Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#yer_soligi

Qishloq xoʻjaligiga mo‘ljallangan yerlar boʻyicha soliq hisoboti 1-maydan kechiktirmay taqdim etilishi lozim


Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 427-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida beriladi.
👉 Yer kodeksi 46-modda

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.
👉 VMQ-235-son 18.11.2014-yil

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ularni hududiy joylashtirish sxemasi tashkilot — yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha ushbu tuman (shahar) bo‘limlari bo‘yicha ishlarni bajaruvchilar tomonidan tuziladi hamda ular bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
👉 “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar hisobotida noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa, buni bartaraf etish uchun my3.soliq.uz portali “Alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari” interaktiv xizmatining “Qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun” bo‘limi orqali soliq organlarini xabardor etish lozim.

Izoh: Murojaatga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror va kadastr organlarining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotini ilova qilish lozim.
_________
#земельный_налог

Налоговую отчетность по землям сельскохозяйственного назначения необходимо представить не позднее 1 мая

Налоговой базой по землям сельскохозяйственного назначения является нормативная стоимость земельных участков, определенная в соответствии с законодательством.
👉ст.427 НК

Налоговая ставка за земли сельскохозяйственного назначения устанавливается в размере 0,95% к нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий.
👉ст.429 НК

Налоговая отчетность по землям сельскохозяйственного назначения представляется не позднее 1 мая текущего налогового периода.
👉ст.431 НК

Земли сельскохозяйственного назначения предоставляются на праве аренды.
👉ст.46 Земельного кодекса

Нормативная стоимость сельскохозяйственных угодий определяется государственным научно-проектным институтом «Уздаверлойиха».
👉ПКМ № 235 от 18.08.2014 г.

Перечень сельскохозяйственных товаропроизводителей, площади сельскохозяйственных угодий и схема их территориального размещения составляются организацией — производителем работ по данным районных (городских) отделов по земельным ресурсам и государственному кадастру и согласовываются с ними.
👉Положение о порядке определения нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий

Если земельные участки сельскохозяйственного назначения неправильно отражаются в отчетности по земельному налогу за земли несельскохозяйственного назначения, чтобы это исправить, необходимо уведомить налоговые органы через раздел "Для земельных участков, используемых в сельскохозяйственных целях" интерактивной услуги "Объекты недвижимости, к которым применяются отдельные налоговые ставки" на портале my3.soliq.uz.

Комментарий: К обращению необходимо приложить решение о выделении земли и сведения органов кадастра о наличии земельного участка сельскохозяйственного назначения.
#barqarorlik_reytingi

Samarqandda 2 904
ta tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingini oshirdi

Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Qayd etish lozimki, har bir mezonga alohida masʼul xodim biriktirilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan mezonlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilning aprel oyida 30 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti o‘z barqarorlik reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari bo‘yicha tadbirkorlar:

🟩AAA 90 ta
🟩AA 251 ta
🟩A 455 ta

🟦BBB 2 507 ta
🟦BB5 672 ta
🟦B 8 688 ta

🟪CCC 5 203 ta
🟪CC 7 099 ta ko‘paygan.

C toifadagi 3 109 ta, D toifadagi 27 578 ta tadbirkor o‘z reytingini oshirdi.

Reytingi ko'tarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi o'sish sur'atlari quyidagi hududlarda qayd etildi:

📍Toshkent shahrida – 4 185 ta
📍Qashqadaryoda – 2 936 ta
📍Samarqandda – 2 904 taga oshgan

Barqarorlik reytingi boʻyicha batafsil tushuntirishlarni Soliq xizmati xabarlari Telegram kanalida #barqarorlik_reytingi xeshtegi bilan qidiring.

👉 Batafsil
#deklaratsiya

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etiladi?


Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi.

Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 82-modda

Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda;
▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda.
👉 VMQ-601-son 15.11.2023

Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
👉“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” elektron xizmatidan foydalanish yuzasidan qo‘llanma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

SAVOL:
2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi


“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.

Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.

Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.
Toyloq tumanida "Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga qaratilgan" seminar bo‘lib o‘tmoqda.              
      Seminarda viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev, viloyat  masʼullari, shahar va tuman 4-sektor rahbarlari va kotiblari Toyloq tuman 4-sektor tajribasi bilan tanishmoqda.
Seminar ishtirokchilari  tumanda faoliyat yurituvchi "Orzu-Olim-Dilmurod asallari" asalarichilik,  naslchilik fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi.