100 млн сумов?

С этого года в Налоговый кодекс внесены изменения.

Теперь доходы самозанятых свыше 100 млн сумов будут облагаться налогом в порядке, установленном для индивидуальных предпринимателей.
❗️При этом социальный налог по-прежнему уплачивается самозанятыми добровольно.

Доходы самозанятых будут формироваться в базе данных Налогового комитета на основании информации из внешних источников.

При доходе от 100 млн сумов до 1 млрд сумов самозанятые будут уплачивать налог с оборота.
👉Ставки налога с оборота

К примеру, если в марте этого года доходы самозанятого составили 104 млн сумов, то доходы в размере 100 млн сумов не будут облагаться налогом, а с 4 млн сумов (превысившая установленный размер часть доходов) будет уплачен налог с оборота в размере 4% (160 тыс. сумов).

Самозанятые, которые осуществляют деятельность в районах, отнесенных к 5 категории, и у которых доход превысил 100 млн сумов, будут уплачивать налог с оборота по ставке 1%.

Для налогоплательщиков, осуществляющих электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%. Исходя из этого, если самозанятые продают свои товары на электронной торговой площадке и их доход превысит 100 млн сумов, то они будут уплачивать налог с оборота по ставке 2%.

Если доходы самозанятых превысят 1 млрд сумов, они переходят на уплату НДС и налога на прибыль.
Korrupsiya– taraqqiyotga g'ov!

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasida davra suhbati tashkil etdi.

Mazkur tadbirda soliq organlarida vujudga kelayotgan salbiy holatlar yuzasidan to‘liq tushuntirishlar berildi va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi.

Davra suhbati davomida inspeksiyaning xodimlariga soliq xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishga to‘g‘risida ma’lumot berildi.
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Misol uchun. “G**S**I**” MCHJ tomonidan 2023-yil noyabr oyi uchun hisobot taqdim etilgandan soʻng, 2024-yil yanvar oyida oʻtgan davrning noyabr oyidagi EHFlariga tuzatish kiritilib, jami 96,6 mlrd soʻmlik EHF rasmiylashtirilgan boʻlsada, mazkur davrdagi soliq hisobotiga tuzatish kiritilmagan, natijada 11,8 mlrd soʻmlik QQS hisoblanmasdan qolgan.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.