Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
88 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Viloyat 4-sektor rahbari o‘zi ta’lim olgan maktabda ustozlari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyat 4-sektor rahbari Elyor Tolliyev Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamrohligida o‘zi ta’lim olgan Zarafshon mahallasidagi 18-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab jamoasi va faxriy ustozlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida E.Tolliyev ustozlar bilan samimiy suhbatda bo‘ldi va o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar


2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytariladi.

2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda "A" va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalar soni 132 tani tashkil etmoqda. Shundan "A" toifada 64 ta, "AA" toifada 48 ta va "AAA" toifada 20 ta.