Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak. 

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi
#e_ijara

Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

‼️Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.

🗝Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:

🔹Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga oluvchi:
👉yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
👉jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.

Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

✍🏻Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.

Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.

♻️Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.

⚠️Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.

👉Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

👉Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk
ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post

Soliq organlarida 477 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-noyabr holatiga soliq organlarida 477 759 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 342,1 mingta ijara shartnomasi asosida 103,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 47,2 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 26,6% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 135,6 mingta ijara shartnomasi asosida 501,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 46,1% va hisoblangan soliq summasi 20,8% ga oshgan.

Talabalar bilan 94,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 127,9 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 33 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
#e_ijara

Ijara to‘lovini tovar aylanmasidan hisoblaydigan soliq to‘lovchilar uchun "E-ijara" da yangi imkoniyat yaratildi

Soliq to‘lovchilar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda, shuningdek mahallabay o‘rganishlar jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib "E-ijara" interaktiv xizmatiga yangi funksiya qo‘shildi.

Endilikda tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo‘yicha tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham "E-ijara" dasturi orqali hisobga qo‘yish mumkin.

Buning uchun ijaraga beruvchi shaxs ijara shartnomasini hisobga qoʻyish jarayonida “Tovar aylanmadan ijara toʻlovi” tugmasiga belgi qoʻyishi hamda tovar aylanmasidan toʻlanadigan ijara toʻlovi stavkasini koʻrsatishi lozim.

Agar ijara toʻlovi belgilangan minimal stavkadan past boʻlsa, ijaraga berishdan olingan daromad uchun soliq oylik ijara toʻlovining minimal stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
👉2024-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari

Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tasdiqlangach u soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada ijara toʻlovi tovar aylanmasidan hisoblanishi to‘g‘risidagi ma'lumot hamda ijara toʻlovi stavkasi aks etadi.
#e_ijara

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanadi. Soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan har oylik to‘lanadigan summa ushbu belgilangan miqdordan past bo‘lmasligi lozim.

Avval bunday stavkalar faqat mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab oylik ijara to‘lovlari yuridik shaxslar uchun ham tatbiq etildi.

Masalan, Toshkent shahrida 1 kv.m turar-joy maydoni uchun minimal ijara to‘lovi 25 ming so‘m. Agar 50 kv.m kvartira ijaraga olinsa, soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan oyiga to‘lanadigan summa kamida 1 250 000 so'm (25 000 x 50) bo‘lishi kerak. Shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning ijara to‘lovi miqdori ushbu summadan kam bo‘lsa ham, har oy uchun 1,25 mln so‘mdan 12 % daromad solig‘i hisoblanadi (1,25 mln x 12 % = 150 000).

Agar yuridik shaxs Toshkent shahrida 100 kv.m bo‘lgan noturar joyni ijaraga olgan bo'lsa soliq solish maqsadida oylik ijara toʻlovi oyiga kamida 4 mln soʻm boʻlishi kerak.

Belgilangan minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarga ham tegishli. Faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
___________
#e_ijara

О минимальных ставках арендной платы

В целях налогообложения ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы. Это значит, что для расчета налога сумма, которую уплачивает арендатор в месяц, должна быть не ниже установленных размеров.

Ранее такие ставки применялись только в отношении физических лиц, сдающих имущество в аренду, а с этого года ежемесячные ставки арендной платы распространяются и на юридических лиц.

К примеру, минимальный размер арендной платы за 1 кв. м жилого помещения в Ташкенте составляет 25 тыс. сумов. Если в аренду сдается квартира площадью 50 кв. м, то для исчисления налога сумма, уплачиваемая арендатором в месяц, должна составлять не менее 1 250 000 сумов (25 тыс. сумов х 50 кв.м). Если у физлица сумма арендной платы по договору ниже этой суммы, то налог в размере 12% (НДФЛ) будет исчисляться от 1,25 млн сумов (12% от 1,25 млн сумов = 150 тыс. сумов в месяц).

Если юрлицо арендует нежилое помещение площадью 100 кв. м в Ташкенте, то в целях налогообложения сумма арендной платы в месяц должна составлять не менее 4 млн сумов.

Установленные минимальные ставки применимы и в отношении договоров бесплатного пользования недвижимым имуществом. Исключение составляют только договора между близкими родственниками.